Muhammadali O'rinboev: "Maqsadimiz - Jahon chempionatida O'zbekistonning eng yaxshi natijasini qayd etish"
25 sen 2024 15:12
Yangiliklar
Muhammadali O'rinboev: "Maqsadimiz - Jahon chempionatida O'zbekistonning eng yaxshi natijasini qayd etish"
"Dastlabki ikkita bahs biz uchun sinov o'yinlari edi. CHunki o'z oldimizga katta maqsadlarni qo'yganmiz. Keyingi ikkita bahsda ham g'alaba qozonib, yuz foizli natija bilan, gol o'tkazmay, Osiyo kubogiga chiqmoqchimiz. Biz Osiyo kubogi orqali Jahon chempionatiga yo'llanma olib, mundialda O'zbekiston tarixida qayd etmagan eng yaxshi natijaga erishmoqchimiz.
Jamoamiz juda kuchli, Kambodjani 7:0, Nepalni 6:0 hisobida mag'lub etdik. Xitoy Taypei va Bahraynga qarshi uchrashuvlarda ham yirik g'alabalarni qo'lga kiritishni xohlaymiz. Lekin bir narsani to'g'ri tushunib turibmiz, yirik g'alabalardan keyin havolanib ketish yoki bo'shashish kerak emas", - dedi Muhammadali O'rinboev.
Malumot uchun, O'rinboev dastlabki ikkita uchrashuvda 1ta gol urdi va 4ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar