So’nggi yangiliklar

16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  4 14:53Суперлига. "Олимпик" - "Бунёдкор" 0:1 (матнли трансляция)  0 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  12 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  24 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  18 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  6 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  7 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  3 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3

Murod Ismoilov: “Maqsadimiz – Osiyo chempionlar ligasiga beriladigan yo'llanmani qo'lga kiritish” Yangiliklar

Murod Ismoilov: “Maqsadimiz – Osiyo chempionlar ligasiga beriladigan yo'llanmani qo'lga kiritish”

Malumki, shonli tarixga ega bo'lgan jamoamiz so'ngi yillar parokandalikka uchrab, “chempionlik ruhi”ni yo'qotib qo'ydi.
So'ngi yillar “Neftchi” besh karra O'zbekiston chempioni bo'lishiga qaramay,  chempionat yakunida jadvalning ikkinchi yarimidan o'rin olishi, futbol ishqibozlarini ham, rahbriyatni ham norozilikka olib keldi. Bu yil jamoada katta o'zgarishlar yuz berdi. Umid qilamizki, 2015 yil O'zbekiston chempionatida “Neftchi” o'ziga munosib o'rinni egalaydi. Jamoa Bosh murabbiyi – Murodjon Ismoilov bilan  yangi mavsum oldidan qilingan va qilinishi lozim bo'lgan ishlar, jarayonlar hamda jamoaning oldida turgan vazifalar hususida suhbat qildik.

- Murod aka, o'tgan 2014 yil O'zbekiston chempionatini  “Neftchi” 8 o'rinda tugatdi. Bu, 2013 yilga qiyoslasak, bir pog'ona yuqori degani, lekin Farg'ona futbol muxlislarining takidlashlaricha bu o'rini “Neftchi”ga munosib emas.   

- O'tgan yilgi chempionat jamoa uchun og'ir kechdi. Har tomonlama. Qancha xarakat qilmaylik, hujjumkor jamoa tuza olmadik. Turli o'yinchilarni taklif qilib ko'rdik, lekin qishki tayyorgarlik yig'inlarni bazi sabablarga ko'ra  talab  darajasida  o'tkaza olmadik. Bazi hollarda  esa, o'yinimiz mazmunli chiqsa ham, lekin natija salbiy bo'ldi. Birgina misol, o'z maydonimizdagi so'ngi uchrashuvda  “Sug'diyona” Jizzax bilan katta ustunlik ega bo'lib o'ynadik. Raqiblarimiz darvozasi oldida ko'plab havfli  vaziyatlar yaratdik,  lekin atiga bitta gol ura oldik holos. Eng alamlisi, 95 daqiqada kutilmaganda gol o'tkazib yubordik. Albatta butun dunyoda natija uchun bosh murabbiy javob beradi va men, o'z xatolarimdan to'g'ri xulosa chiqarib oldim. Muhtassar qilib aytganda, 2014 yilgi chempionat biz uchun katta maktab bo'ldi.

- Mavsum oldi o'quv mashg'ulotlari  chempionatga tayyorgarlik ko'rishda tamal toshi bo'lib xizmat qiladi. Farg'ona, Toshkent va Turkiyada olib borilgan yig'inlardagi nazorat o'yinlari natijalaridan ko'rinib turibdiki tayyorgarlik ancha muvaffaqiyatli o'tgan. 2015 yilda o'tkazilgan 15ta nazorat uchrashuvdan 12tasida g'alaba, 2tasida durang va atiga bittasida mag'lubiyat. O'quv-mashg'ulot yig'inlari haqida gapirib bersangiz.
- To'g'ri takidladingiz, mavsum oldi mashg'ulotlar ko'p narsani hal qiladi. Futbolchilar  jismoniy holatini mavsum davomida yuqori darajada ushlab qolishlari uchun albatda mana shu mashg'ulotlar katta ahamiyatga ega. Aynan mana shu yig'inlarda jamoa jismoniy, taktik va ruhiy tayyorgarlik ko'rish bilan birga, nazorat o'yinlari orqali  “g'oliblik ruhi”ni o'zida yaratib mustahkkamlashi kerak. Biz kim bilan, qaerda  o'ynashimizdan qatiy nazar maydonga faqat g'alaba uchun tushdik. Umid qilamizki, bu yutuqlar jamoamizga kuch-kuvvat bag'ishlab, o'ziga bo'lgan ishonchni qaytaradi. O'tgan yilgi nazorat uchrashuvlarda  “g'oliblik ruhi” etishmagan edi, oqibatda mag'lubiyatlar ortig'i bilan ko'p bo'lgandi. Bu yilgi mashg'ulotlarda rejalashtirilgan barcha ishlar yuqori saviyada bajarildi va jamoamiz yangi mavsumga tayyor deb bilaman. Men fursatdan foydalanib bizga shunday qulay imkoniyatlar yaratib bergan eng avvalom bor Viloyat rahbarlariga, qolaversa bizni har tamonlama qo'llab-quvvatlayotgan FNQZ rahbarlariga klubimiz nomidan minatdorchilik bildirmoqchiman.

- Farg'onalik futbol ishqibozlari o'zlarining muxlislik madaniyati, jamoaga fidoiligi  bilan Respublikamizda nom qozongan. 28 fevral kuni “Neftchi” stadionida ishqibozlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Siz ham shu yig'ilishda ishtirok etdingiz. Uchrashuvdan olgan tassurotlaringiz haqida fikr bildirsangiz.  
- Eng avvalam  bor,  futbolda shunday tushuncha bor, ishqibozlar hamisha haq. Mana ikki yildan ortiq qadirdon Farg'ona shahrida ishlayotgan bo'lsam, futbol muxlislari tarafidan har xil gaplar eshitdim. Bazan juda ham qo'pol, hunuk hayqiriqlar ham bo'ldi. Lekin, shunga qaramay baribir ishqibozlar haq. CHunki, ular chiroiyli o'yin tamosho qilib, jamaosining g'alabasini ko'rish uchun stadionga kelishadi. Murabbiyning qismati shu: G'olib bo'lsang -  sendan yaxshisi yo'q, mag'lub bo'lsang – sendan yomoni yo'q. Endi uchrashuv haqida gapirib o'tsam. Bunday uchrashuvlar har ikki tomonga ham kerak.  Axir har qanday anglashimvochilik, xar qanday muammolar aynan muloqat orqali hal qilinadi. Eng muhimi yig'ilishda “Neftchi” ishqibozlar klubiga asos solindi. “Fan-klub” endi jamoa va ishqibozlar orasidagi bog'lovchi kuch bo'ladi va muxlislik madaniyati, Farg'ona ishqibozlarining har tomonlama boshqalarga namuna, o'rnak bo'lishida dastak bo'ladi.  Ishqibozlar juda ko'p savollar berishdi. Imkon qadar barcha savollarga javob berishga xarakat qildim. Savollar asosan “qachon yangi stadionda o'ynaymiz?” va “qachon chempion bo'lamiz?”dan iborat bo'ldi...

- Xo'sh, “Qachon chempion bo'lamiz”. Umuman, olganda tomomshabinlar haq. CHempionlik baxtiga muyassar bo'lgan “Neftchi”  muxlislari, chempionlik onlarini yana yashash uchun katta ishtiyoqqa ega. Jamoa  2015 yilgi mavsumda qaysi o'rinlar uchun kurashadi?

- Jamoaning chempion bo'lishini eng ko'p xohalaydigan bu murabbiy bo'lsa kerak. Albatta men ham chempion bo'lishimizni xohlayman. Har bir murabbiy o'z jamoasi bilan O'zbekiston chempioni bo'lishini orzu qiladi. Lekin, qaysi murabbiy bo'lishidan qatiy nazar, jamoadagi bugungi shart-sharoitdan kelib chiqib “Neftchi” chempion  bo'ladi deyishi, bu tavakkalikdan boshqa narsa emas. To'g'ri bu yil jamoamizdan ko'nglim to'q, barchasi biz o'ylaganday, rejalashtirgnandek bo'ldi. Yaxshi o'yinchilarni yig'a oldik. Jamoamizning infratuzulmasi ham rivojlanib, jahon andozalariga yaqinlashib bormoqda.  Bizni bu mavsumdagi oldimizga qo'yilgan vazifa barcha o'yinlarni hujumkor ruhda o'tkazib, faqat g'alabaga erishish uchun o'ynash. Agar o'rinlar haqida konkret aytish kerak  bo'lsa, men shuni ayta olamanki, Osiyo chempionlar ligasi yo'llanma beradigan o'rin uchun kurashamiz.

- Rahmat. Jamoamizga omad yor bo'lsin.   

“Neftchi” PFK  matbuot hizmati
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика