Murod Ismoilov: “Bu yilgi chempionat ancha qiziqarli o'tmoqda”
18 apr 2015 19:28
Yangiliklar


Murod Ismoilov: “Bu yilgi chempionat ancha qiziqarli o'tmoqda”
“Neftchi” – “Mashal” (1:0) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida Murod Ismoilov ishtirok etdi.
“Bugungi o'yin juda qiyin bo'ldi. Biz “Mashal” jamoasini avvalgi turlardagi o'yinlari tushirilgan disk yordamida o'rganishga harakat qildik. “Mashal” jamoasi yaxshi shakllangan jamoa. Ular bugun bizga etarlicha qarshilik ko'rsatishga harakat qilishdi. Yangi o'yingohga tashrif buyurgan muxlislarimiz ham bizga dalda bo'ldilar deb aytishim mumkin. Biz “Mashal” jamoasidagi har bir futbolchini "yopish"ga muvaffaq bo'ldik. Zafar To'raev avvalgi 4ta turda ajoyib o'yin namoyish etgandi. Bugun u yaxshi o'yin ko'rsata olmadi. Bu yilgi chempionat avvalgilariga qaraganda ancha qiziqarli bo'lib o'tmoqda. Bundan keyin ham shunday saviyali o'yinlar soni ko'payishini istardim”, - deydi Ismoilov.
Komiljon Ikromov yozib oldi
Komiljon Ikromov yozib oldi

Fikrlar