Muhammad Salah 8 ta o'yindan iborat golsiz seriyasiga barham berdi
06 apr 2019 07:19
Yangiliklar


Muhammad Salah 8 ta o'yindan iborat golsiz seriyasiga barham berdi
Salah kecha “Liverpul” safida APLda o'zining 50-golini urdi.
“Sautgempton”ga qarshi bahsning 80-daqiqasida Salah gol urdi. Natijada uning APLda 8 ta o'yindan beri davom etib kelayotgan “quruq” seriyasi yakunlandi. Futbolchining “Liverpul” safida APLda urgan gollari esa 50 taga etdi. Buning uchun Salahga atigi 69 ta o'yin kifoya qildi. 50 talik dovondan tezroq o'tish bo'yicha misrlik futbolchidan oldinda faqat Rud van Nistelroy (68) va Alan SHirer (66) bor, xolos.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar