Muhsin Nizomiddinov: "Oldingi ikki turda muhim ochkolarni boy bergandik" Yangiliklar

Muhsin Nizomiddinov: "Oldingi ikki turda muhim ochkolarni boy bergandik"

PRO-Liganing 3-turidan o'rin olgan "Aral" - "Qo'qon-1912" (1:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Muhsin Nizomiddinov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida
- Avvalgi 2 ta o'yinda o'z xatolarimiz evaziga ochkolarni boy bergandik. Bir hafta mobaynida mashg'ulotlarda jiddiy ishladik. Ko'rib turganlaringdek, bugun mavsumdagi ilk g'alabamizni qo'lga kiritdik.

- "Aral" jamoasini qaysi futbolchisi sizda yaxshi taasurot qoldirdi?
- "Aral" jamoasini har bir futbolchisi yaxshi. Nukusda yutqazishni istamaydigan oxirigacha kurashadigan futbolchilar ko'p. Masalan "Neftchi"da o'ynaganman, Nematillo Quttiboev va Aybek Nurboevlarni yaqindan bilaman. Ular jangovor xarakterga ega, mag'lubiyatga shunchaki rozi bo'lmaydigan futbolchilar sarasidan edi.

- Maydon holatiga munosabatingiz?
- Bu normal holat. Biz suniy maydonda o'ynashimizni bilib Toshkentda shunday maydonda shug'ullandik. Har ikki jamoa shu maydonda o'ynaydi, yaxshi yoki yomon deb bahona izlash noto'g'ri.

- Ob-havo holati qanday bo'ldi?
- Yaxshi ob-havo bo'ldi. Ayni futbol o'ynaydigan havo edi. Mavsumning endi kirish qismidamiz, turli-tuman havo bo'lishi normal holat.

Reyting: -1   

Fikrlar

+1   
26 mar 20:44:54
Myu Barsa
Молодец Коканд жаксы ойнады каманда супер лигага шыгады бул ойыны менен
Утылганымызды тан алайык Аралда ойын жок бугин
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика