So’nggi yangiliklar

10:39“Реал“ етакчиси билан шартномани узайтириш бўйича келишувга эришди  0 10:08“Ал Ҳилол“ “Милан“ футболчиси билан келишувга эришди  1 09:37Алонсо “Реал“даги дебютидан сўнг нималар деди?  12 09:05ЦСКАда мураббийлар алмашинуви. Энди Файзуллаевнинг ЦСКАдаги фаолияти қандай кечади?  3 08:35Пеп Гвардиола: “Бундай шароит ҳеч кимга тўғри келмайди“  2 08:03Шомуродов Туркиянинг қайси жамоаси билан музокара олиб боргани маълум  16 07:59Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Ювентус" "Ал Айн"га ҳеч қандай имконият қолдирмади  2 07:33Суперлига. Бугун 13-турга старт берилади  1 07:04Об-ҳаво сабабли 30 дақиқа учрашувда тўхталиш бўлган “Пачука“ — “Ред Булл Зальцбург“ учрашуви якунланди  0 04:24Илёс Зейтуллаев: "Бу кетишда италияликлар бизга эмас, ўзбек футболчилари Европага боришади"  4 04:22Баҳром Ҳайдаров: "Мураббий сифатида уларни айблай олмайман"  2 02:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ал Ҳилол" билан дуранг ўйнади. Вальверде 90+2 дақиқада пенальтини голга айлантира олмади  117 00:55Михаил Мудрик допингда айбланмоқда. У тўрт йилга четлатилиши мумкин  3 00:20Эндрю Робертсон Испания клубига ўтишга рози бўлди  2 23:45Неъматилло Қуттибоев: "Захирадан тушган футболчилар биз ўйлагандек ўйинни кучайтира олишмади"  0

Murabbiylar, Sizlarga nima bo'layapti? Yangiliklar

Murabbiylar, Sizlarga nima bo'layapti?

Aql o'rgatadigan yoshda emasman. Men bilan birga o'sgan futbolchilar keyinchalik murabbiylik sohasini tanlaganlarida bir nima desam bo'ladi, lekin...

Lekin hozir ko'rib turganlarim haqida qisqacha yozmasam bo'lmaydi. Eski davrni ham ko'rdim. Murabbiylarda "solidarnost" bo'lardi. Yuriy Sarkisyan "Neftchi"da ishlab turganida Bahrom Hakimov Farg'ona hokimini oldiga borib meni Vazgenovichni o'rniga qo'ying demagan. Viktor Jalilov ishlayotgan payti Ravshan Muqimov "Navbahor"ga o'zini tavsiya qilmagan. Yoki To'ra SHoymardonov "Lokomotiv"ni boshqarayotganda Usmon Toshev "temiryo'llar"ga borib boshliqqa "meni "Lokomotiv"ga bosh murabbiy qiling, xizmatingizga tayyorman", deb qo'lini ko'ksiga qilib turmagan, g'urur bo'lgan barcha murabbiylarda! To'g'ri, guruch kurmaksiz bo'lmagan.

Aynan shular davrida biz rosmana futbol ko'rdik! Hozirchi, hozir ko'p eshitayapman. Hamkasbining o'rniga akaxonlarni ishga solib joyga ega chiqishga bo'layotgan harakatlarni. Hamkasbining inqirozini kutayotgan bazi murabbiychalar chiqib qoldi. Ertaga ko'zga qanday qarash haqida o'ylayapsizmi?

Demak Sizni faqat pul qiziqtirayotgan ekanda, nima bo'lsa ham murabbiy bo'lsam deysiz? Futbolda boshqa lavozimlar ham bor. Skaut bo'ling, bolalar maktabida boshqaruvchi bo'ling, texnik direktor lavozimi bor.

Abramovdan o'rganing, qilich kelsa ham boshini egmaydi. O'sha yomon Babayan ham birovga ish so'rab bormagan, vaholangki "Paxtakor"da ishlagan payti ancha baqquvat jamoalar bo'lgan. Inileevdagi kamtarlik qolmayapti. Jalilov ham birovning mushugini "pisht" demagan. Mirsodiqov hech qachon hamkasbining oyog'iga bolta urmagan. Haydarov faqat chaqirsalargina borgan. Qosimovda ko'rdik, qiyin pallada ham ketmagani. Undan avval 2 yil sabrli bo'ldi. Hozirgi aksar yosh murabbiylar esa...


Bunday gap so'zlar ko'payib ketdi. Ertaga bu murabbiy futbolchiga halollikni o'rgata oladimi, futbolchi biladiku hammasini. Ichida "o'zingni to'g'irlab ol avval", demaydimi?

Ana shunaqa.

Reyting: +66   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика