So’nggi yangiliklar

09:22Ўзбекистон ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби билан танишинг  2 08:55“Mirabror Usmanov Cup-2024”. Бугун учинчи ўрин ва финал учун учрашувлар бўлиб ўтади  1 08:26Ҳусайн Норчаев олимпиада олдидан ФИФАга тайёргарлик, режалар ва мақсадлар ҳақида интервью берди  9 08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  9 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  29 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  3 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  1 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  3 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  3 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  3 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  6 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  15 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  2 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0

Mundial 2022. Belgiya! Yangiliklar

Mundial 2022. Belgiya!

Belgiya!


Taxallusi – "qizil iblislar".

FIFA reytingida 2-o'rin.

Jahon chempionatiga o'n to'rtinchi marta (1930, 1934, 1938, 1954, 1970, 1982-2002 (barcha turnirlar), 2014, 2018, 2022) boradi.


F guruhi. Raqiblari: Kanada, Xorvatiya, Marokash.

1-tur, 23 noyabr. Belgiya — Kanada

2-tur, 27 noyabr. Belgiya — Marokash

3-tur, 1 dekabr. Xorvatiya — Belgiya


Muvaffaqiyatlar


Belgiya – Jahon chempionatining muntazam ishtirokchisi, ammo "qizil iblislar" so'nggi yillardagina g'alaba uchun haqiqiy davogarga aylanishdi.

Rossiyadagi mundialda bronza – Belgiya terma jamoasining uzoq tarixidagi asosiy yutug'idir.



Belgiya JCH-2018da Angliya, Panama va Tunis jamoalari bilan bir guruhdan o'rin oldi.

Ilk raqib Jahon chempionati debyutanti bo'lmish Panama terma jamoasi bo'ldi.

Kutilgandek, kurash kuzatilmadi. Ayniqsa ikkinchi taymda, belgiyaliklar javobsiz uchta gol urishdi. Lukaku dubl qayd etdi, Mertens esa yana bir golga mualliflik qildi.




"Qizil iblislar"ning keyingi raqibi Tunis bo'ldi.

O'yin gollarga boy bo'ldi – Lukaku va Azar dubl qayd etishdi, yana bir golni Batshuayi urdi. Raqib javob qaytara oldi, ammo ikkitagina gol bilan. 5:2 – so'zsiz Belgiyaning g'alabasi.




Angliya bilan o'yin guruh g'olibini aniqlab berdi.

Belgiya avvaliga o'yin favoriti deb hisoblanayotgan edi, ammo Roberto Martines shogirdlari angliyaliklarni mag'lub etish uchun ko'p harakat qilishlariga to'g'ri keldi.

O'yin belgiyaliklarning ustunligi bilan o'tdi, ammo Angliyada ham gol urish uchun bir nechta yaxshi imkoniyat yuzaga keldi. SHunga qaramasdan, favorit Yanuzayning goli evaziga g'alaba qozondi.




Belgiya 1/8 finalda Yaponiyaga ro'baro keldi.

Barcha evropaliklarning oson g'alabasini kutgan edi, ammo yaponlar jon-jahdlari bilan qarshilik ko'rsatishdi.

Yaponlar ikkinchi taym boshida 4 daqiqa ichida ikkita to'p kiritishdi va o'z jarima maydonchalariga o'rnashishdi, bazida qarshi hujumga qochishdi. Belgiyaliklar 20 daqiqa o'tib hisobni tenglashtirishdi. Keyin o'yin teng kurashlar ostida o'tdi va har ikkala jamoa ham gol urishi mumkin edi. Ammo, shunga qaramay, Belgiya asosiy vaqt tugashiga bir necha soniyalar qolganda SHadlining goli evaziga g'alabani ilib ketdi.




Belgiyaliklar 1/4 finalda braziliyaliklar bilan to'qnash kelishdi.

"Qizil iblislar" Fernandinoning avtogoli sabab o'yinning 13-daqiqasidayoq hisobda oldinga chiqib olishdi. De Bryuyne 31-daqiqada ustunlikni ikkita oshirdi.

Raqib o'yinga qayta oldi, ammo faqatgina bitta to'p kiritishning uddasidan chiqdi.

2:1 – Belgiya yarim finalda.




Belgiyaliklar finalga chiqish uchun turning asosiy favoriti bo'lmish Franciya bilan o'ynashdi.

O'yin juda qiyin va shiddatli o'tdi. Belgiya hisobni ochish uchun ko'plab imkoniyatlarga ega bo'ldi, ammo omad raqibga kulib boqdi.

1:0 – Belgiya 3-o'rin uchun o'yinga yo'l oldi.




Roberto Martines shogirdlari bronza medallar uchun o'yinda Angliya bilan kuch sinashishdi.

Yana Angliya, bu safar esa kamroq ruhlangan jamoa.

Bu o'yin ko'proq bir tomonlama bo'ldi. Belgiyaliklar o'yinda jiddiy ustunlik qilishdi va Myone va Azarning gollari evaziga munosib g'alabaga erishishdi.




JCH-2018 – Belgiya futboli uchun tarixiy turnir, ammo ular ko'prog'ini kutishgandi. Balki Belgiya o'z imkoniyatlarini Qatarda namoyish etar.


Murabbiy va o'yin uslubi


Roberto Martines – Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi.



Martines Belgiya terma jamoasida ishlashdan oldin 9 yil Angliyada klublarni boshqargan.

Roberto top klublarda ishlamagan, ammo o'rta klassdagi jamoalarda tan olingan – "Suonsi", "Uigan" va "Everton".

Belgiya qirolligi futbol associaciyasi 2016 yilning 3 avgustida Martinesni milliy terma jamoa bosh murabbiyi etib tayinladi. Futbol jamoatchiligi bunday qaror bo'yicha ikkiga bo'lindi – kimdir sovrinsiz murabbiy bunday darajadagi jamoa bilan ishlamasligi kerak deb hisobladi, kimdir esa aksincha, Robertoga ishonib, uni belgiyaliklar uchun mos deb atadi.

Roberto Martines 6 yildan beri Belgiya terma jamoasini boshqaradi, ammo uning tayinlanishi borasidagi bahslar hozir ham bor. Bitta narsa aniq – barchasini Qatardagi mundial hal qiladi.


Martinesning murabbiy sifatidagi yutuqlari:


"Suonsi Siti"

– Birinchi futbol ligasi chempioni (1): 2007/08


"Uigan Atletik"

– Angliya Kubogi sohibi (1): 2012/13


Belgiya terma jamoasi

– Jahon chempionatining bronza medali sohibi (1): 2018


SHaxsiy mukofotlar

– LMA talqiniga ko'ra Birinchi futbol ligasida yil murabbiyi (1): 2007/08

– Angliya Premer-ligasida oy murabbiyi (1): 2012 yilning apreli


Belgiya terma jamoasi o'yin sxemasi: 3-4-2-1, yoki 3-4-3.



O'yin uslubi: imkoniyatlar izlaydigan sekin futbol.

Sxemadagi uch himoyachiga qaramay, belgiyaliklar tez-tez besh mudofaa o'yinchisiga o'tishadi.



Belgiyaliklar kichik paslarni juda ham yaxshi ko'rishadi.





Ikki vaziyatga etiboringizni qarating: birinchisi – Batshuayi qanday ortga qaytib o'ynamoqda, ikkinchisi – barcha paslar unga qaytarilmoqda. Aniqrog'i, uning oddiy uzatmalar orqali zarba poziciyasiga chiqqanini ko'rmoqdamiz.



Bu erda hujumni davom ettirish mumkin edi, ammo Batshuayi zarba berishga qaror qildi.



Belgiyaliklar ko'proq Lukaku, Batshuayi yoki Origini nishonga olgan holda, jarima maydonchasiga krosslarni berishadi.





Belgiya hujumlarining uchinchi o'ziga xosligi – uchinchi o'yinchi uchun o'ynash.




SHuningdek, de Bryuynening terma jamoadagi rolini qayd etish kerak.

Kevin ajoyib dispetcherlik sifatlaridan tashqari, raqiblar kutmagan joylarda paydo bo'lish istedodiga ega, ammo sheriklari uni qidirishadi.

Raqiblar Myonega pasni kutishdi.



Ammo, uzatma bir o'zi turgan va unutilgan De Bryuynega berildi. Kevin gol urdi.



De Bryuyne bo'sh hudud topdi.



Endi esa Myone Kevinni topmoqda.



CHapga pas va gol.



Xulosa chiqaramiz.

Belgiya maydon markazida ustunlik qilgan holda past tempda o'ynaydi. Jamoa aynan raqibdagi qurilishda xatolarni izlashga etiborini qaratadi, agar ular bo'lmasa – buni harakatlar orqali yaratish kerak.


Terma jamoa etakchilari


Kevin de Bryuyne – mallarang general.



Belgiyaning yuragi va dispetcheri – Kevin de Bryuyne!

Tarkibda bunday darajadagi o'yinchining bo'lishi muvaffaqiyat uchun imkoniyatlarni keskin oshiradi.

APLning barqaror o'yinchisi, terma jamoa va "Manchester Siti" etakchisi, juda kam narsa yutgan futbolchi – barchasi bittasida.

Belgiyalik yarim himoyachining ayyor uslubini qayd etdik, ammo uning o'yin intellekti va ideal amalga oshiradigan aqlbovarqilmas uzatma salohiyatini takidlash kerak.

Kevin uchun terma jamoa bilan sovrin yutish uchun bunday yaxshi imkoniyat bo'lmaydi, shu sabab biz uning eng kuchli talqinini Qatarda ko'rishimiz kerak.




Yuri Tilemans – maydon markazining muhim o'yinchisi.



Tilemans va Vitcel maydon markazida ajoyib bog'lam hosil qilishadi.

Yuri o'yin davomida deyarli barcha hududlarga ulgurgan holda, ajoyib ish qobiliyatini amalga oshiradi.

Tilemans mudofaada ko'plab qora ishlarni amalga oshiradi va hujum harakatlarida ishtirok etgan holda belgiyaliklar hujumining boshlanishini va vektorida harakat qiladi.

Yurini de Bryuyne bilan birgalikda Belgiya terma jamoasi uchun o'zgartirib bo'lmas o'yinchilar deyish mumkin.




Romelu Lukaku – tirik kuch.



Lukaku anchadan beri maydonga chiqmayotgan bo'lsa ham, terma jamoaning asosiy forvardi bo'lib qolmoqda.

Romelu – jamoaning hujumdagi qurilishida juda muhim figura, sababi u to'pni oldinga qarab harakatlantira oladi va u uchun raqib darvozasi oldida kurashadi.

Lukaku birinchi navbatda gavdasi bilan ajralib turadi, ammo uning texnik mahorati va yaxshi tezlik olishini qayd etish kerak.

U terma jamoada allaqachon 68ta o'yin o'tkazdi va to'xtash niyati yo'q.




Kuchli va zaif tomonlari


Kuchli tomonlari: tajriba, o'z o'yiniga bo'lgan ishonch, murabbiy.

Zaif tomonlari: mudofaa, tezlik.


Belgiya chempionlikni qo'lga kiritish uchun etarli darajada mag'lubiyat achchig'ini totib ko'rgan. Belgiyaliklarda yoshi katta, ammo hali ham qiyinchilikni bosib o'tgan tajribali jamoa bor. Jamoaning katta qismi Rossiyada va Evroda o'ynagan, CHempionlar Ligasi va top-chempionatlarda katta tajribaga ega, klublar darajasini jiddiy sovrin va yutuqlarni qo'lga kiritgan. Belgiyadan eng kamida to'liq konsentraciya va mutlaq fidoyilikni kutishimiz kerak.

Belgiya hamma bilan bir xil uslubda o'ynagani uchun chiroyli ko'rinadi. Ular o'z o'yinlariga ishonishadi va nima bo'lgan taqdirda ham undan voz kechishmaydi. Belgiyaliklar o'rta chiziqda to'pni ushlashadi va huddi o'lja izlab yurgan akulalar kabi raqibning himoyadagi xatolarini kutib harakat qilishadi. Hujum paytida sizni qachondir qurshab oladigan xavf hissi mavjud bo'ladi.

Roberto Martines jamoa bilan ajoyib ishladi. Belgiyaliklar aynan u sabab raqib mudofaasini dahshatga solishmoqda. U hech kimdan qo'rqmaydigan va ustunlik qiladigan jamoa qurdi, ammo resurslar cheklangan. O'zingiz taqqoslash, agar jamoadan de Bryuyne va Lukakuni olib tashlasa, kim qoladi (Kurtuadan tashqari)? Yaxshi, hatto zo'r o'yinchilar, ammo undan ortiq emas, aniqrog'i top-jamoalar bilan taqqoslab bo'lmaydi. Belgiyada murabbiy qurgan tizim bor – bu sizga o'sha de Bryuyneni sezilarli yo'qotishlar bilan bo'lsa-da almashtirish imkoniyatini beradi. Martines Belgiyani markaziy hududda shunday to'pga egalik qiladigan qildiki, unda asosiysi oldinga ochilish, futbolchilarning individual sifatlari emas. Aynan shu narsa belgiyaliklarga butun yil davomida jarohatda bo'lgan Lukakusiz sezdirmasdan o'ynashga imkon berdi, vaholanki u boshqa barcha hujumchilardan bir bosh ustun.

Belgiya mudofaasi – haqiqiy dahshat. Agar markaziy himoyachilarni olsak, himoyachilarning hujumga o'tishi borasida Niderlandiya bilan o'xshashliklar bor, ammo mudofaadagi xatolar juda ko'p. Ayniqsa, ikkinchi qavatda Belgiya himoyasi yomon ko'rinadi, ular bu borada atigi 44% yakkakurashlarni yutishadi. Abadiy Alderveyreld va Vertongenga esa tezlik etishmaydi.

Belgiyani yutishning eng yaxshi yo'li – mudofaada ideal o'ynash va qarshi hujumlar bilan javob berish. Belgiya yuqori tezlikdagi hujumlarda juda zaif, bu ularning Axilles tovonidir. Markaziy va qanot himoyachilariga tezlik etishmaydi. Umuman olganda, belgiyaliklarda hujumda bo'lgani kabi mudofaada qanot o'yinchilari inqirozi bor. Salemakers hali xom, Karraskoni toza vinger deb hisoblash qiyin, u doim markazga talpinadi, Azarni o'zingiz tushunasiz, Myone va Kastanga tezlik va texnika etishmaydi.


Taxminiy tarkib:



Bizning taxmin:


3-4-2-1.


Darvozabon: Kurtua.

Himoya: Debast – Alderveyreld – Vertongen.

Yarim himoya: Salemakers – Tilemans – Vitcel – Karrasko. Ularning oldida de Bryuyne i Azar.

Hujum: Lukaku.


Bu hujumkor variant, agar mudofaaviyrog'i kerak bo'lsa, unda Salemakersning o'rniga Myoneni, Karraskoning o'rniga esa Kastan tushishiga to'g'ri keladi.


Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика