So’nggi yangiliklar

17:40Гонсало Гарсия Ван Нистелройнинг натижасини такрорлади  0 17:23"Машъал" афсонаси Жамшид Ҳасанов фаолиятини якунлади  3 17:07Гвардиола "Челси" билан ўйинда икки ҳимоячисидан айрилди  4 16:50"Бу клуб менинг уйим эди. Келажакда ҳам шундай бўлиб қолади". Сергеев "Пахтакор" билан хайрлашди  5 16:44Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  30 16:32Нурилло Тўхтасинов: "Вадим Абрамовнинг қўлида 3 йил ўйнаганман. Самарқандда мухлисларни хурсанд қилишимиз керак"  1 16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  1 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  8 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  11 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  21 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  3 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  2 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0

Muhsin Muhammadiev: "Ochig'ini aytaman, o'yinimiz o'xshamadi" Yangiliklar

Muhsin Muhammadiev: "Ochig'ini aytaman, o'yinimiz o'xshamadi"

"Lokomotiv"ga qarshi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida "Buxoro" bosh murabbiyi Muxsin Muhammadiev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Ochig'ini aytaman, o'yinimiz o'xshamadi. O'rtadagi tanaffus ham bunga tasir qildi deb o'ylayman. O'rtada o'zimizning imkoniyatlarimizni yo'qotib qo'ydik. Endi barchasini boshqatdan boshlab, imkoniyatlarni yig'ib olish kerak. Yigitlar harakat qilishdi. Afsuski, mag'lub bo'ldik. Bu erda o'yindan oldin maydonni sug'orishar ekan.  Biz esa umuman boshqacha bo'lgan qattiq maydonda mashg'ulot olib boramiz. Uni sug'orishning imkoniyati yo'q. Umuman olganda raqiblarda juda ko'plab vaziyatlar bo'ldi. Agarda o'yinning avvalida yaratilgan ikki vaziyatdan unumli foydalanganimizda o'yin surati boshqacha ketishi mumkin edi. SHuningdek, uchrashuv 1:0 bo'lib turgan paytda "Loko" futbolchisi o'z jarima maydonchasi ichida to'pni qo'li bilan o'ynagandi. Ushbu vaziyatni ko'rib chiqish kerak.

- Boshqa klublarda ko'plab futbolchilar termada o'ynashadi. "Buxoro"da esa deyarli jamoaning barcha futbolchilari mashg'ulotda qatnashmoqda. Buning ham tasiri bormi?

- Albatta, tasiri bor. 4-5 kun dam olgandan keyin ko'p narsa o'zgarib ketadi. Futbolchilar navbatdagi mashg'ulotlarda o'zlarini ko'rsata olishlari qiyin bo'ladi. Barcha futbolchilarning o'ziga xos hususiyatlari bo'ladi. “Lokomotiv”da esa bunga boshqacha qaraladi va shu boisdan ular o'yinga yaxshi holatda kelishdi. 

- So'nggi 3 o'yinda jamoa kuchli raqiblarga qarshi bahs olib bordi: "Nasaf", "Bunyodkor" va "Lokomotiv". Siz qo'lga kiritilgan 4 ochkodan mamnunmisiz?

- Mamnun emasman. Agarda bugun yaxshiroq holatda kelganimizda mag'lubiyatga uchramagan bo'lardik. SHuningdek, o'yin yakuni arafasida uchta o'zgartirishdan keyin bir futbolchimiz jarohatlandi. "Lokomotiv" esa birinchi bo'limda darvozamiz oldida birorta vaziyatga ega bo'lmadi. "Lokomotiv"ni g'alaba bilan tabriklayman.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика