So’nggi yangiliklar

16:45«Атлетик»да 15 йил ўйнаган футболчи клубдан кетмоқда  0 16:21U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони учрашувида бизга таниш ҳакам ишлайди  5 16:04"Дон-дон-зики", хушчақчақ Кападзе — Ўзбекистон - Вьетнам учрашувидан 93 та расм  1 15:53Футзал. Эрон кетма-кет 9 марта Жаҳон чемпионатига йўлланма олди!  5 15:26АПЛда «Олтин қўлқоп» учун асосий даъвогар маълум бўлди  1 15:05"Фейеноорд" бош мураббийи топ-клублардан бирида иш бошлаши мумкин  1 14:45"Ўзбекистон ҳеч кимдан қўрқмаслигини намойиш этди". Сайтимизнинг россиялик ходими Вьетнам устидан қозонилган ғалаба ҳақида қандай фикрда?  9 14:25Футзал. Тожикистон ўз тарихида илк бор Жаҳон чемпионатига чиқди!  13 14:20Обит яна футбол ўйнай оладими?  0 14:08Карлос Тевес шифохонага тушиб қолди  0 13:51"Барселона" ёзги трансфер ойнасида ярим ҳимоячисини сотади  3 13:15Ўзбекистон ОТЖ Осиё кубоклари тарихида энг кўп легионер билан иштирок этмоқда. Аввалги турнирларда вазият қандай бўлган?  9 12:482 йил аввал Ўзбекистонни ютган Саудия Арабистони таркиби қанчалик ўзгарган?   9 11:35Биринчи лига. "Пахтакор-79"га иккинчи турда ҳам техник мағлубият ёзилди  2 11:15"Оқ бўрилар" қаршисида яна "яшил лочинлар". Арабча ҳисоб-китобга нуқта қўйиш вақти келди  7

Murabbiy Pirloning g'alabali debyuti, qarimaydigan Ibra, "qovun tushirgan" "Roma". A Seriyaning 1-turi yakunlari Yangiliklar

Murabbiy Pirloning g'alabali debyuti, qarimaydigan Ibra, "qovun tushirgan" "Roma". A Seriyaning 1-turi yakunlari

Italiya A Seriyasida 1-tur uchrashuvlari o'z nihoyasiga etdi.

"Yuventus" chempionatni g'alabadan boshladi

Andrea Pirloning "keksa sinora" boshqaruvidagi debyuti katta qiziqish bilan kutilgandi. Unga omad ham kulib boqdi, sababi "Sampdoriya" tan olish kerak u qadar kuchli raqib emas. Ammo shunda ham jamoa qanday o'yin ko'rsatishi etibor markazida edi. "Byankoneri" Mauricio Sarri umuman qo'llab ko'rmagan 3-5-2 taktik sxemasida maydonga tushdi. Mezbonlar darhol hujumga o'tishdi, Daniloning kuchli zarbasi darvoza yuqorisidan o'tib ketdi, keyinroq Ronaldu driblingda to'pni yo'qotdi va u Kulushevskiga borib tushdi, shveciyalik futbolchi esankirab qolmadi va jamoa safida A Seriyadagi debyut o'yinida ilk golini urishga muvaffaq bo'ldi. "Yuventus" ustunlikni goldan keyin ham berib qo'ymadi. Krishtianu Ronaldu bir necha bor qulay imkoniyatlardan foydalana olmadi, vaziyatlardan birida esa darvoza to'sini "Sampdoriya" foydasiga ishladi.

Ikkinchi bo'lim avvalida o'yin biroz sokinlashgandek tuyuldi. "Yuventus" o'yin tempini tushirdi va hatto bir-ikki bor SHensnini bezovta qilishiga ham qo'yib berdi, lekin bu epizodlarda jiddiy imkoniyat yuzaga kelmadi. Keyin "keksa sinora" standartlarda o'z klassini ko'rsatdi, Kulushevski oshirib bergan to'pga klubning boshqa bir yangi vakili Makkenni zarba berdi, Audero to'pni qaytardi, lekin Bonuchchi deyarli bo'sh darvozaga to'pni urib qo'ydi. Deyarli keyingi hujumda Kvalyarella qulay vaziyatga ega bo'ldi, ammo SHensni ajoyib reakciya namoyish etdi va to'pni chiziqning ustida ushlab oldi. "Yuventus" biroz tinchlansa-da, hali gol urmagan Ronaldu to'xtamasdi va portugaliyalik niyatiga etdi. Aaron Remsi ajoyib o'yin o'tkazdi va vaziyatlarning birida Krishtianuni qulay vaziyatga chiqarib yubordi. Ronalduga to'pni darvozaga joylab qo'yish uchun birgina teginish kifoya qildi. "Yuventus" nafaqat uch ochkoga ega bo'ldi, balki o'yinidan iliq taassurot ham qoldira oldi. Pirlo debyuti omadli chiqdi desak, mubolag'a bo'lmaydi. 


"Napoli"ning "klassik" g'alabasi

Gattuzo jamoasidan muxlislar bu mavsum juda ko'p narsa kutmoqda. Mamlakat Kubogining amaldagi g'olibi o'z oldiga katta maqsadlarni qo'ymoqda, "Lill"dan Osimxenning sotib olinishi klub o'z yo'lida qanchalar jiddiyligidan dalolat. Birinchi bo'limda muxlislar xavfli hujumlarni deyarli ko'rishmadi. Dastlabki 45 daqiqani eslarkansiz, faqatgina Korneliusning zarbasidan keyin to'p to'g'ri Ospinaning qo'liga borib tushgani va Fabian Ruisning jarima maydoni tashqarisidan o'ta noaniq zarbasi hayolga keladi. Raqiblar barcha masalani ikkinchi bo'limda hal qilishga qaror qilishdi va dastlabki daqiqalarda tavakkalchilikka qo'l urishmadi.

"Parma" tanaffusdan keyin yaxshiroq boshladi va bir qancha xavfli vaziyatlar yarata oldi, ayniqsa, Kucka bergan zarba o'ta xavfli chiqqandi. "Napoli" esa amalda birinchi hujumidanoq gol urdi. Lozanoning qanotdan uzatgan to'piga Osimxen birinchi bo'lib etib bordi, undan to'p Mertensga borib tushdi va "Napoli" tarixidagi eng yaxshi goleador hisobni ochdi. "Napoli" futbolchilari goldan ruhlanib, yana oldinga borishdi va chiroyli hujumlar uyushtira boshlashdi. Osimxen tovoni bilan uzatmalarni amalga oshirar, Insine esa birgina teginish bilan darvoza ustunini poylardi. "Parma" qanchalar urinmasin, raqibni qamal qila olmasdi. Vaqt o'tib borardi, lekin maydondagi vaziyat shuni ko'rsatardiki, o'yinda hali ikkinchi gol ham bo'ladigandek edi. Amalda ham shunday bo'ldi, Lozano qanotdan oldinga o'tib bordi va zarba berdi, Sepe to'pni qaytardi, lekin uni to'g'ri Insinega qaytardi. Italiyalik ortiqcha muammolarsiz hisobni 2:0 ko'rinishiga sababchi bo'ldi. "Napoli" ikkinchi bo'limni yaxshiroq o'tkazdi va haqli ravishda g'alabaga erishdi.


Ibraning gollari "Milan"ga "Bolonya" ustidan g'alaba taqdim etdi

"Rossoneri" ajoyib transferlarni amalga oshirdi va jamoaning o'yini qanday tashkil etilishini ko'rish istalgan muxlis uchun qiziq bo'lsa kerak. Biroq "Bolonya" haqida bunday deb bo'lmaydi. "Milan" ilk daqiqalardan keskin hujumlarni boshlab yubordi. Birinchi urinishdan Ibragimovich hisobni ochishi uchun shveciyalikka biroz aniqlik etishmadi. Zlatan to'xtamadi, aynan uning uzatmasidan keyin Benasser qulay imkoniyatga ega bo'ldi, lekin to'p uning zarbasidan keyin darvoza yuqorisidan o'tib ketdi. O'yinda hisobni "Milan" ochishi adolatdan edi, Ernandesning uzatmasidan keyin to'p Zlatanning boshini topdi va Ibra yangi mavsumdagi gollari hisobini ochib yubordi. "Bolonya" tanaffusgacha hujum qilishni unutib qo'ydi chog'i, raqib darvozasiga umuman yaqinlashmadi. 

Ikkinchi taym avvalida jarima maydonchasi ichida Benasser yiqitildi, hakam nuqtani ko'rsatdi, to'p oldiga albatta Zlatan keldi va kuchli zarbasi bilan uni darvozaga joylab qo'ydi. Oradan 5 daqiqa o'tar-o'tmas, Ibra xet-trik qayd etishi mumkin edi, lekin darvozabonni ham dog'da qoldirgan forvardga aniqlik etishmadi. "Bolonya" bir martagina chinakam vaziyatga ega bo'ldi, biroq Donnarumma pand bermadi. "Milan"ning ishonchli g'alabasini Sandro Tonallining jarohati buzib qo'ydi. Yosh yarim himoyachi bir necha hafta maydondan tashqarida qoladigan bo'ldi. Umuman olganda, "rossoneri" mavsumga yaxshi tayyorligi ko'rinib turibdi, Zlatan esa yana bir bor qoyil qolishga majbur qilmoqda.


"Fiorentina" "Torino"dan kuchliroq

A Seriya yangi mavsum ilk turidayoq "fialkalar" va "buqalar" to'qnash kelishdi. "Fiorentina" bu mavsum Evropa Ligasi yo'llanmasi uchun kurashishni niyat qilgan, buning uchun tarkib ham yomon emas, lekin "Torino"ni og'ir damlar kutib turgandek. Biroq aynan ular o'yinni yaxshiroq boshlashdi va bir-ikki imkoniyatga ega bo'lishdi. Vaqt o'tgani sari "Fiorentina" tashabbusni raqibidan tortib oldi va birgina Kuamening o'zida uch marta qulay imkoniyat yuzaga keldi — Sirigu o'z o'rnida.

Ikkinchi taym startida yana "Torino" faolroq edi. Zadza va Belotti 2 – 1 chiqib borishdi, lekin oddiy kombinaciyani amalga oshirishda "qovun tushirishdi". "Fiorentina"ning hujumdagi o'yini esa unchalik qovushmasdi, faqat individual harakatlar evaziga golli vaziyatlar yuzaga kelardi. Gol ham shu tariqa urildi, Keza qanotda 2 raqibini aldab, to'pni jarima maydoni ichiga etkazib berdi. U erda himoyachilar Kastrovillini shunchaki unutib qo'yishgan shekilli, futbolchi bemalol bo'sh qolgan darvozaga to'pni to'g'rilab qo'ydi. "Fiorentina" tarkib bilan solishtirganda ishonchli o'yin ko'rsata olmagan bo'lsa-da, g'alabaga erishdi. "Torino" esa... Tarifga til ojiz. Katta ehtimol bilan yaqin vaqtlar ichida jamoada yana jiddiy o'zgarishlar bo'ladi.


"Jenoa" A Seriya peshqadami

Bunaqasi faqatgina birinchi turdan keyin bo'lishi mumkin. "Grifonlar" "o'ziga xos to'daga" aylandi. "Krotone" bilan uchrashuv esa Rolando Marana uchun ajoyib imkoniyat. Uning shogirdlari ishonchni oqladi va o'yin startidayoq hisobni ochishdi, Paolo Gilonening kuchli uzatmasidan keyin Mattia Destro familiyasini tabloga yozdirib qo'ydi. Raqib o'ziga kelib ulgurmay, to'p ikkinchi bor darvoza to'riga borib tushdi. Hamon qarilikni tan olmagan Goran Pandev qulay vaziyatga chiqdi va to'pni darvozabonning ustidan oshirib tashlab qo'ydi. "Akulalar" bellashuv bunday boshlanishini kutishmagani aniq, lekin ular taslim bo'lishga shoshilishmadi va bir gol bilan javob berishdi. Molinaning havodan uzatib bergan to'pini River darvozaga yo'lladi. Umuman olganda, "grifonlar" raqibdan ko'ra uchinchi golga yaqinroq edi. Hujumni to'xtatmagan "Jenoa" yana gol urdi, yangi futbolchilar ish berdi. Badelning aniq uzatmasidan so'ng Zappakosta to'pni darvozaga joylab qo'ydi.

"Jenoa" ishonchli o'yin ko'rsatdi va g'alabaga erishdi, "Krotone" esa katta ehtimol bilan chempionatning boshqa jamoalari uchun ochko ulashuvchi vazifasini bajarib beradi. 

SHuningdek: "Roma" durang o'ynagan bo'lsa-da, texnik mag'lubiyat yozildi. Barchasiga hujjatlardagi xatolik sabab. "Kalyari" va "Sassuolo" esa durangga rozi bo'lishdi.


Sergey Rumyancev
Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика