So’nggi yangiliklar

14:06CAFA NATIONS CUP-2025 мусобақаси бошланмоқда. Эртага ўйинолди матбуот анжуманлари ва расмий машғулотлар бўлиб ўтади  1 13:45Бенту Ўзбекистон терма жамоаси тарихидаги 10-хорижлик мураббий бўлади. Аввалги ҳамкасблари қандай натижа кўрсатган?   16 13:03Бугун ЕЧЛга қуръа ташланади. Олма-отага кимлар келади?  4 12:43Конференциялар лигаси саралаши. Бугун Файзуллаев ва Шомуродов жамоаси жавоб учрашувида майдонга чиқади  4 11:34Эшитдик-да! Тимур Кападзе "Пахтакор" бош мураббийи бўлиши мумкин  56 10:48ПСЖ ва "Ювентус" ўзаро келишувга эришди  0 10:23"Челси" 24 йиллик анаънадан воз кечади  6 09:56Икич Фране: "Жамоамиз бу ўйинда ғалаба қозонишга ҳақли эди"  2 09:27Германия терма жамоасининг сентябрдаги ўйинлар учун чақирилган футболчилари маълум  5 08:54МЮ Брунуни сотишга тайёр. Унга нарх қўйилди  8 08:27"Бухоро" "Бунёдкор"ни мағлуб этиб, тарихда илк бор ярим финалга чиққан учрашувдан ФОТОГАЛЕРЕЯ  9 08:00Жароҳатдан қайтган Месси жамоасини Лига кубоги финалига олиб чиқди  10 07:50Германия Кубоги. "Бавария" меҳмонда 3-лига жамоасини мағлуб этди  1 07:31Аморим кечаги мағлубиятга изоҳ берди  8 02:42Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" 1/32 финалда 4-лига жамоасига мағлуб бўлиб, турнирни тарк этди  13

Mundial oldidan. Zabixillo O'rinboev: "Hamma optimal holatda" Yangiliklar

Mundial oldidan. Zabixillo O'rinboev: "Hamma optimal holatda"

Jahon chempionati oldidan terma jamoamiz azolari saytimizga o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Ikkita Jahon chempionatida ishtirok etdim va bundan juda ham mamnunman. Nasib bo'lsa uchinchi Jahon chempionati oldida turibman. Avval bo'lib o'tgan har ikki mundialda ikkinchi raqamli futbolchi sifatida ishtirok etdim. Asosan zaxirada yoki zaxiradan maydonga tushdim. Bu safar esa o'zimni tengdoshlarimiz bilan birga o'ynayman. Avvalgi chempionatlarda to'plagan kichik bo'lsada tajribam bu gal o'z samarasini berishiga ishonaman. Oldimizda qiyin o'yinlar turibdi. Germaniya va Gonduras futbolchilari individual kuchli bo'lishiga qaramay, biz jamoaviy o'yin evaziga natija ko'rsatmoqchimiz", - deydi Zabixillo O'rinboev.

- Jamoaning etakchisi sifatida bu chempionatda yoshlarimizning imkoniyatini qanday baholar edingiz?

- Bu Jahon chempionati. Bu erga tasodifiy terma jamoa kelib qolmagan. Hozir hammamizda bir xil imkoniyat. Turnir jadvalida hammada 0 ochkodan turgani bois bu erda kuchli jamoa yo'q. Asosiysi birinchi o'yinda g'alaba qozonib olsak, qolgani biz o'ylagandek ketadi. Birinchi o'yin ahamiyati juda katta.

- Ikki bor chempionatda ishtirok etgan futbolchi sifatida jamoadoshlaringizga eng muhimi nima degan bo'lar edingiz?

- O'ziga bo'lgan ishonch bo'lsa hammasi joyida bo'ladi. Tajriba muhim lekin istak, xohish va ishonch bilan har qanday raqibni mag'lub etsa bo'ladi.

- Germaniya tarkibida bir qator futbolchilar bundesliga vakillaridir. Ularda bir qator etakchi futbolchilar bor. Bu futbolchilarimizga ortiqcha bosim yuklamaydimi?

- Biz faqat jamoaviy o'yin evaziga ulardan ustunligimizni isbotlashimiz mumkin. Bosimsiz o'ynaymiz.

- Jahon chempionatidan o'zingiz uchun nimalarni kutmoqdasiz?

- Mazmunli o'yin ko'rsatish va skautlarni nazariga tushishni istayman. Xorij klubi bilan shartnoma imzolashni istayman. Eng muhimi termamizning natijasidir.

- Jamoaning etakchilari "Bunyodkor" klubidan tashkil etilgan. Bu sizlarga engillik yaratishi mumkinmi?

Albatta, bu juda engillik yaratadi. Bir birimizni tushinishda asqotadi. Yig'inlar va nazoratlardan so'ng boshqa klubdagi futbolchilar bilan ham muammo bo'lmaydi. Hamma optimal holatda tayyor. Bizni yoshimizda o'zimizni chempionatdan xorij klublariga o'tish uchun juda yaxshi imkoniyat. CHempionatda omadga ham ko'p narsa bog'liqdir. Terma jamoaga hech kim o'z-o'zidan kelib qolmaydi. Murabbiy teng kuchli tarkibdan eng munosiblarini tanlaydi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика