Murat Yakin: “CHelsi”ni mag'lubiyatga uchratishga harakat qilamiz”
26 noy 2013 10:34
Yangiliklar


Murat Yakin: “CHelsi”ni mag'lubiyatga uchratishga harakat qilamiz”
“Bazel” klubi bosh murabbiyi Murat Yakin, CHempionlar ligasi 5-tur guruh bosqichi doirasida “CHelsi”ga bo'lib o'tadigan qarshi o'yinda nimalar kutayotgani xususida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“CHelsi”ga durang ham kifoya qiladi, ammo bu kabi katta klublar, keyin bo'lib o'tadigan qurada engilroq raqibga duch kelish uchun o'z guruhidan birinchi o'rin bilan chiqishni xohlashadi.Keyingi so'nggi turda “SHalke”ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yin, biz uchun o'ziga xos final o'yini bo'lishi uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. Biroq bundan oldin yaqinda bo'lib o'tadigan o'yinni o'z maydonimizda g'alaba bilan yakunlashimiz kerak.
Seshanba kungi o'yinni bir butun bo'lib boshlashimiz zarur. CHunki jamoa faqatgina yakdillik bilan g'alabaga erisha oladi, - deya takidladi Yakin.
Eslatib o'tamiz, “Bazel” – “CHelsi” o'yini bugun tunda Toshkent vaqti bilan 00:45 da boshlanadi.

Fikrlar