So’nggi yangiliklar

17:55"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини сотиб олади  0 17:33Расман: Постекоглу – "Ноттингем Форест" бош мураббийи!  1 17:16Расман: Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё Кубогига чиқди!  18 17:08Ўзбекистон Эрон устидан қийин ғалабага эришиб, CAFA мусобақаси ғолибига айланган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 16:56U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Фаластинни қийинчилик билан мағлуб этди  54 16:36"Бухоро" "Навбаҳор" билан ўйинни уйида ўтказади  2 16:15МТЖ дарвозабонлар мураббийи: "Кападзенинг шартномасини билмайман, аммо мураббийлар штабининг шартномаси ЖЧ-2026 якунига қадар амал қилади"  4 15:47Эрон терма жамоаси мураббийи: "Бош ҳакамнинг қарорлари фақат Эрон зарарига бўлди. Қирғизистон ҳам ҳакамдан жабр кўрганди"  18 15:19Меҳди Тареми: "Ёмон воқеалардан сабоқ олиш сизни ривожлантиради"  14 14:51Тонали Гаттузо ҳақида: "У менга айтган ҳамма нарсани қадрлайман"  2 14:23Ла Лигада август ойининг энг яхши мураббийи маълум  0 13:40"Атлетик" футболчиси антидопинг қоидасини бузгани учун 10 ойга дисквалификация қилинди  2 13:11Инфантино Эрон АҚШдаги ЖЧда қатнашишига кафолат берди  3 12:45Эшитдик-да! "Бунёдкор" "Олимпия" стадионида ўйнайди  9 12:21"Истиқлол" бош мураббийи Ашурматов ва Машариповнинг жароҳати ҳақида тўхталди  1

Murod Ismoilov: “Bizga yaxshi markaziy himoyachi kerak” Yangiliklar

Murod Ismoilov: “Bizga yaxshi markaziy himoyachi kerak”

Xabaringiz bor, bundan bir necha kun oldin Murod Ismoilov Farg'onaning “Neftchi” klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Yangi mavsumga hozirlikni poytaxtda davom ettirayotgan “Neftchi” o'zining dastlabki o'rtoqlik uchrashuvini “Metallurg”ga qarshi o'tkazib, 3:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bahs yakuniga etgach, bosh murabbiy Murod Ismoilovdan intervyu oldik.  

- 12 yanvardan mavsumga tayyorgarlikni Toshkentda olib boryapmiz, - deya so'z boshladi Murod Muzaffarovich. - Mana bugun rejamizdan o'rin olgan birinchi o'rtoqlik uchrashuvini “Metallurg”ga qarshi o'tkazdik. Aslida bekobodliklar bilan ikkita o'yin o'tkazishimiz lozim edi, biroq bir nechta futbolchimiz betob bo'lib qolgani bois bitta o'yinda maydonga tushdik. Birinchi taymdagi o'yinimiz yoqdi, yigitlarning harakatidan qoniqdim. Lekin ikkinchi bo'limda asosan yoshlar to'p surgani uchun o'yin unchalik qovushmadi. Nazorat bellashuvlaridan ko'zlangan maqsad – yoshlarni va tarkibga endi kelib qo'shilganlarni ko'zdan kechirib olish. SHunday ekan, natija u qadar katta ahamiyat kasb etmaydi.

- “Neftchi”ning keyingi rejalari qanday?
- 21 yanvar kuni “Olmaliq”, 24 yanvarda “So'g'diyona” va 28 yanvarda “Mashal” bilan kuch sinashamiz. Bu uchrashuvlarda ham tarkibni shakllantirish ustida ishlaymiz. Undan keyin Farg'onaga qaytib, viloyat hokimi Kubogida ishtirok etamiz va fevralning o'rtalarida yig'inni davom ettirish uchun Turkiyaga yo'l olamiz.
 
- Malumki, yig'iining birinchi qismida asosan mahalliy yigitlarni ko'zdan kechirdingiz. Bu qanchalik foyda berdi?  
- Farg'onada ko'proq asosiy tarkibga yaqinroq futbolchilarni sinovdan o'tkazdik va ularni ham poytaxtga olib keldik. 1995-96-97 yillarda tug'ilgan futbolchilar bilan Sergey Kovshov u yoqda qolib birga ishlayapti. O'zingizga malum, mavsum yakuniga etganidan so'ng bir nechta futbolchi safimizni tark etdi va hozir ketganlar o'rnini to'ldirish ustida ishlayapmiz.

- Farg'onadan har doim yosh iqtidorlar etishib chiqqanini yaxshi bilamiz. “Neftchi” mahalliy yoshlarni o'zida saqlab qolishi uchun farm-klub tashkil qilib, birinchi ligada o'ynatgani maqulmi?
- Bu yil ikkinchi liga bahslarida “Neftchi”dan ikkita jamoa ishtirok etadi. SHuningdek, Marg'ilonda ham birinchi liga jamoasi bo'lishi haqida gap-so'zlar yuribdi. “Neftchi”ni tark etgan futbolchilarni ortga qaytarish oson bo'lmaydi, shunday ekan, biz uchun muhimi hozirgi tarkibni saqlab qolishdir. Agar rahbariyat tashabbus ko'rsatib, birinchi ligada farm-klubni tashkil qilsa yaxshi bo'lardi. Ayni paytda Farg'onada yangi qurilayotgan futbol akademiyasini foydalanishga topshirish borasida keng ko'lamdagi ishlar olib borilmoqda.
 
- Jamoada legionerlar masalasi qanday hal etiladi?

- Safimizga yaqinda kelib qo'shilgan Aleksandr Onika o'zidan yomon taassurot qoldirmadi. Devid Oniyaning biz bilan shartnoma tuzganidan xabaringiz bor. Bundan tashqari, yana ikki nafar legionerning kelishi kutilyapti. Bizga Oniya bilan tandem bo'la oladigan yaxshi bir markaziy himoyachi kerak.

Xayrulla Xoliqov suhbatlashdi
 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика