Muhsin Muhammadiev: "Olti" ochkolik o'yinda g'alaba qozondik"
30 iyu 2019 16:08
Yangiliklar


Muhsin Muhammadiev: "Olti" ochkolik o'yinda g'alaba qozondik"
Kecha bo'lib o'tgan Superliga 13-tur doirasidagi "Buxoro" - "Andijon" bahsida maydon egalari kichik hisobda g'alaba qozonishdi.
O'yindan so'ng "Buxoro" bosh murabbiyi Muhsin Muhammadievning fikrlari quyidagicha bo'ldi:
"Bugungi o'yinda g'alaba qozonganimizdan xursandman, bu oddiy o'yin emasdi, balki "olti" ochkolik bahs edi. Yana bir etiborli jihat, raqib turnir jadvalida biz bilan yonma-yon edi, bu esa har qanday jamoaga kuchli "motivaciya" beradi. Yigitlarimiz shijoat bilan o'ynab g'alabani naqd qilishgani yoqimli. Ushbu g'alabani muxlislarimizga bag'ishlaymiz".
"Buxoro" PFK matbuot xizmati.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar