So’nggi yangiliklar

08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  4 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  32 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3

Murod Aliev: "O'FA "Bunyodkor"ni himoya qilishi kerak" Yangiliklar

Murod Aliev: "O'FA "Bunyodkor"ni himoya qilishi kerak"

Hozirgina O'FA rasmiy saytida chiqqan xabar ko'pchilikni karaxt qilib qo'ydi.

Biroz avval O'FA rasmiy saytida "Toshkentning “Bunyodkor” klubi FIFA talabiga ko'ra 6 ochkodan mahrum qilinadi" sarlavhali xabar chiqdi. Unda yozilishicha, FIFA sentyabr oyida "Bunyodkor" futbol klubidan 6 ochko olib tashlash borasida O'FAga rasmiy murojaat bilan chiqqan. Gap Sergey Simonenkoning maoshi ustida ketyapti. Ukrainalik himoyachi haligacha "Bunyodkor"dan pulini to'liq olmagan.

Bugun O'FA Ijroqo'mi "Bunyodkor"dan 6 ochko olib tashlash borasida PFLni rasman ogohlantirdi. Endi PFL bu qarorni amalda qo'llashi kerak bo'ladi. Xullas, ushbu xabar matbuotda elon qilingach, biz zudlik bilan "Bunyodkor" PFK bosh direktori Murod Aliev bilan bog'landik.

"Bu anchadan beri davom etib kelayotgan mavzu, - deydi Murod Boqievich. - Bizga klubdan ochkolar olib tashlanishi mumkinligi ancha oldin ogohlantirilgandi. Gap hamon Sergey Simonenkoning oylik maoshlarini to'liq olmagani haqida ketyapti. Uning puli tayyor, anchadan beri bankda turibdi. Lekin o'zi hamon Toshkentga kelib pulini olib ketgani yo'q. Biz futbolchining o'ziga ham, uning agentiga ham bu haqda aytishga ko'p marta urindik. Qolaversa bu borada Ukraina elchixonasiga ham murojaat qilganmiz".

- "Endi O'FA saytida chiqqan xabarga kelsak, men ham Ijroqo'm azosi hisoblanaman, ammo bu masala yuzasidan Ijroqo'm hali yig'ilish o'tkazgani yo'q. Agar yig'ilish bo'lganida meni ham chaqirgan bo'lishardi. Menimcha, Ijroqo'm yig'ilmasdan shunday qarorga kelingan. Bu o'rinda faqat shuni aytishim mumkin, O'FA barcha klublar qatori "Bunyodkor"ni ham FIFA oldida himoya qilishi kerak. CHunki FIFA uchun qaysidir jamoadan olti ochko olib tashlash hech narsa emas, lekin O'FA xalqaro maydonda O'zbekiston klublarini himoya qilib, mana shunday qiyin holatlarda o'zini ko'rsatishi lozim bo'ladi".

X.Xoliqov.

Reyting: +38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика