Muntari van Ginkelga jarohat etkazgani uchun "Milan" tomonidan jazolanishi mumkin
13 dek 2014 16:46
Yangiliklar


Muntari van Ginkelga jarohat etkazgani uchun "Milan" tomonidan jazolanishi mumkin
"Milan" yarim himoyachisi Salli Muntari Marko van Ginkelga jarohat etkazgani sabab klub tomonidan jazo olishi mumkin.
Bu voqea qizil-qoralarning mashg'ulotdagi ikki tomonlama futbol o'ynayotgan paytida yuz berdi. To'qnashuv natijasida van Ginkel yilning oxirigacha safdan chiqdi.
Xabarlarga ko'ra, "Milan"dagilar bu holatdan norozi va futbolchini jazolash yo'llarini ko'rib chiqishmoqda.
Van Ginkel "CHelsi"dan ijaraga olingan edi.

Fikrlar