Muhammad Saloh: "Uotford" musobaqa jadvalida egallab turgan pog'onasiga munosib jamoa emas"
14 dek 2019 22:41
Yangiliklar


Muhammad Saloh: "Uotford" musobaqa jadvalida egallab turgan pog'onasiga munosib jamoa emas"
"Liverpul" klubi hujumchisi Muhammad Saloh "Uotford" klubiga qarshi o'tkazilgan uchrashuv haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Biz kuchli jamoa bilan o'ynadik, raqiblarimiz bugun yaxshi uchrashuv o'tkazishdi. O'ylashimcha, "Uotford" musobaqa jadvalida egallab turgan o'rniga munosib jamoa emas. Hisob 1:0 ko'rinishida bo'lganda muxlislarimizda ozgina qo'rquv bor edi, biroq o'zimizga bo'lgan ishonch tufayli bugun g'alaba qozondik", – deydi misrlik futbolchi.
Eslatib o'tamiz, ortda qolgan 17 turdan keyin "Uotford" klubi 9 ochko bilan musobaqa jadvalining so'nggi pog'onasini band qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar