So’nggi yangiliklar

22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  26 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  5 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 21:15Суперлига. "Динамо" – "Навбаҳор" (матнли трансляция)  30 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  70 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  6 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1 17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  1 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  3 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  2 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0

Mukofot jamg'armasi 10 million so'mga yaqin bo'lgan blogerlar tanloviga marhamat Yangiliklar

Mukofot jamg'armasi 10 million so'mga yaqin bo'lgan blogerlar tanloviga marhamat

Navro'z bayrami kunida O'zbek blogerlari chempionatining ikkinchi mavsumiga start beriladi.
Bu haqda, tanlov tashkilotchisi  Xushnud Xudoyberdiev  o'z saytida malum qiladi.


Saytimiz o'quvchilariga shuni malum qilamizki, mazkur blogerlar tanlovida endi siz ham ishtirok etishingiz mumkin.


Tanlov g'oliblari aprel oyining oxirlarida aniqlanadi.

Unda quyidagi nominaciyalar bo'yicha ham g'oliblar aniqlanadi:

1. “Vatanparvarlik mavzusida yozilgan eng yaxshi ish”

2. “O'zbekistonda yoshlar hayotini yoritgan eng yaxshi bloger”

3. “Ijtimoiy muammolarni noodatiy tarzda yoritgan bloger”

4. “IT Blog”

5. “Sog'lom turmush tarzini targ'ib qilgan eng yaxshi bloger” 

Aynan mana shu yo'nalish g'olibi "Championat.asia" sayti tomonida aniqlanadi. Unda sportga oid yozilgan har qanday blogpost ishtirok etishi mumkin. Istang futbol, istang boks, istang kurash.

Bloger finalga qadar etib bormasada, musobaqaning aynan shu mavzusiga ko'ra ishtirok etgan o'quvchilardan biri sayt tomonidan rag'batlantiriladi. 

“Sog'lom turmush tarzini targ'ib qilgan eng yaxshi bloger” yo'nalishida g'alaba qozonishni istagan o'quvchi, avvalo O'zbekiston sportiga katta etibor qaratishi lozim bo'ladi. Xorij sporti haqida blog yozishingiz mumkin, ammo O'zbekistonga tegishli bo'lsa, unda g'olib chiqish imkoniyatingiz oshadi.

G'olib, 500 ming so'm miqdorida mukofotlanadi.


Albatta haqli savol tug'iladi: tanlovda qanday qatnashish mumkin? Tanlov shartlari bilan qaerda tanishsa bo'ladi?

Ushbu savollarga to'liq javobni tez kunda albatta etkazamiz. Hozircha tanlovda qatnashishga doir eng kerakli malumotlar bilan o'rtoqlashmoqchi edik:

Tanlovda barcha ishtirok eta oladi: shaxsiy blog yuritadiganlar ham, umuman blogi yo'qlar ham. Blogi mavjud bo'lmagan ishtirokchilarning qatnashish shartlarini keyinroq malum qilamiz;

Tanlovda o'zbek va qoraqalpoq tillarida yozilgan ishlar qabul qilinadi;

Tanlov 3 bosqichda o'tkaziladi. 1-bosqichda ishtirokchilar soni cheklanmagan, 2-bosqichda eng yaxshi 30 nafar bloger saralab olinadi, final bosqichida esa 10 nafar bloger kuch sinashadi;

Tanlovning birinchi bosqichida qatnashish uchun 2014 yil 1 apreldan 2015 yil 1 aprelga qadar yozilgan blogpostlar taqdim etilishi mumkin. SHu sababli, tanlovga start berilishini kutib o'tirmasdan, bemalol bugundan blog yozishga kirishishingiz mumkin;

Tanlovning birinchi bosqichiga 3 tagacha ishlar taqdim etish mumkin;

Blogerlar istalgan ko'rinishda blogpost yozishi mumkin. Blogpost hajmi cheklanmagan. Blogpost shakliga (matn, foto, video, audio va h.k.) ham cheklov yo'q. Bu blogerning o'z uslubiga va kreativligiga havola.


Blogerlarga qulaylik yaratish maqsadida, agar sizning biron bir blogda sahifangiz bo'lmasa, u holda "Feysbuk" tarmog'ida yozilgan ijodingizni ham taqdim etishingiz mumkin.




Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика