Murod Ismoilov: "Obod" biz uchun sirli jamoa edi"
05 mar 2016 19:07
Yangiliklar
Murod Ismoilov: "Obod" biz uchun sirli jamoa edi"
"Qo'qon-1912" - "Obod" uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Murod Ismoilov qatnashdi.
"Mavsumning ilk uchrashuvi o'z maydonimida o'tkazdik. Muxlislarni, rahbarlarni quvontirishga erishdik. Barchani g'alaba bilan tabriklayman. "Obod" jamoasining faqat bitta o'yinini ko'rib xulosa chiqarish juda qiyin bo'ldi, ular bizga sirli jamoa bo'ldi. O'yin uslubi o'zgacha ekan. Standart vaziyatlarga tayyorgarlik ko'rgandik. Bahs boshida 15-20 daqiqa yaxshi o'ynadik. Keyin biroz hayajon sezildi. Tanaffus vaqtida o'zlarini bosib olishlarini aytdik. O'zimiz o'ylagan ijobiy natijaga erishdik".
"Bergan ko'rsatmalarimizni yaxshi bajarishdi. Xatolar albatta bor, ularning ustida ishlaymiz. Qanchalik tezroq bularni yo'qotsak barchasi yaxshi bo'ladi", - deydi Murod Ismoilov.
"Qo'qon-1912" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar