Murabbiylarni tayyorlash o'zini oqlayaptimi?
03 dek 2013 12:05
Yangiliklar

Murabbiylarni tayyorlash o'zini oqlayaptimi?
Ayni kunlarda “Pro” licenziyasi olish istagida bo'lgan 16 nafar murabbiy CHig'atoyda o'tayotgan murabbiylar kursida tahsil olish bilan band.
Ular bir necha oy mobaynida o'qib, bilimlarini mustahkamlashadi. Keyin esa licenziyani qo'lga kiritish uchun imtihondan o'tishadi. SHu tariqa yurtimizdagi “Pro” licenziyali murabbiylar soni yana 14 nafarga ko'payadi. 2 nafar mutaxassis xorijdan kelib o'qiyotganini takidlab o'tamiz. Ushbu maqolada murabbiylarni tayyorlash, o'qitish tizimi o'zini qanchalik oqlayotgani to'g'risida mulohazalarimizni bildirib o'tsak.
Bir necha yildan buyon O'FF murabbiylar uchun kurslarni o'zimizda o'tkazishni yo'lga qo'ydi. “S” licenziyasi uchun viloyatlarning o'zida, “V” va “A” licenziyasi uchun poytaxtda kurslar tashkil qilinmoqda. Har uch licenziyani qo'lga kiritganlar esa keyin “Pro” licenziyasiga egalik qilish imkoniyatiga ega bo'lishadi. Hozirda “Pro” uchun o'qish 22 million so'mdan ortiqroqqa tushyapti. CHig'atoyda yashab o'qiydiganlar esa 30 million so'm atrofida to'lashi kerakligi haqida malumotlar bor. Takidlash joiz, murabbiylar to'layotgan pul oz emas. Xo'sh, ular bu pulni faqat licenziyani olish uchun to'lashyaptimi yoki aslida malaka va bilimlarini oshirishni istashyaptimi? Bu savolga bizning javob berishimiz qiyin. CHunki har kimning maqsadi qanday ekanligi uning o'zigagina ayon. Oxirgi paytlarda murabbiylarimiz faqat o'zimizda talim olish bilan cheklanib qolishyapti. Bu bir tarafdan ularga yaxshi. CHunki o'zimizda turib, hech qayoqqa chiqmasdan licenziyani qo'lga kiritishlari mumkin. Klublaridagi ishlari ham to'xtab qolmaydi. Bir o'q bilan ikki quyonni urib olishadi. Biroq buning salbiy taraflari talaygina. Hozir shuni oydinlashtirib o'tamiz. Yurtimizda o'qiyotgan murabbiylar boshqa mamlakatlarga malaka oshirgani borishmaydi. Evropada esa har bir licenziya qo'lga kiritilgach, turli klublarga ish o'rganish uchun safarlar tashkil etib beriladi. “Pro”ga o'qish jarayonida esa har bir moduldan keyin Evropaning ko'zga ko'ringan jamoalarida tajriba to'plash imkoniyati havola etiladi. Demak, xorijda 4ta licenziyani qo'lga kiritish jarayonida kamida 5-6ta etakchi klublarda malaka oshirish mumkin. Bunday holat har qanday mutaxassisga yordam beradi. CHunki boshqalarning ish jarayonini o'rganmasdan turib, murabbiylik ishi to'g'risida aniq tasavvurlarga kelish qiyin. Turli uslublarni kuzatish asnosida inson o'z uslubini yaratadi. Qolaversa, Evropada talim olgan taqdirda kursning boshqa ishtirokchilari bilan muloqotda bo'lish orqali ham bilimlarni yanada ko'paytirish imkoniyati mavjud. Bizga faqat 2 yoki 3 nafar xorijlik mutaxassislar dars o'tish uchun taklif etilsa, chetda faqat shunday insonlar boshchiligida o'qitiladi. Lekin bunga erishish uchun ingliz tilini yaxshi darajada o'rganish talab etiladi. Bizda murabbiylar bu tilni o'rganishni xushlashmaydi. Natijada zamonaviy bilimlardan ham bexabar qolib ketishadi. To'g'ri, murabbiylar uchun kerakli bazi kitob va dastur rus tilida ham bor, lekin ingliz tilidagi manbalar miqdori bir necha baravarga ko'proq. Aytaylik, hozir “Manchester Siti” yoki italyan klublarining mavsumga tayyorgarlik bosqichini qanday tashkil etish, o'sha davrda raciondan qanday taomlarning o'rin olishi, mavsum boshlangach, kunlik mashg'ulotlarda nimalarga etibor qaratish kerakligi haqida yozilgan tayyor dasturlar bor. Klublar bu narsalarni sir tutishmayapti. Lekin bularni izlab topish uchun hech bo'lmaganda ingliz tilini o'rganib, ozgina qunt bo'lishi darkor. Bizga zarur bo'lgan birinchi narsa murabbiylarning xorij klublariga malaka oshirish uchun borishlaridir. CHunki boshqalardan nimadir o'rganmasdan turib, inson aqlli bo'lib qolmaydi. Murabbiylikda ham shunday. Bu sharoitda ikki yo'l bor: yoki murabbiylar xorijda tahsil olishni boshlashlari zarur, yoki klublar keyinchalik murabbiylariga shunday imkoniyatni yaratish berishi lozim. Jamoalarning oxirgi yillarda tobora saviyasiz o'yin ko'rsatayotganida ularning aybi katta. CHunki oliy ligada kuchli futbolchilar deyarli etishib chiqmayapti. Xorijda esa har bir klubda kamida bir nafardan shunday ijrochilar mavjud. Bizda butun chempionatda sanoqli nafar xolos. Oqibatda o'ynalayotgan saviyasi past futbol ishqibozlarni qiziqtira olmayapti. Raqibga qarab taktika tanlash, raqibning ojiz joyini topib, undan foydalanish singari jihatlar futbolimizda kamayib ketgandek. To'g'ri, etakchi jamoalarimizda shunday o'yinlarni kuzatamiz, biroq mavsum davomida 5-6 uchrashuvda. Bu etarli emas.
So'nggi yillarda ko'pchilik murabbiylar “Pro” licenziyasi sohibi bo'lishdi, biroq bu bilan chempionatimiz saviyasi ko'tarilib qolmayapti. Balki, O'FF endi o'qitish jarayoniga qo'shimcha ravishda xorijda malaka oshirishni qo'shib qo'yishi kerakmi? Vaziyatdan chiqish uchun boshqa yo'lni ko'rmayapmiz. Oddiygina klubni kuchaytirib, tomoshabop futbol ko'rsatayotgan qaysi jamoani eslay olasiz? Germaniya, Gollandiya, Ispaniya va Italiya singari davlatlarda tajriba oshirish murabbiylarda mahorat ortishiga olib kelishi tayin.
O'qitish tizimi haqida gapiradigan bo'lsak, turli mamlakatlarda bunga bo'lgan munosabat har xil. Evropada o'qitish jarayoni ancha yaxshi va shu sababli boshqa konfederaciyalardan ham murabbiylar shu erga kelib tahsil olishni maqul topishadi. AQSHda murabbiylik licenziyasi soni ko'proq, u erda 6 licenziya uchun o'qiladi. Bizdagidan farqli ravishda AQSHda murabbiylarning o'qishini federaciyaning o'zi qo'llab-quvvatlaydi. “S” licenziyasidan boshlab xohlovchilar malum talablarni bajarib, o'qishni Evropada olib borishadi. Harajatlarni esa federaciya to'laydi. Murabbiy esa kichik bir qismini to'laydi xolos. Qaytib kelgach, federaciya imtihonidan o'tadi va bemalol ishlashi mumkin. Bundan ko'zlangan maqsad futbol saviyasini oshirish hamda bunda murabbiylarga barcha sharoitlarni yaratib berish. Klubsiz qolgan murabbiylar ham bemalol o'qishlarini davom ettirish imkoniyatiga ega. Buning samarasi o'laroq, AQSHda oxirgi paytlarda futbol keskin suratda rivojlanib bormoqda. Avval kollejlarda futbol mashg'ulotlari uchun 2ta maydon ajratilgan bo'lsa, hozir ularning soni 10dan ortiq. Ommaviylashish bobida futbol amerikancha futbolni ortda qoldirib ketishi hech gap emas. AQSHda 13 yoshgacha bolalar va qizlar birgalikda shug'ullantiriladi. Ayollar futbolida amerikaliklarning katta muvaffaqiyatlarga erishish sababi shu bilan bog'liq. Qizlar yoshligidan bolalar bilan kurash olib borib, jismoniy jihatdan yaxshi tayyorgarlikka ega bo'lishadi.
Evropada murabbiylik kurslariga yoki klublarning mashg'ulot jarayoniga gandbol, suzish yoki engil atletika murabbiylari taklif etib turiladi. CHunki futbolchining imkoniyatlarini o'stirishda boshqa sport turlarida foydalaniladigan bazi mashqlar foydali bo'lishi mumkin. Vaqti-vaqti bilan futbolchilar bir kunni boshqa sport turidagi murabbiy bilan o'tkazib turishadi. SHu kabi holatlarni o'zimizda joriy etish payti keldi. Lekin birinchi navbatda murabbiylar mahoratini o'stirib olish talab etiladi.
Behzod NAZAROV.

Fikrlar