Murod Ismoilov: “Qura borasida ortiqcha gap-so'z bo'lishi mumkin emas”
17 dek 2014 13:07
Yangiliklar


Murod Ismoilov: “Qura borasida ortiqcha gap-so'z bo'lishi mumkin emas”
- Quraning ko'zi ko'r degan gap bor. Unga ortiqcha etiroz bo'lishi mumkin emas. CHunki biz o'z oldimizga yuqori maqsadlarni qo'yar ekanmiz, qaysi raqib bilan o'ynashning ahamiyati yuqori bo'lmasligi kerak. Baribir istaysizmi yo'qmi, har bir ishtirokchi bilan kuch sinashiladi. SHuning uchun qurani doim to'g'ri qabul qilaman.
- Albatta chempionatning ilk turini o'z maydoningda o'tkazishni ustun va shu bilan birga qiyin tomonlari bor. Baribir dastlabki turda qandaydir hayajon va bosim bo'ladi. Lekin bu bahona bo'lmaydi. Ustun tomoni esa o'z muxlislarimiz qarshisida o'ynaymiz. Ularning tinimsiz qo'llab-quvvatlashi juda muhimdir.
- 1-turni “SHo'rtan”ga qarshi o'tkazamiz. Yana oliy ligaga qaytgan bu jamoa haqida fikrim ijobiy. U erda o'ziga yarasha malakali murabbiylar shtabi faoliyat yuritmoqda. Tarkibi ham yanada kuchaytirilsa ajab emas. Bo'lajak o'yin haqida hozirdan bir nima deyish qiyin. Agarda ilk uchrashuvni yangi stadonimizda o'tkazsak, muxlislar tashrifi to'lib-toshadi deb o'ylayman va jamoalar ularga qiziqarli o'yin namoyish etadi degan umiddaman – deydi Murod Ismoilov.
Islombek Rustambekov yozib oldi.

Fikrlar