So’nggi yangiliklar

14:09Эшитдик-да! "Бунёдкор" бугун "Олимпик" ўйинчиси билан шартнома тузади  2 13:39"Пахтакор" стадионига таъмир керак. У Суперлигани қабул қила олмайди  13 13:10Энцо Фернандес АҚШда "Челси" сафига бориб қўшилди  1 12:52Ўзбекистонлик спортчиларнинг Париж Олимпиадасидаги иштирокидан ОНЛАЙН  1 12:31ЦСКА ҳужумчиси Греция клуби билан шартнома имзолайди   2 12:05Шерзод Файзиев қаерда?   6 11:50"Краснодар" бразилиялик футболчиси билан янги шартнома имзолади   1 11:29Леон Горецкага "Атлетико Мадрид" ва "Наполи" қизиқиш билдирмоқда  1 10:33«Олимпик» 7 нафар футболчи билан шартнома тузди  6 10:09Футбол, Ҳасанбой ва бошқалар. Бугун Париж Олимпиадасида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг  3 10:00УзПФЛ. «Нефтчи» етти нафар футболчини рўйхатдан ўтказди ва яна шунча футболчи билан хайрлашди  6 09:28FourFourTwo. Футбол тарихидаги энг яхши таянч яримҳимоячилар рейтинги тузилди  10 08:56Ибаи Гомес: "Ўзбекистонга қарши ўйинда ғалаба қозонсак, кейинги босқичга йўл олишимизга ишонаман"  21 08:25«Насаф» собиқ дарвозабони ва яна икки нафар футболчи. «Қўқон-1912» уч нафар футболчи билан шартнома тузди  1 07:55Канада терма жамоаси гуруҳда иккита учрашувда ғалаба қозонди, бироқ уларда ҳозирча 0 очко. Қандай қилиб?  2

Murod Ismoilov: "Birinchi bo'limdagi o'yinimiz uchun uzr so'rayman" Yangiliklar

Murod Ismoilov: "Birinchi bo'limdagi o'yinimiz uchun uzr so'rayman"

"Paxtakor" - "Neftchi" (2:0) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida farg'onaliklar bosh murabbiyi Murod Ismoilov ishtirok etdi. Uning fikrlari quyidagicha bo'ldi.
- Birinchi navbatda Farg'onadan etib kelgan va bizni o'yin davomida faol qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Birinchi bo'limdagi o'yinimiz uchun uzr so'rayman. O'ylagan narsalarimizni amalga oshira olmadik. Himoyaviy futbolga tayyorgarlik ko'rgandik. Standart vaziyat va qarshi hujumda to'p o'tkazib yuborganimizda bizga omad kulib boqmadi.

- Birinchi bo'limda mezbonlarning qanotdan uyushtirgan hujumlarini to'sdik, biroq burchak zarbasidan so'ng to'p o'tkazdik. Keyin o'yinni o'zgartirishimizga to'g'ri keldi. O'yin boshida futbolchilarda ishonch etishmagandek tuyuldi. Ikkinchi bo'limda keskinroq o'ynadik. Hujumga etibor berishga harakat qildik.

- Oxirgi yillarda jamoamizda ko'p o'zgarishlar bo'ldi. Hozir barcha jamoaga qarshi hujumkor futbol ko'rsatishga tayyor emasmiz. Safarda "Paxtakor" yoki "Lokomotiv" kabi mehmonda ham bir nechta hujumchi bilan o'ynashimizga erta deb hisoblayman. Mavsum uzoq davom etadi. Birinchi mag'lubiyatni qabul qilib oldik, lekin bu bilan hayot to'xtab olmaydi. Ruhiy tushkunlikka tushmaslik uchun intilamiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика