So’nggi yangiliklar

20:21Фабио Каннаваро ЦСКА бош мураббийига айланиши мумкин  1 19:51"Манчестер Сити" - "Видад Касабланка". Таркиблар маълум  14 19:30Ўзбекистон Кубоги. "Қўқон-1912" – "Бунёдкор", "Шўртан" – "Арал"  2 19:28Ичкарида ким ўтирибди? Ўқитувчилар? Чиқар ҳаммасини ташқарига!   1 19:22"Арсенал" Родриго билан боғланди. "Реал" вингер учун 90 миллион евро сўраяпти  1 18:4059 ёшли дунёнинг энг кекса профессионал футболчиси билан интервью: "Ўзимга чеклов қўймайман"  0 18:03Капелло: "Бу Италия терма жамоасида "дух" йўқ"  2 17:33Расман: Жоан Гарсия - "Барселона" футболчиси  11 17:04Афғонистон Россияга ўртоқлик учрашуви ўтказишни таклиф қилди  8 16:32Қасим-Жомарт Тоқаев Шавкат Мирзиёевни миллий жамоа жаҳон чемпионатига чиққани билан табриклади  4 16:15Эрон билан можаро туфайли легионерлар Исроил клубларини ортиқча шартларсиз тарк этиши мумкин  6 15:55Жоан Гарсия "Барселона"га ўтиш учун ўз шартномасини сотиб олди  2 15:18Клублар ўртасидаги ЖЧ учрашувига уч минг мухлис келди. Бу турнирдаги энг ёмон натижа  7 15:12ВАР ва АВАР ҳакамлари учун ФИФА семинари бўлиб ўтади  1 14:57"Манчестер Сити"га янги сардор тайинланди  5

Murod Ismoilov: “Yaqin kunlar ichida “Neftchi”ning keyingi taqdiriga oydinlik kiritiladi” Yangiliklar

Murod Ismoilov: “Yaqin kunlar ichida “Neftchi”ning keyingi taqdiriga oydinlik kiritiladi”

O'tgan mavsum omadsizlaridan biri bo'lgan Farg'onaning “Neftchi” jamoasi haqida so'nggi paytlarda ijobiy fikrlardan ko'ra, salbiy fikrlar avj ola boshladi.

Albatta o'zining shonli tarixiga ega bo'lgan klubning bu yilgi Pro-ligada ham ishtirok etishi so'roq ostida turgani bunga asos bo'la oladi.

Aytishlaricha farg'onaliklar bugundan o'z qarorgohida yig'ilgan va yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rmoqda. Klubdagi vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida jamoa murabbiyi Murod Ismoilov bilan bog'landik.

- Ochig'i, hozir aniq bir nima deyishga hayronman. Klubda mavhumlik yuzaga kelgan. Eshitishimcha, bungacha klub raisi sifatida ishlab kelgan Tohir Kapadze yaqinda yana Farg'ona viloyati futbol federaciyasiga birinchi vice-prezident lavozimiga qaytgan. SHu bois ayni damda “Neftchi” klubi raisi yoki biror bir rahbariyati yangitdan tayinlanishini kutyapmiz – deya gap boshladi Murod Muzaffarovich.

- Klubning yangi rahbari tayinlansa, ko'p narsaga oydinlik kiritiladi. Bugundan o'z qarorgohimizda bir mahal mashg'ulot o'tkazgan xolda, mavsumga tayyorgarlik ishlarini ko'rib bormoqdamiz. Tarkibda asosan mahalliy yoshlar. SHuningdek o'tgan mavsum “Neftchi” sharafini himoya qilgan ayrim etakchi o'yinchilar ham bor. Bular – SHerzod Hakimov, Dilyorbek Ermatov, Mo'ydin Mamazulumov hamda Mansur Saidov kabi tajribali futbolchilardir. Ushbu futbolchilar klubni o'tgan mavsum bo'yicha hisob-kitob qilishlarini kutishmoqda.

- Mashg'ulotlarni kamina bilan birgalikda murabbiylardan Sergey Lebedev, Bahrom Haydarov va darvozabonlar murabbiyi Bahodir SHamshiddinov o'tkazmoqda.  

- Klubning keyingi taqdiri katta extimol bilan 5-10 kun ichida aniq bo'ladi. Bir qator futbolchilarimiz boshqa klublarga o'tishni afzal bilmoqda. Yana ayrimlari klubdagi vaziyatni aniq bo'lishini kutmoqda. Umid qilamizki, yaqin orada rahbariyat barchasiga oydinlik kiritib beradi – deydi Ismoilov.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика