So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  3 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  6 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  1 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  4 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  1 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

Murod Otajonov: "Hakamlar borasidagi savollarni hakamlar qo'mitasiga beravering" Yangiliklar

Murod Otajonov: "Hakamlar borasidagi savollarni hakamlar qo'mitasiga beravering"

Coca Cola Superligasi 12-turi doirasida "Metallurg" maydonidagi durangdan so'ng "Bunyodkor" bosh murabbiyi Murod Otajonov o'z fikrlarini bildirdi.


- Qiyin o'yin bo'ldi. Ko'plab g'alabalarga erishganimizdan keyin mana necha o'yindirki, yuta olmayapmiz. Bugun ham biroz omad etishmadi. Yigitlar oxirigacha kurashishdi. Ikki jamoa uchun ham o'yin og'ir o'tdi, chunki ikki tomonga ham g'alaba kerak edi. Durang natija uchun ham shukur deyman. 

- "Navbahor" bilan o'yindan keyin futbolchilaringiz bilan qay tariqa gaplashib oldingiz va bugungi o'yin oldidan qanday ko'rsatmalar berdingiz?

- Ruxiy tomondan juda qiyin. CHunki o'rtada bir necha o'yin yuta olmaganimizdan keyin yigitlar ham o'zlariga ishonmay qo'ygan. Hozir esa barcha futbolchilar birlashib, yaxshi o'yin ko'rsata oladi, deb o'ylayman. Xudo xohlasa, qadam va qadam oldinga harakatlanamiz va g'alabalarga erishamiz.

- Penalti borasida nima deysiz?

- Hakam bor, ularni nazorat qiladigan qo'mita ham ishlayapti. Penalti masalasini hakamlarning o'ziga topshiramiz. Biz esa o'zimiz haqida o'ylashimiz kerak. O'yin davomida ko'plab xatolarga yo'l qo'yyapmiz. Biz esa futbolchilarga ko'rsatmalar bera olamiz. Hakamlarga esa xech kim xatolarni to'g'rilashini aytib tura olmaydi. SHu sababli barcha savollarni ularning qo'mitasiga bersangiz bo'ladi.

- Bosh murabbiy sifatida Bekoboddagi bir ochkodan qoniqdingizmi?

- SHunday desak ham bo'ladi. Bugun ikki ochko yo'qotdik, deb bemalol ayta olaman.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика