So’nggi yangiliklar

14:38Озарбайжон клуби "Машъал" футболчисига қизиқмоқда  0 14:21Ўзбекистон Канада билан ўйнайди  5 13:57"Милан" Австралияда ўйин ўтказмайди. Сабаби ошкор бўлди  1 13:30Қувондиқ Рўзиев: "Навбаҳор" мухлислари олдидаги қарзимни узишга ҳаракат қиламан"  5 13:14"Ал Иттиҳод" – "Насаф" беллашуви кореялик ҳакамларга топширилди  1 12:46"Аҳил бўлмасак, бир натижага эришиш қийин. Биргаликда вазифани уддалаймиз" — Тимур Кападзе  3 12:19Эмери "Астон Вилла"нинг тарихий сериясидан сўнг: "Биз чемпионликка даъвогар эмасмиз"  0 11:51"Менга фарқи йўқ": Рафинья ФИФА қарорига хотиржам муносабат билдирди  5 11:24Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Доҳага етиб борди  0 10:46“Ал-Аҳли” - “Андижон” ўйинини ироқлик ҳакамлар бошқаришади  2 10:19Акаки Шулая воҳа жамоасига ўтишга яқин  3 09:48ПСЖ раҳбарияти тарихда ҳали ҳеч ким қилмаган ишни қилмоқчи  5 09:21Аббос Файзуллаев: "2026 йилда кўришгунча"  6 08:55Нури Шаҳин Шомуродов ҳақида фикр билдирди  15 08:27Файзуллаев ва Шомуродов рамзий терма жамоадан жой олишди  6

Murodbek Ismoilov: “Kecha yaxshi o'ynab turgan jamoa, bugun yomon bo'lib qolmaydi” Yangiliklar

Murodbek Ismoilov: “Kecha yaxshi o'ynab turgan jamoa, bugun yomon bo'lib qolmaydi”

Yaqindagina “Neftchi” jamoasi murabbiylar shtabida ish boshlagan Murodbek Ismoilov bosh murabbiy Andrey Fyodorov bilan birgalikda jamoani navbatdagi bahslarga jiddiy tayyorlamoqda.

Kuni kecha Murod Muzaffarovich klub rasmiy sayti uchun intervyu berdi.

– Jamoamizga xush kelibsiz! O'tgan yillar davomidagi “Neftchi”ning muvaffaqiyatlarida sizning ham hissangiz katta bo'ldi. Klubdagi bo'lajak rejalaringiz bilan o'rtoqlashsangiz.


– Futbol jamoaviy o'yin hisoblanadi. Unda qayd etilgan natijalarda tabiiyki barchaning yani rahbariyat, murabbiylar, futbolchilar va muxlislarning o'ziga yarasha xissasi  bo'ladi. Yana jamoa safida ekanligimdan mamnunman. Xar doim “Neftchi” uchun xizmat qilishga tayyormiz. Qisqa vaqt davomida Qo'qonda ishladim. Sobiq ish joyimdagi barchaga rahmat aytmoqchiman. Afsuski, “Qo'qon-1912”da omadimiz kelmadi. Lekin shu qisqa muddat davomida o'zimizdan yaxshi iz qoldirishga harakat qildik. Vaqti-vaqti bilan yosh futbolchilarga ham imkoniyat berdib turdim. Agar ular keyinchilik ham muvaffaqiyatli odimlashsa, bundan faqat xursand bo'laman. “Neftchi” jamoasi borasida gapiradigan bo'lsam, ayni paytda Farg'ona klubiga biroz omad etishmayapti deb o'ylayman. Bu vaqtincha holatdir. CHunki jamoaning kuchli o'zagi bor. Murabbiylar shtabida ham malakali va tajribali mutaxassislar jam bo'lishgan.  Xar bir sohada bo'lgani singari futbolda ham rivojlanish uchun vaqt kerak. Birdagina oldinga shahdam qadamlar tashlash qiyin.


– Qishki selekciya jarayonida “Neftchi” tarkibiga jalb qilingan futbolchilar borasida qanday fikrdasiz ? Davralar oralig'i yana yangi futbolchilar taklif qilinadimi ?

– Albatta. “Neftchi”ni yanada kuchaytirish maqsadimiz bor. Bosh murabbiy bilan birgalikda yangi o'yinchilar borasida ish olib boryapmiz. Haqiqat ham kuchli futbolchilar zarur. Yaqinda jamoa rahbari ham matbuotda chiqish qilganlarida xuddi shu fikrni ilgari surgandilar. Bu bilan qo'l ostimizdagi yigitlarni yomon demoqchi emas. Ularning o'tgan yilgi qayd etgan natijasi eng yuqori deyish ham noto'g'ri bo'ladi. Bu tarkib bilan yanada yaxshi natijaga erishilsa bo'ladi. “Neftchi” jamoasing ayni paytdagi holatini o'tkinchi deb hisoblayman. CHunki kecha yaxshi o'ynab turgan jamoa bugun yomon bo'lib qolmaydi. Faoliyatim davomida yiqqan bilimlarimdan kelib chiqib gapiradigan bo'lsam, sportchi bir yili juda ham kuchli formaga chiqadi lekin keyingi yili unda keskin pasayish kuzatilishi mumkin. Qishda taklif qilingan yangi futbolchilar albatta yaxshi niyatlar bilan tarkib qo'shib olingan edi. Men ularni o'rta saviyadagi futbolchilar deya olmayman. Balki ular “Neftchi”ning o'yin uslubiga to'liq kirishib keta olmagandir.



– Fikrimizcha, Akmal Xolmatovning yana klubga qaytishi faqatgina jamoa foydasiga ishlaydi. To'g'rimi?

– Albatta! Akmaljonni klubga qaytishi katta yordam beradi. Biz murabbiylar bu futbolchilarga ishonamiz. Tarkibimizning asosiy qismi rosa kuchga to'lgan yosh futbolchilardan iborat. Faqat muxlislarga biroz sabr tilayman. Xar qanday vaziyatda futbolchilarni yashil maydonda qo'llab-quvvatlashlarini so'ragan bo'lardim.

– Murod Muzaffarovich, so'nggi so'z sifatida qo'qonlik muxlislarga tilaklaringiz.

-Qo'qon shahrining nonini edik. Oz ishlagan bo'lsakda, jamoa ravnaqi yo'lida chik yurakdan mehnat qildik. Bilasizmi, Qo'qonning ajobiy muxlislari bor. Ular jamoa mag'lubiyatga uchragan bahslarda ham doim qo'llashlarini alohida etirof etish mumkin. “Qo'qon-1912”ning kelgusi ishlarida omad tilayman. Qo'qonda yaxshi jamoa yig'ilgan. Agar qo'qonliklar oldinga qadam tashlab, rivojlanishda davom etishsa kuchli va raqobatdosh jamoa yuzaga keladi, – dedi Ismoilov “Neftchi” rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика