So’nggi yangiliklar

19:55Суперлига. "Сўғдиёна" - ОКМК 3:1 (матнли трансляция)  14 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  0 19:30Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" (матнли трансляция)  7 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  1 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  3 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  12 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  16 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0

Muboraklik To'ra SHoymardonov Yangiliklar

Muboraklik To'ra SHoymardonov

Kecha “Mashal” futbol klubining taqdirlash marosimi davomida rahbariyat bir qator faxriylarni taqdirladi.
2015 yili “keksalarni ezozlash yili” munosabati bilan Muborak shahridagi “B.Vafoev” nomli stadionda ko'p yillardan buyon mexnat qilib kelayotgan faxriy ishchi xodimlar taqdirlandi.

Bu haqda saytimizda yozganimizda ko'plab muxlislar etiborini To'ra SHoymardonov nomi o'ziga jalb etdi. Ishqibozlar ushbu nom aytilganida ko'proq toshkentlik sobiq futbolchi Rustam SHoymardonovning amakisi murabbiy To'ra SHoymardonovni eslaydi. Ushbu maqolamiz orqali Muborakda ham To'ra SHoymardonov degan inson bor ekanligini aytib o'tmoqchimiz.

Kelasi yil 70 yillik yubileyini nishonlaydigan qahramonimizning Muborakda xurmati yuqori. Bu bejiz emas. Boisi 1988 yildan buyon “Mashal” klubi tizimida turli lavozimlarda ishlab kelayotgan SHoymardonovni Muborakda tanimagan ishqiboz yo'q. Futbolchilar ham otaxonni qadrlashiga guvoh bo'ldik. Lekin To'ra aka bir kam 70 yoshga to'lgan bo'lishiga qaramay hamon mexnat qilishda davom etmoqda. U kishining kuni “B.Vafoev” nomli stadionda o'tadi.

- 27 yildan buyon shu erda ishlayman. “Mashal” klubini tarixini yaxshi bilaman. Jamoada eng faxriysi men bo'lsam kerak. Qolgan xodimlar juda borsa 10 yildan buyon ishlab kelayotgan bo'lishi mumkin. Bu vaqt oralig'ida jamoamizda ko'plab futbolchi va murabbiylar ishlab ketti. Eng yaxshi murabbiylar deb Viktor Jalilov bilan Viktor Kumikovni aytgan bo'lardim. Eng yaxshi rahbar deya so'zsiz, Bahrom Davlatovni ko'rsataman. Bahrom Boyjonovich o'z ishini ustasi edi. Bu insonga qancha ijobiy tarif bersang kam – deydi To'ra SHoymardonov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика