So’nggi yangiliklar

00:50"Ливерпуль" Кьезани Чемпионлар Лигаси қайдномасига киритмагани маълум бўлди  1 00:32Элдор ва Аббос сафда, Кападзенинг кайфияти чоғ – миллий жамоа машғулотларидан ГАЛЕРЕЯ  11 00:10U-23 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон жойлашган гуруҳнинг иккинчи баҳсида Қирғизистон Кими Меркнинг дубли эвазига Фаластинни енгди  3 23:50Португалия президенти марҳум Диогу Жотани орден билан тақдирлади  1 23:18"Пахтакор" 5 нафар тарбияланувчиси учун 432 миллион сўм олади  1 22:44Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Англияга ютқазди  9 22:25Антони "Бавария" таклифини рад этганини айтди. У "Бетис"га берган сўзида турган  2 21:55"Атлетик" ФИФА Лапортни рўйхатдан ўтказишни рад этганини тасдиқлади  1 21:36Ла Лигада ой мураббий бўлиш учун номзодлар номи эълон қилинди. Флик улар орасида йўқ  9 20:55Ла Лигада август ойининг энг яхши ўйинчиси бўлиш учун номзодлар номи эълон қилинди  3 20:25Равшан Ҳайдаров: "Бутун ўйин давомида устунликка эга бўлдик, тўпни назорат қилдик"  13 19:59A Bola: Лёвдан сўнг Бенту ҳам Ўзбекистонга "йўқ" деди  109 19:50Фарруҳ Сайфиев Туркманистон билан баҳсда дарвозабонга атайин жароҳат етказдими?  11 19:33Аббос Файзуллаев: "Туркияга мослашиш қийин бўлмади"  3 17:37Фермин ва Гави қизлар туфайли жанжаллашиб қолганми?  1

Mulohaza uchun mavzu. "Navbahor" bosh murabbiyi kim bo'ladi? Yangiliklar

Mulohaza uchun mavzu. "Navbahor" bosh murabbiyi kim bo'ladi?

Samvel Babayanning kutilmaganda istefoga chiqishi ortidan endi "Navbahor"ni kim boshqarishi muhokama markaziga chiqdi.

Namanganda ishlash, undagi bosimga dosh berish har kimning ham qo'lidan kelavermaydi. Samvel Babayan "lochinlar" bilan 3 yillik faoliyati davomida buni boshidan o'tkazdi. Klub avvalgi yillarga nisbatan yaxshigina yuqoriga sakragani ham muxlislarni qoniqtirmadi, chunki ular chempionlikni istashmoqda. Balki klub ortda qolgan davrda tajribali futbolchilarga suyanish strategiyasidan voz kechib mahalliy yoshlarga imkon berar, balki boshqacha yo'l tutar. Biz esa mazkur yo'llarga mos murabbiylar nomzodlarini ko'rib chiqamiz. Yangi murabbiy kelguniga qadar oldindagi ikki o'yinda jamoani Grigoriy Kolosovskiy boshqarib turadi. 

Ilhom Mo'minjonov ( so'nggi jamoasi "Neftchi")

Bu nom namanganlik muxlislar uchun begona emas. Ham futbolchi, ham murabbiy sifatida klubda nom qozongan. Esimda 2016 yil klubdagi barqarorsizliklar davrida mavsum yakunlanishiga 2 ta tur qolganida "Navbahor"ni qabul qilib olgan murabbiy pley-off orqali bo'lsada jamoani kuchlilar safida olib qolgandi. 2017 yil esa o'rta o'rinlarni band qilgan, 2018 yil bronza medallari qo'lga kiritilishida asosiy ishni bajargan. Bugungi holat, sharoitdan kelib chiqsak "Neftchi"dan so'ng hech bir jamoada ko'rinish bermagan Ilhom Mo'minjonov "Navbahor"ni boshqarish uchun dastlabki nomzod deya olamiz. Albatta, bu erda ko'proq rahbariyat, viloyat hokimining xohishiga bog'liq. Mutaxassisning Xayrulla Bozorov bilan munosabatlari yaxshi bo'lgan. Endi SHavkat Abdurazzoqov bilan qanday kelisha olishi muhim. 

Sergey Lushchan ("Odil Ahmedov FA" texnik direktori)

Yuqorida aytganimizdek, klub keyingi davrda yulduzlardan voz kechgan holda o'z yo'nalishini o'zgartirishi ehtimoli yo'q emas. Bunda jamoa ko'proq mahalliy futbolchilarga etiborni oshiradi. Tabiiyki, "Navbahor"ga shunga mos ravishda murabbiy tanlanadi. Bunda Sergey Lushchan mos kelishi mumkin. "Bunyodkor"da yoshlar bilan samarali ishlagan, bir qancha futbolchilarni kashf qilgan Sergey Ivanovich "So'g'diyona" va "Dinamo"da ko'p ishlamadi. O'tgan yilda Belarus klubi akademiyasida faoliyat olib bordi. Hozirda esa "Odil Ahmedov FA"da texnik direktor lavozimida ishlamoqda. Agarda Lushchan "Navbahor"ga kelsa unga qanday sharoit va yo'lga tushib olish uchun qancha vaqt berilishiga ko'p narsa bog'liq bo'ladi. Yoshlar bilan esa barqaror natija birdaniga kelmaydi. 

Timur Kapadze ("Olimpik", O'zbekiston OTJ ustozi)

Bizdagi malumotlarga qaraganda "Navbahor" murabbiylari short-listida Timur Kapadze varianti ham bor ekan. Kapadze ishlagan joyida natija qilgan va qila oladigan murabbiylar toifasiga kiradi. "Qo'qon-1912", "Lokomotiv"ni qiyin ahvolda qabul qilib olib yakunda Superligada olib qolgandi. "Olimpik" va OTJ bilan qanday natijalarga erishgani barchaga malum, ortiqcha lekciyaga xojat yo'q. Lekin Kapadzening oldiga klub rahbariyati qanday maqsad va vazifani qo'yadi? Yoshlar bilan ishlashmi yoki tajribali nomlar bilan bugungi yo'nalishida davom etish? Fikrimcha, Timur Toxirovichni ko'ndirolgan taqdirda ham jamoani bu mavsum qabul qilib ololmasa kerak. Birinchidan oldinda Parij Olimpiadasi kutmoqda, ikkinchidan "Olimpik" bilan mavsumni tugatib qo'yish. Barchasini vaqt ko'rsatadi. 

Baxtiyor Ashurmatov (So'nggi ish joyi "Turon" jamoasi)

"Navbahor" uchun begona bo'lmagan murabbiylardan yana biri Baxtiyor Ashurmatov hisoblanadi. Tajribali mutaxassis 2014-2015 yilgi mavsumlarda jamoani boshqargan edi. O'shanda uning boshchiligidagi "lochinlar" kamtarin tarkib, kam byudjet bilan o'rta o'rinlarni egallashgan. Qolaversa, u vaqtda Ashurmatov murabbiylikka endi kirib kelgan yillar edi. Undan so'ng yana bir nechta jamoalarda faoliyat olib bordi, ancha vaqt o'tdi. Bugungi va 10 yil avvalgi "Navbahor" o'rtasida er bilan osmonchalik farq bor. Murabbiy mavsum o'rtasida qabul qilib olgan taqdirda yilni qanday kayfiyatda yakunlashi qiziq bo'ladi. Hali hech narsa yo'qotilmagan, kubok va chempionatda sovrin olish imkoniyati bor. Bu esa o'ziga yarasha bosim yuklaydi. 

Legioner murabbiy 

Agarda u chempionatimizga tanish bo'lsa yaxshi. Ammo yangi murabbiy olib kelgan taqdirda "Navbahor" vaqtdan yutqazishi mumkin. U murabbiy futbolchilar, chempionat tempiga, darajasiga moslashishiga baribir fursat safrlaydi, tarkibni yig'adi, bir oy tayyorlaydimi yoki yo'q ikkinchi davra boshlanadi. Klub uning oldiga kelishi bilanoq chempionlik vazifasini qo'ymasligi kundek ravshan. Agarda bu yilgi natijalar qurbon qilinib, keyingi yilga tayyorgarlik sifatida qaralsa, unda xorijlik murabbiyga ishonch bildirishi ham mumkin.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика