Muhammad Ayasra: “O'zbekistonda futbolga etibor katta ekan”
18 sen 2013 11:29
Yangiliklar
Muhammad Ayasra: “O'zbekistonda futbolga etibor katta ekan”
O'zbekiston va Iordaniya milliy terma jamoalari o'rtasida Toshkentda kechgan jdavob bahsini kuzatish uchun Iordaniyadan bir qator jurnalistlar yurtimizga tashrif buyurishdi.
Ular orasida O'zbekiston futbolini yaqindan bilgan Muhammad Ayasra ham bor edi. U “Al Ray” gazetasi uchun futbol yangiliklarini yoritib boradi. O'yinni kuzatib borish jarayonida u bilan turli masalalar borasida fikr almashdik. Ularning eng etiborlilarini o'quvchilarimiz hukmiga havola etamiz.
- Muhammad, yurtimizga xush kelibsiz? O'zbek futboli bilan yaqindan tanishishga ulgurdingizmi?
- Rahmat. O'zbekistonda avval bo'lmagandim. Bu erda menga odamlarning mehmondo'stligi juda maqul keldi. Futbolingiz to'g'risida ancha malumotlarni bilaman. Terma jamoalarning oldingi to'qnashuvlarini kuzatganman. Ilk bor Toshkentda Osiyo Kubogi saralash bahslarida to'qnash kelingandi. O'shanda Badran SHakran va Esam Abu Tuk to'p kiritgandi. Toshkentda 2:2 hisobi qayd etilgan. Abu Tuk golini maydon markaziga yaqin joydan urganini eslayman. Yorqin eslaydigan o'yinlarimdan biri Toshkentdagi o'rtoqlik uchrashuvidir. O'shanda jamoangiz 4:1 hisobida zafar quchgandi. Osiyo Kubogi bellashuvlarini esa Qatarda kuzatib borganman. CHorak finalda O'zbekiston 2:1 hisobida g'alaba qozongan. Endi esa jahon chempionati yo'lida kurash davom etmoqda.
- O'zbek klublari bilan ham tanishmisiz?
- Albatta. “Paxtakor”ning “Al Vihdat” bilan uchrashganini juda yaxshi eslayman. CHempionlar ligasining birinchi mavsumida “Paxtakor” “Vihdat”ni ikki o'yin natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgandi. Keyin yana OFK Kubogida bazi klublarimiz o'zaro to'qnash kelishdi, lekin ushbu turnirga bo'lgan qiziqish unchalik yuqori emas. SHu sababli ular unchalik yaxshi yodimda qolmagan.
- O'zbekiston terma jamoasi haqida qanday fikrdasiz?
- Juda yaxshi jamoa. Mahoratli, tajribali futbolchilarga ega. Lekin sizlarga oxirgi pallalarda omad yoki oxirgi qadam etishmay qoladi. Balki, bu jamoaning tayyorgarligi, futbolchilarning bir jamoa sifatida birlasha olishlari va xarakterni ishga solish bilan bog'liqdir. Har holda, hozir Osiyoda Yaponiyani yaqqol favorit deb bilgan holda Avstraliya, Janubiy Koreya, Eron va O'zbekistonni bir pog'onaga qo'ygan bo'lardim. Sizlarda jahon chempionatiga borish imkoniyati bor edi, biroq bunga erisha olmadingiz.
- Futbolchilardan kimlarni bilasiz?
- Jeparov, Geynrix, Kapadze va Ahmedovni bizda yaxshi bilishadi. Ko'plab futbolchilaringizni OCHL o'yinlari yoki terma jamoalarimizning oxirgi yillardagi uchrashuvlari evaziga bilamiz. Texnikasi yuqori o'yinchilar etarlicha topiladi. Bundan tashqari, murabbiyingiz avval juda yaxshi o'yin namoyish etganidan yaxshi xabardorman.
- O'zbekistonda futbolga yaratilgan sharoitlar bilan qisqacha tanishdingiz. Bu haqida qanday fikrdasiz?
- “Paxtakor” va “Bunyodkor” stadionlaridagi sharoitlar bilan tanishdik. Menda bu juda yaxshi taassurot qoldirdi. Bunday stadionlarda o'ynash futbolchilarga ham yoqsa kerak. Tomoshabinlar ko'p sig'adigan, o'yin ishtirokchilari uchun barcha sharoitlar muhayyo etilgan stadionlar hamisha ajoyib bo'ladi. Terma jamoa o'yinlarini o'tkazadigan stadionlarga alo baho beraman. Lekin chempionatning barcha stadionlarini ko'zdan kechirmaganim bois umumiy fikr ayta olmayman. Iordaniya FA Prezidenti shahzoda Ali Bin Husayn ham yurtingizda futbolga katta etibor qaratilayotgani haqida takidlab o'tdi. Yoshlar va o'smirlar terma jamoalari jahon chempionatlarida qatnashishayotganini bilaman. Adashmasam, oxirgi ikki chempionatda jamoalaringiz chorak finallargacha etib borishdi. SHu yoshdagi futbolchilarga yaxshi etibor berilsa, kelajakda ular bilan muvaffaqiyatlarga erishish mumkin.
- Iordaniya terma jamoasining hozirgi holati qanday?
- Hussam Hassan bosh murabbiylikni qabul qilib olgach, bir qator o'zgarishlarga qo'l urmoqda. 3-4 nafar futbolchini 22 yoshgacha bo'lgan terma jamoadan taklif qildi. Bani Atiya va Al Laham singari futbolchilar o'tgan yili O'zbekistonga qarshi 22 yoshlilarning saralash bellashuvlarida maydonga tushib, to'p kiritishgandi. Bu safar ular milliy terma jamoa libosida asosiy tarkibda o'ynashyapti. Yana bir qator yosh futbolchilar jamoaga chaqirilishi to'g'risida malumotlarga egaman. Misrlik murabbiy bir necha yildan buyon o'ynab kelayotgan tarkibni o'zgartirishga qaror qilgani ko'rinib turibdi. U mashg'ulotlarda juda yaxshi ishlayotganini aytishim mumkin. Butun jamoadan faol tarzda o'ynashni talab qilmoqda.
- Adnan Hamad va Hussam Hassan o'rtasida qanday farqlar bor?
- Hamad jamoani ruhlantirishda juda yaxshi mutaxassis edi. 2009 yildan buyon terma jamoani shakllantirish imkoniyatiga ega bo'ldi. O'zi tuzgan jamoani 4 yil mobaynida o'ynatdi. Osiyo Kubogida jamoa juda yaxshi o'yin ko'rsatdi. Lekin jahon chempionati saralash o'yinlarida safarda faqat mag'lubiyatga uchradik. Yaponiya va Avstraliyadan katta hisoblarda engildik. Hassan jamoani yaqindagina qabul qildi. Unda ko'p narsani o'zgartirishga etarlicha vaqt bo'lgani yo'q. SHunga qaramay, o'zini ko'rsatish uchun tinim bilmayapti. Uning bu urinishlari ijobiy natija keltirishiga umid qilib qolaman.
Uchrashuv yakuniga etgach, unga o'yin to'g'risidagi savol bilan murojaat qildim.
- Har ikki jamoa juda yaxshi o'yin namoyish etdi. Keskin kurashga guvoh bo'ldik. Natija muhim bo'lgani uchun futbolchilar ortiqcha tavakkal qilishmadi. Qo'shimcha bo'limlarda ancha osuda harakatlarni kuzatdik. O'zbekiston texnik jihatdan ustun bo'ldi. Iordaniya esa jismoniy tayyorgarlik va futbolchilarning ishtiyoqi bo'yicha yaxshiroq ko'rindi. Penaltilar seriyasida omad biz tomonda bo'ldi. Bellashuvda darvozabon Amir SHafining ishonchli harakatlari Iordaniyaga qo'shimcha kuch bag'ishladi, - deya fikr bildirdi Muhammad.
O'yin yakunlangach, Iordaniya FA Prezidenti shahzoda Ali Bin Husaynning iordaniyalik jurnalistlar bilan birga xursandchilik qilgani va ular bilan hech qanday ortiqcha mulozamatlarsiz muloqotda bo'lgani havasimizni keltirdi. Bu uning bevosita futbol ichida ko'p bo'lganini bildirib turibdi. Iordaniya kerak paytda jamoa sifatida birlasha oldi va buning uchun munosib taqdirlandi.
Behzod NAZAROV.

Fikrlar