So’nggi yangiliklar

00:25"Атлетик" футболчиси Альварес футболдан четлатилди  1 23:53Скотт Мактомини: "Неаполдаги ҳаёт умуман бошқача"  1 23:25Қирғиз Республикаси термаси собиқ бош мураббийи "Алга"ни бошқаради  0 22:42А Серия учрашуви Австралияда ўтказилиши мумкин  0 22:16"Милан" ва "Вулверхэмптон" Олимпиадада Ўзбекистонга гол урган футболчига қизиқмоқда  6 21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0 21:21Кунья 10-рақам ҳақида: "Бу мени ғурурлантиради"  1 20:53Диёр Имомхўжаев "Soccer club" ва "Футбол шарҳи" кўрсатувларининг ёпилиш тарихи ҳақида гапириб берди  12 20:24Расман: Эдин Жеко А Серияга қайтди  0 20:00Фердинанд: "Энрике Дембелени суперюлдузга айлантирди, у Мбаппедан ҳам муҳимроқ футболчи бўлиб олди"  7 19:38"Динамо" футболчиси бошқа жамоага йўл олди  0 19:16Ашурматов: "Ҳусанов "Манчестер Сити"га ўтганидан кейин ўзгариб қолмади"  5 18:49Жота иштирокидаги ҳалокатли воқеа гувоҳи баёнот берди  1 18:21Касорлани албатта Ла Лигада кўрамиз. У яна бир мавсум "Овьедо"да қолади  1 17:57​"Челси" Мадуэкенинг нархини кўтарди. Бу "Арсенал"ни қўрқитмоқда  4

Muhsin Muhammadiev: Samarqand men uchun ona shahrimdek gap Yangiliklar

Muhsin Muhammadiev: Samarqand men uchun ona shahrimdek gap

Dinamo - Buxoro uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Muhsin Muhammadiev o'yin borasidagi o'z fikrlarini bildirdi.

- O'yin juda qiyin o'tdi. Ayniqsa, birinchi bo'lim biz uchun og'ir o'tdi. Bizda ham, “Dinamo”da ham qator golli vaziyatlar yuzaga keldi. “Dinamo” tarkibi nomdor emasligiga qaramay, jamoa juda tezkorligini bilardik. O'ylaymanki, ularning kelajagi bor. Ikkinchi bo'lim boshida ham bosimga uchradik, ammo yigitlarimiz vaziyatdan chiqib keta olishdi va ketma-ket uchta gol urdik. Bugun jamoa biz talab qilayotgan o'yinni ko'rsata oldi.

- Ikki bo'limni taqqoslasak, “Buxoro” 2-bo'limda umuman boshqacha o'yin namoyish etdi. Bu o'zgarish bugungi o'yin uchun reja edimi?

- Biz anchadan buyon bunday o'yin namoyish etishni maqsad qilib kelayotgandik. Afsuski, 4-5 o'yindan buyon rejalarimiz amalga oshmayotgandi. Ammo yigitlarda bosim borligi bois, jamoamizga ishonch etishmayotgan edi. Bugun esa o'ylagan rejalarimiz amalga oshdi. Umid qilamanki, biz uchun keyingi o'yinlar ham omadli bo'ladi.

- Samarqandga qaytish siz uchun nimani anglatadi?

- Samarqandni o'zim uchun ona shahrimdek bilaman. Men bu erda o'ynaganman, ajoyib xotiralar bor. Mahalliy muxlislar meni ajoyib kutib olishdi, hurmat ko'rsatishdi, mehnatlarimni unutmaganlaridan juda xursand bo'ldim. Ulardan bir umr minnatdorman. Samarqandda azaldan ajoyib muxlislar bor. Muxlislar o'z vaqtida bu erda qalbimning bir qismini qoldirganimni eslashadi. Qolaversa, Samarqandda qarindoshlarim ko'p, shu erdan uylanganman, qaynonam bor. SHunday ekan, Samarqand men uchun ona shahrimdek gap.

- O'yindagi “Buxoro”ning bosh rejasi qanday edi?

- O'yindagi bosh rejamiz qarshi hujumlardan unumli foydalanish edi. Bo'sh zonalarda tezkor harakat qilib, gol urishni maqsad qilgandik. Rejamiz amalga oshdi.


Usmon Ibodov yozib oldi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика