Murod Ismoilov: “Neftchi” bilan muzokara o'tkazganim rost”
03 jan 2014 10:10
Yangiliklar

Murod Ismoilov: “Neftchi” bilan muzokara o'tkazganim rost”
Kecha saytimiz orqali Murod Ismoilovning “Neftchi”ga o'tayotganligi to'g'risida xabar bergandik
Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida murabbiyning o'zi bilan bog'landik.
- Ha, inkor etmayman “Neftchi” bilan muzokara o'tkazganim rost - deydi Murod Ismoilov. - Lekin bu hozircha rasman tasdiqlanmagani uchun shov-shuv ko'tarish shartmas. CHunki hech narsa aniq bo'lgani yo'q. Rahbariyat bir to'xtamga kelishi lozim. SHundagina bu masala oydinlashadi.
- Xabaringiz bor, yangi tuzilgan U-22 olimpiya terma jamoamiz murabbiylar shtabida SHuhrat Maqsudovga yordam berib kelmoqdaman. Malum sabablarga ko'ra, 11 yanvar kuni men to'g'ridan-to'g'ri Ummonga jo'nab ketaman. Unga qadar “Neftchi” varianti ham uzil-kesil hal bo'lsa kerak.
- Bir vaqtning o'zida ikkita joyda ishlash? Yo'q, bu menga tasir o'tkazmaydi.
Islombek Rustambekov suhbatlashdi

Fikrlar