Mundo Deportivo: Beylning transferi "Real"ga aslida 265 millon evroga tushgan
25 jan 2014 17:25
Yangiliklar


Mundo Deportivo: Beylning transferi "Real"ga aslida 265 millon evroga tushgan
"Tottenxem" yarim himoyachisi Garet Beylni o'z safiga qo'shib olish uchun qilingan barcha harajatlar "Real"ga avval boshida malum qilinganidan ikki yarim barobar qimmatroqqa tushgan, deya xabar bermoqda Mundo Deportivo.
Manbaning malum qilishicha, 24 yoshli uelslik futbolchining transferi, uning maoshi, sug'urtasi va agentiga berilgan turli to'lovlar bilan birga hisoblaganda "Real"ga 265 million evroga tushgan.
Takidlash kerakki, "Real" ushbu kelishuvning shartlarini rasman hech qaerda elon qilmay, sir saqlab kelayotgandi. Evropa parlamenti azosi Derk Yan Eppink futbolchi va klub o'rtasidagi kelishuvni taftish etish uchun Evro-komissiyaga murojaat qilishini malum qilgandi.
Eslatib o'tamiz, shu kunlarda Neymarning "Barselona"ga o'tishi bilan bog'liq transfer jarayoni ham tekshirilib, aslida braziliyalik hujumchi uchun "Barselona" 130,2 million evro sarflagani oshkor bo'lgandi.

Fikrlar