So’nggi yangiliklar

20:35Суперлига. "Қизилқум" – "Нефтчи" 0:0 (матнли транлсяция)  11 20:16Тер Штеген "Барселона"да қолмоқчи  0 19:58Бобир Абдихолиқов "Келажак бунёдкори" медали билан мукофотланди  5 19:35"Милан" "Торино" футболчисини сотиб олади  0 19:29ПроЛига. "Олимпик Мобиуз" - "Олимпик" 2:0 (онлайн ҳисоб)  1 18:51Клопп клублар ўртасидаги ЖЧ форматини жиддий танқид қилди  5 18:32Хаби Алонсо "Ювентус"га қарши ўйин ҳақида: "Уларнинг "Манчестер Сити"га қарши ўйини ҳеч нимани англатмайди"  1 18:06Суперлига. "Навбаҳор" - "Машъал" 6:0 (матнли трансляция)  47 17:45"Милан" 3 футболчини сотиб олмади ва жамоасига қайтариб юборди  0 17:20"Штутгарт" футболчисини 100 млн еврога баҳоламоқда, "Бавария" эса 50 миллионга  0 16:51"Пахтакор" Қаршида сўнгги дақиқаларда иккита гол уриб, мағлубиятдан қутулиб қолган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  4 16:23"Барселона" Месси, Коутиньо, Куман олдидаги қарзларини ёпди  13 15:52"WhoScored" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатининг гуруҳ босқичи рамзий термасини тақдим қилди  16 15:15Факт: "Нефтчи" 17 йилдан буён меҳмонда "Қизилқум"ни юта олмаяпти  3 14:52“Нефтчи” академияси фаолиятини бошламоқда!  3

Muhsin Nizomiddinov: "“Qo'qon-1912” futbol klubi o'z oldiga ulkan maqsadlari qo'ygan" Yangiliklar

Muhsin Nizomiddinov: "“Qo'qon-1912” futbol klubi o'z oldiga ulkan maqsadlari qo'ygan"

Ikkinchi davra “Qo'qon-1912” jamoasi o'rinbosarlari uchun omadsiz boshlandi. Muhsin Nizomiddinov shogirdlari so'nggi ikkita uchrashuvda maydonni mag'lub holda tark etishdi.

O'rinbosarlarimizning birinchi davradagi 13 o'yindan iborat mag'lubiyatsiz seriyasiga ko'nikib qolgan muxlislar esa hozirgi natijalardan biroz norozi bo'lishayotgan hech kimga sir emas.  Natijalar salbiy tomonga o'zgarib ketishiga nima bog'liq? Umuman olganda, o'rinbosarlarimiz kichik inqirozdan chiqib ketish uchun nimalar qilinmoqda? SHu va shu kabi savollarga javob topish maqsadida “Qo'qon-1912” o'rinbosarlari jamoasi murabbiyi Muhsin Nizomiddinov bilan suhbatda bo'ldik.

  -  Muhsin aka, birinchi davrada “Qo'qon-1912” o'rinbosarlari muvafaqqiyatli ishtirok etib, muxlislarni xursand qilgandi. Ammo ikkinchi davra starti yoshlarimiz uchun omadsiz boshlandi. Buning sababi nimada deb o'ylaysiz?


  - CHempionatning birinchi qismidagi mag'lubiyatsiz o'yinlarimiz orqali qo'qonlik futbol muxlislariga quvonch baxsh etganimizdan xursandman. Lekin so'nggi o'yinlarda  negadir omadimiz kelmayapti. Mag'lubiyatlarning asosiy sababi tarkibda asosan yosh futbolchilarning to'p surishi bo'lsa kerak. CHempionat boshida etakchi o'yinchilarning ayrimlari o'rinbosarlar safida to'p surishdi.  Ayni damda tarkibimiz asosini 1998-1999 yilda tug'ilgan yosh futbolchilar tashkil etadi.  Bir narsani tan olish lozim, futbolda natija muhim, lekin – bizning asosiy maqsadimiz asosiy tarkibga o'yinchi etkazib berishdan iborat. SHuning uchun tarkibni yoshartirishga etibor qaratyapmiz. “Qo'qon-1912” futbol klubi o'z oldiga ulkan maqsadlari qo'ygani hech kimga sir emas. Bir kun kelib, muxlislarimiz Osiyo miqyosidagi turnirlar guvohiga aylanishlariga ishonaman. Futbolda yaxshi natijaga erishish uchun birinchi navbatda poydevor mustahkam bo'lishi lozim. Biz ham o'zimizdan chiqqan iqtidorli yoshlarni tarbiyalash orqali poydevorni mustahkamlashni rejalashtiryapmiz.  Qo'qonda iqtidorli futbolchilar juda ko'p. Ularni izlab topishimiz, tarbiyalashimiz lozim. Toki, kelajakda yana Qo'qondan o'zbek futboli yulduzlari etishib chiqsin. Bu borada barchamiz hamjihat bo'lib ishlamog'imiz, bir-birimizga yordam bermog'imiz darkor.

  Meni xursand qilgani hozirdanoq ayrim shogirdlarimga mamlakatimizning etakchi jamoalaridan taklif bo'lmoqda. Nasib bo'lsa, terma jamoalarimiz safida yana qo'qonlik futbolchilarni ko'ramiz. Hozir natija ortidan quvib, yoshlarga beetibor bo'lsak, bir necha yilni yo'qotishimiz mumkin.

  Masalan, “Dinamo” o'rinbosarlariga qarshi kechgan o'yinda samarqandliklar safida Feruz Boboqulov, Hamdam Rahmonov kabi Oliy liga havosidan nafas olgan futbolchilar o'ynashdi. Bu futbolchilar hozir natija olib kelishi mumkin. Lekin natijani muhim sanagan murabbiy tufayli yosh iqtidorli o'yinchilarning “yo'li tusilib” qolmoqda. Bizning yoshlarimiz esa mana shunday o'yinlarda toblanib borishmoqda. “Paxtakor”ga qarshi kechgan bahsda ham “SHerlar” tarkibida turli yoshdagi terma jamoalarda to'p surayotgan  futbolchilar harakat qilishdi. Albatta, bu o'yin ham bizga katta foyda bo'ldi. O'ylaymanki, biz to'g'ri yo'ldan ketmoqdamiz va mehnatlarimiz bir kuni o'z samarasini beradi.  Bugunda o'rinbosarlar safida o'ynayotganlar kelajakda nafaqat “Qo'qon-1912” jamoasi asosiy tarkibida balki, O'zbekiston terma jamoasida to'p surishiga ishonaman.

  Bizning safimizda to'p surgan asosiy tarkib o'yinchilarining hammasidan ham ko'nglim to'lyapti deya olmayman. Bazan ular maydonga istamaygina tushishayotgandek taassurot o'yg'otmoqda.

  Bilaman, mag'lubiyat hech kimga yoqmaydi. Lekin futbolda yutqazmaydigan jamoaning o'zi yo'q. Hatto, o'sha mashhur “Barselona” ham vaqti kelganda maydonni boshi egik holda tark etgan.

  - Oldinda o'rinbosarlarimizni yana bir jiddiy sinov kutib turibdi. 15 avgust kuni “Nasaf” ga qarshi o'ynaysizlar...


- CHindan ham, ushbu uchrashuv biz uchun juda muhim. Ikki mag'lubiyatdan keyin muxlislar g'alabani sog'inib qolishgan. “Nasaf”ga qarshi kechadigan o'yinda muvaffaqiyatsizlikka barham beramiz, degan umiddaman. Tayyorgarlik ham shunga monand olib borilmoqda.

  Kezi kelganda, bizni har bir o'yinda tinmay qo'llab-quvvatlab kelayotgan futbol muxlislariga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ularning qo'llab-quvvatlashi bizga doimo dalda bo'lmoqda. Qo'qonlik muxlislarni mamlakatimizda etakchilardan biri deb bilaman. Bizni to'g'ri tushininglar. Biroz sabr qilsak, yaxshi natijalar albatta keladi.

Abror Dehqonov suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика