Murod Bobojonov: “Bu g'alabani “Neftchi” muxlislariga bag'ishlaymiz”
29 may 2016 15:00
Yangiliklar
Murod Bobojonov: “Bu g'alabani “Neftchi” muxlislariga bag'ishlaymiz”
- “Paxtakor” ustidan safarda erishilgan g'alaba bilan barcha “Neftchi” muxlislarini tabriklayman. Juda ham qiziqarli o'yin bo'ldi. Mazkur muvaffaqiyatni jamoamizning ishqibozlariga bag'ishlaymiz. Toshkentga faqat g'alaba uchun kelgandik va maqsadimizga erishdik. Bu biz g'alaba qozonadigan bahs edi va vazifani uddaladik, - deb takidladi Bobojonov.
“Farg'onada xamjihat va ahil jamoa yig'ilgan. Xar qanday vaziyatda jamoadoshlarimiz bilan bir-birimizni qo'llaymiz. Endi keyingi o'yinlarga tayyorlanamiz va navbatdagi bahslarda ham muxlislarga g'alaba taqdim etishga harakat qilamiz”, - dedi 22 yoshli hujumchi.
Eslatib o'tamiz, Farg'onaning “Neftchi” jamoasi 11-turda viloyat derbisi doirasida “Qo'qon-1912” jamoasini qabul qiladi. Bellashuv 10 iyun kuni bo'lib o'tishi reja qilingan.
“Neftchi” matbuot xizmati.
Fikrlar