So’nggi yangiliklar

19:29Ҳали январь келмади, аммо "Вильярреал" илк трансферини амалга ошириб бўлди  0 19:06Гвардиола мавсум сўнгида "Манчестер Сити"дан кетади. Жамоанинг кейинги мураббийи ким бўлади?  5 18:43Жароҳатлардан азият чекаётган "Арсенал" "Реал" ҳимоячисига кўз тикди  0 18:18"Андижон" Ўзбекистон U-21 терма жамоасини мағлуб этди  2 17:54"Пахтакор" "Риу Аве", "Ризеспор" ва "Кайсериспор" билан деярли бир қаторда — IFFHS  6 17:28Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!  37 17:06Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди  17 16:38U-23 Осиё Кубоги стадионлари  2 16:15Бир қоп картошка, сабзи, тухум ва 5 гб интернет  3 15:58Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  8 15:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОЧЛ 2 ўйинида ишлайди  0 15:17"Навбаҳор"ни икки футболчи тарк этди  0 14:45Анчелоттининг ўғли "Ботафого" бош мураббийи лавозимини тарк этди  0 14:18Ўзбекистон U-17 терма жамоаси посбони "Нефтчи"да ўйнайди  2 13:53Расман: Ўткир Юсупов "Навбаҳор"га қайтди!  18

Murod Ismoilov: "Sovrinli o'rinlar uchun kurashish imkoniyati deyarli qolmadi" Yangiliklar

Murod Ismoilov: "Sovrinli o'rinlar uchun kurashish imkoniyati deyarli qolmadi"

"Nasaf" - "Paxtakor" uchrashuvi yakunlangandan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Murod Ismoilov jurnalistlar savollariga javob berib o'tdi.
- Bugungi uchrashuvdv ikki xil bo'lim guvohi bo'ldik. Birinchi bo'limda Nasaf jamoasi juda yaxshi o'yin ko'rsatdi. Himoyachilarimiz xatosidan unumli foydalanib gol ham urishdi. Ikkinchi bo'limda futbolchilarimiz o'ziga kelishdi va gol ham urishga erishishdi.

- Sizni bugungi natija qoniqtirdimi?
- Yigitlarga rahmat! Natijadan esa qoniqdim deyish noo'rin bo'ladi. Ammo ikkinchi bo'limdagi jamoamiz o'yinidan nihoyatda qoniqdim. Raqib jamoaga ham rahmat. Kelgan muhlislar ham chiroyli o'yin tomosha qilishib, bahra olishdi.

- Ikkinchi bo'limda jamoalar maydonda o'ntadan bo'lib qolishdi. Vaziyatni qanday baholaysiz?
- Birinchi bo'lim tugagandan so'ng, o'yinchilar o'rtasidagi ziddiyatli tortishuv sababli hakam Temurxo'ja Abduxoliqovni o'yindan chetlatdi.

- Birinchi bo'limdagi jamoangiz o'yini chiqmasligiga sabab nima deb o'ylaysiz?

- Bugungi o'yin yuqori bosim ostida o'tdi. 7 ochkoni yaqinlashtirishimiz kerak edi. O'yinchilarimiz birinchi bo'limda o'ziga kela olmadi, ko'p xatolarga yo'l qo'ydi.

- Jamoangiz o'yinchilarda intizom pasayib ketmoqda. Ular hakamlar bilan maydonda keyingi paytlarda ko'p tortishmoqda?
- Futbolchilarim atayin qo'pol o'ynamadi. Himoyachilar bo'lar bo'lmas hujumlarni o'tkazib ham yubormaslik kerak. Aynan Davron Hoshimovni harakatlarini qoralamayman. Bugungi o'yinning ahamiyati yuqoriligi ham bunga sabab bo'ldi.

- Miladinovich kubok bahsida futbolkasini uloqtirgan edi. Unga nisbatan chora ko'rildimi?
- Miladinovichga nisbatan rahbariyat tomonidan qattiq moliyaviy jazo qo'llanildi.

- Jamoangizning sovrinli o'rinlar uchun kurashishdagi imkoniyatini qanday baholaysiz? "Nasaf"ning kubok finalidagi imkoniyati qanday deb o'ylaysiz?
- Jamoamizning sovrinli o'rinlar uchun kurashish imkoniyati deyarli qolmadi. Final ishtirokchilarining imkoniyatini 50x50 deb hisoblayman
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика