So’nggi yangiliklar

05:42Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" - "Зальцбург" таркиблар маълум  1 01:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Ювентус"ни "янчиб ташлади"  30 01:24"Арсенал" Родригога альтернатив топиб қўйди  0 00:35Суперлига. "Андижон"дан сафарда камбэк!  1 00:27"Ливерпуль" футболчиси учун уч топ-клуб курашади  3 23:43Тер Штеген Франция сари йўл олиши мумкин  1 23:21Ҳаким Фузайлов: "Бешта гол урадиган ўйинимизда учта гол ўтказдик"  4 22:59Максим Шацких: "Бундай голлар ўтказмаслик керак"  8 22:29Кристиан Эриксен: "Манчестер Юнайтед"га келиб, юраги ҳаста бўлган оддий одам эмас, ҳақиқий футболчи эканлигимни исботладим"  1 21:59Суперлига. Жиззахдаги драмада "Андижон" "Хоразм" устидан иродали ғалабага эришди  59 21:24Криштиану Роналду шартнома узайтирилгани ҳақида: "Менинг амбицияларим тугамайди"  25 20:59U21 биринчилиги. Пешқадамлар баҳсида дуранг, "Сўғдиёна", "Андижон", "Машъал"дан камбэк ва бошқа натижалар  1 20:17"Окленд" 1 млн долларни футболчилар ҳамда ходимлар ўртасида тақсимламоқчи  1 19:53"Ливерпуль" собиқ футболчиси Лаллана фаолиятини тугатиб, мураббийликка ўтди  4 19:30Шомуродов тавсияси билан Сурхондарё вилояти футбол академиясига спорт директори тайинланди  11

Murod Rizaev: "Like Cup"ni qaytaring" Yangiliklar

Murod Rizaev: "Like Cup"ni qaytaring"

Teglar :  Like cup
Keyingi yillarda yurtboshimiz tomonidan Respublikamizda futbolni, xususan ommaviy futbolni rivojlantirish borasida bir qator qaror va farmonlar imzolandi.

Farzandlarimiz bizdan ko'ra sog'lom va bilimli bo'lishlari kerakligi, sog'lom turmush tarzi muhimligi qayta qayta takidlandi. Shu asnoda joylarda ko'plab turli xil sport tadbirlari o'tkazib kelinyapti. Bugun men mana bir necha yillardan beri o'tkazib kelinayotgan va barchaning sevimli turniriga aylanishga ulgurgan ananaviy "Like cup" futbol turniri haqida o'z fikrlarimni bildirmoqchiman. Bunga balki o'zim ham ushbu turnirda futbolchi, murabbiy va sharhlovchi sifatida qatnashayotganligim sabab bo'lgandir. Bir qancha ommaviy turnirlarda qatnashganman. Lekin anchadan beri bunaqa darajadagi beg'ubor va go'zal turnirni ko'rmagandim. Musobaqa tashabbuskorlari va tashkilotchilari bu safar har qachongidanda yaxshi tayyorgarlik ko'rganliklari yaqqol sezilib turdi. Elimiz sevgan sanatkorlar, xonandalar, aktyorlar,jurnalistlar, blogerlar,sportchilardan jumladan mashhur bokschilarimizdan iborat 8ta jamoa tuzildi. Bahslar qizg'in kurashlar ostida o'tishi  uchun har bir jamoaga ikkitadan sobiq futbolchilar jalb etildi.

Poytaxtimizdagi JAR stadioni yonida yangi barpo etilgan suniy qoplamali maydon chiroyli holga keltirildi. Turnir bosh homiysi ishtirokchilar va muxlislar uchun musobaqani bayramona ruhda o'tkazish maqsadida barcha shart sharoitlarni amalga oshirishga shay turdi. Birinchi kundan boshlab stadionga kelgan muxlislarga shirin ichimliklar tarqatildi. Sanatkorlarning kuy qo'shiqlari, karnay surnay navolari, ishqibozlarning qo'llab quvvatlashi tadbirni haqiqiy bayramga aylantirib yubordi. Bahslar "Sport"  telekanalida to'g'ridan-to'g'ri efirda namoyish etildi va uchrashuvlarni navbatma-navbat Davron Fayziev, Xayrulla Hamidovlar bilan birga sharhlab bordik.




Ayniqsa birinchi kunda musobaqa ochilishidagi dron kameralar orqali yuqoridan olingan tasvirlar reportajni yanada go'zallashtirdi. Yashil maydonda Bahodir Jalolov, Hasanboy Do'stmatov, Isroil Madrimov, Tolib Mo'minov, Mehriddin Rahmatov, Umar Shamsiev, "Benom" guruhi, "Afro'z" guruhi solistlari, Dilshod Kattabekov va boshqa elimiz suygan sportchiyu sanatkorlarning harakat qilishi stadionga tashrif buyurganlarga olam olam quvonch baxsh etdi. O'yinlarni boshqarish uchun tajribali hakamlar jalb etildi.


Tashkilotchilar va homiylar tomonidan 1 iyun kuni "Xalqaro bolalar kuni"ga bag'ishlab  bollalarga muzqaymoqlar tarqatish tadbiri rejalashtirildi.Undan tashqari 4 iyun kuni belgilangan finaldan so'ng taqdirlash marosimini o'zgacha bayramona ruhda o'tkazish bilan birga 8ta jamoa azolari stadionga katta monitor o'rnatib 5 iyun kungi BAA-O'zbekiston o'yinini birga tomosha qilishni kelishib olishdi.





Chunki "Like Cup" 3-ananaviy musobaqasining shiorida "Mundialga bir qadam. Biz siz bilan birgamiz.Olg'a O'zbekiston"deb yozilgan edi. Ikkinchi kungi bahslar boshlanishiga bir soat qolmasdan stadionni muxlislar bilan to'lib toshishi musobaqaga bo'lgan qiziqish ancha oshib ketganligidan,juda katta ekanligidan dalolat edi. Ayniqsa stadionga tashrif buyurgan muxlislarning taniqli sanatkorlar qolib bloger, vaynchilar bilan suratga tushish uchun navbatga turishlari meni hayratga soldi.Musobaqa tashabbuskori taniqli kinorejissyor va aktyor Alisher Uzoqov har o'yindan oldin tartib intizomga rioya qilishlarini eslatib turdi.

Afsuski, hammaga hursandchilik baxsh etayotgan hamda bayramona tarzda davom etayotgan musobaqa bitta tushunmovchilik tufayli to'xtatildi. Gap shundaki bloger va vaynchilarning o'zaro kelishib olib uyushtirmoqchi bo'lgan sahnalashtirgan sahnasi hammasini aksiga o'zgartirib yubordi. Buni ataylab sahnalashtirayotganligini tushunmagan shaxslar rostdan janjal bo'layapti deb voqeaga aralashib buzib qo'yishdi. Buni men "Chinor ostidagi duel" filmidagi o'sha mashhur epizodga qiyos qilgan bo'lardim. Nortoy urushda qatnashgan otasini oqlamoqchi bo'lib yig'ilganlarga ovozli kassetani eshittirmoqchi bo'ladi.Ukasi esa adashib boshqa kassetani qo'yib yuboradi va ukasining o'sha mashhur monologi..."Men emas, rostakam itlar kelayapti".





Lekin Nortoy baribir o'sha ovozli tasmani yig'ilganlarga eshittiradi.Bu erda ham vaziyatni tushunmasdan maydonga tushib ketganlar(ajrataman deganlar ham)manzarani xunuk holga keltirib qo'yishdi.

Lekin men shuni bildimki ushbu turnir qisqa fursat ichida hammaning sevimli turniriga aylanib qolgan ekan.Ertasi kuni bu bayramdan bahra olayotgan bir qancha yoshu-qarining qo'ng'iroqlariga javob berishimga to'g'ri keldi.

- Murod aka qachon davom etadi...
- Murodjon, tv da nega ko'rsatmayapti...


Xattoki mazza qilib ishtirok etayotgan media yulduzlarining bu xabarni eshitib kayfiyati ham tushib ketdi..

Bahodir Jalolov (bokschi): Bu safargi turnir juda zo'r o'tayotgandi. Bitta  maynavozchilik deb to'xtab qoldi. Afsus…
 
Akmal Mirzo (radioboshlovchi va aktyor): Ishonasizmi, maydonga tushish uchun Erkin aka Komilov kelayotgandilar. Lekin bu yoshlar o'yindan o'q chiqarishdi.Hammasi chiroyli davom etayotgandiya..

Mehriddin Rahmatov (aktyor):  Yutding, bo'ldi,jamoang bilan birga  g'alabangni nishonla. Hursandchilik qil. Nima qilasan, sahnalashtirib...

Bunday fikrlar barcha ishtirokchi mediayulduzlar tomonidan yangradi.



Chunki, 8ta jamoaning mediayulduz ishtirokchilari bu tadbir orqali ko'plab yangi do'stlar ortirishdi, bir necha kun futbol bilan oshno bo'lishdi va sog'lom turmush tarziga amal qilishdi.

Xullas kalom, barcha jamoa azolari turnirni oxiriga etkazib qo'yishni juda juda xohlashmoqda. Muxlislar esa qachon davom etarkin deb hali hamon umid qilishmoqda.
Asosiysi tartib buzarlar tegishli ravishda jazolandi. Bunga sababchi bo'lgan jamoalar butunlay musobaqadan chetlatildi.

Shu bois biz mutasaddilardan 3-"Like Cup" musobaqasini oxirigacha etkazib qo'yish uchun ruxsat berishlarini so'rab qolamiz. Chunki o'zi shundog'am bitta guruh bahsi, ikkita yarim finallar va bitta final bahsi qolgan edi xolos. Qolaversa ancha ziyoli bo'lgan "Teatr", "Dutor", "Nokaut", "Al Badr"  jamoalari keyingi bosqichga chiqishdi. Yashil maydondagi darvoza ortida 3-4ta faqat zahiradagi o'yinchilarni qoldirib, tartib intizomga rioya qilgan holda musobaqani oxirigacha etkazib qo'yilsa maqsadga muvofiq bo'lardi deb o'ylaymiz.




Murod Rizaev va "Dutor" jamoasi azolari


Reyting: -16   

Fikrlar

+10   
04 iyu 16:38:43
{ CHELSEA }
Bir tiyinga qimmat turner... Shaxsan menga qiziqmas...
+8   
04 iyu 16:23:56
Soccerland777
Ўша санъаткорлар, футболчи ва санъаткор бўлишдан олдин инсон бўлишни ўрганволиш керак. Халққа ижобий қахрамонлар керак, лўттибозлар эмас. Оғзидан боди кириб, шоди чиқиб ётибди.
+7   
04 iyu 16:44:52
Elbek Normurodov
Умуман керакмас бу масхарабозлар
+6   
04 iyu 16:46:47
Bek
Авваллари нейтрал шархламагани учун шу одамни адекват эмас дердим и этибор бермасдим энди вашшеям хурмати колмади еши котта бусаям сан деб езвураман! Мурод сан серавно укийсан комментни бу заказной маколани бошида сиесатдан призидентни гапларидан бошлабсан ешларимиз биздан кура аклли билимли булиши керак дейилган деб! Хаммен курси дело бугансанла твдан курсатилвоткан нарсани хеч канакасига узбошимчали билан киломеди хеч ким!!!! Оддий футболда судьяни сукишса овозини пасайтиришни биласанла или футболчила тортишиб колса бошка кадр курсатиш или транслацияни узиб реклама куйворасанла лекегин бу лайк куб да акллар н етмадими значить шериксанла так что узини заказной постин билан йуколиб когин каттеги нарсалани бохона кимасдан! Футболни спортни ривожлантирмокчи бусен бор ана тогли жойлага кишлоклага бор канча талантла чириб етибди! Каттеги луттивозларин ( укимишли театр актерларини этмаямман) вайнчи чала актерларин билан спортниям футболниям ривожлантиромисанла! Спортни ривожлартириш учун давлат дастурлари бор ушанга тепадегила амал киса хаммаси четки булади санла твни чала шархловчиларини ривожлантир каналинда базилари футболчини исмини тугри талафуз киломедию санла тагин осмондасанла призидентпи гапини крайный куйиб
+6   
04 iyu 16:02:39
Muhammadqodir Muhtorov
Pul nimalar qimediya. Hamma bilib turibtiyu homiylik shartnomasi deb qilinyapti turnir qaytsin deganlar
+5   
04 iyu 17:17:47
Salimboy Bõriyev
Кейинги йилларда юртбошимиз томонидан Республикамизда футболни, хусусан оммавий футболни ривожлантириш борасида бир қатор қарор ва фармонлар имзоланди.

Муроджон брат, Президентимиз бу карор ва фармонларни отарчию чалаблогерлар бюджет пулларини сарфлаб бир тийинга киммат тадбир килиш учун эмас, вилоятларда талантли ёшларни топиш, инфратузилмани яхшилаш максадида чикарганлар.
+4   
04 iyu 17:44:32
MBBBB
Nima hammang ózingdan ketib xalqni aldab Piar qilib janjal qilib kimni ustidan kulmoqchiszlar bachkanalar hammangni jazolash kerak ming afsuski bizni millat lóttibozlarni kókga kótarishda davim etmoqda Saturn ,Taysin lóttibozlar kabi
+4   
04 iyu 17:11:01
Dima
Yoqolsim bir toda bekorchilar
+4   
04 iyu 17:05:02
Umrzoq85
Менимча бу турнирни ташкиллаштиришда сарфлафланган маблағни олис қишлоқларда спорт майдончаси қуришга сарфласа яхши бўларди.
+3   
04 iyu 18:36:13
Ўзбек футболининг муҳлиси
Терма жамоамиз ҳал қилувчи пайтда юрганда, Лайкми, пайкми деган кубок наккуй керак???
+3   
04 iyu 18:02:46
Sayfuddinovich86
Maydonlar ko‘p. O‘zlaring yig‘ilib o‘ynayveringlar, (shunchalik sportni sevar ekansiz) kim qarshilik qiladi. Faqat TVda, tarmoqlarda namoyish qilmanglar, 90 % o‘zbekistonliklarga yoqmadi. Sharmanda , saviyasiz, faqat mashxur bo‘lish uchun jamoa yig‘ib olganlarni TVga chiqarish o‘zi g‘alati
+3   
04 iyu 17:46:37
. .
Масхарабозлар.Хурматли чемпионатчилар бунақа сариқ хабар ва масхаравоз артисларни бу ерга олиб келманглар
+2   
04 iyu 20:31:41
Ali
Bu turnirni bitta foydasi kimni qanaqaligini ko'rsatib qo'ydi oddiy misol Bahodir qo'li ko'ksida chiroyli gapirardi o'tgan yili bir bolani bo'ynidan ushlab urmoqchi bo'ganidi bu yil o'zidan katta futbol faxrisiga sakradi mana uni xaqiqiy yuzi medal olgan bo'sa orqasidan tog'-tog' mukofotlarini ham olgan undan O'zbekiston qarzi yo'q erkaligini ko'tardigan.
+2   
04 iyu 20:22:09
Адхамжон Низамов
Буни урнига уша маблагга олис кишлок еки махаллаларга мини стадион куриб берсаларинг,болажонлар учун хакикий совга буларди.Бир тийинга киммат масхарабозлар уйини кимга ва н...й керак
+1   
04 iyu 21:17:18
Abror_Tursunov
Jalolov nimalar deb valdirayapsan? O'zi shu Jalolovdan boshlanuvdi xaltura. Ashurmatovga sakramoqchi bo'lganida. Jimgina boks tushib yuraver
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика