Muhammadanas Hasanov "Lokomotiv"ni tark etdi
08 iyu 2022 12:25
Yangiliklar
Muhammadanas Hasanov "Lokomotiv"ni tark etdi
Mavsum boshida "Lokomotiv" tarkibiga qo'shilgan Muhammadanas Hasanov yozgi transfer oynasi paytida jamoani tark etdi.
"Qo'qon-1912"dan "temiryo'lchilar" safiga o'tgan yarim himoyachi "Loko" tarkibida ko'p o'yin amaliyotiga ega bo'lmadi. "Dinamo" bilan kechgan bahsda raqib darvozasiga to'p kiritgan futbolchi bilan har ikki tomonning o'zaro roziligi asosida shartnoma bekor qilindi.
"Lokomotiv" PFK Muhammadanas Hasanovga o'zaro hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiradi hamda futbolchining keyingi faoliyatiga omad tilaydi", — deyiladi klub xabarida.
Fikrlar