Muhammadali O'rinboev - Superliga joriy mavsumida maydonga tushgan eng yosh futbolchi

Sherzod Nurmatov
25 okt 2021, 22:02
Bu haqda "sherlar" matbuot xizmati xabar tarqatdi.

"So'g'diyona"ga qarshi o'yinda klubimiz tarbiyalanuvchisi, yarim himoyachi Muhammadali O'rinboev asosiy tarkibda debyutini o'tkazdi. 

U 16 yosh 183 kunligida asosiy jamoa safida birinchi bor maydonga tushirildi. Shu tariqa, O'rinboev joriy mavsumda Superligada o'ynagan eng yoshi kichik futbolchi bo'ldi", – deya xabar berdi "Paxtakor" matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia