So’nggi yangiliklar

03:05ЕЧЛ. ПСЖ "Монако"га қарши ажойиб камбэк амалга оширди, "Боруссия Д" "Аталанта"ни мағлубиятга учратди  5 03:05ЕЧЛ. Винисиуснинг ягона голи "Реал"га "Бенфика" устидан ғалаба тақдим этди. Моуринью четлатилди  132 02:49ОЧЛ 2. "Истиқлол" жавоб учрашувида ҳам "Ал Ҳуссайн"га ютқазиб, мусобақани тарк этди  0 01:00ЕЧЛ. "Галатасарой" плей-оффнинг илк баҳсида "Ювентус"ни йирик ҳисобда таслим этди  15 00:03Элит ОЧЛ. "Трактор" "Ал Ғарафа"ни мағлуб этди. "Ал Иттиҳод" "Ал Садд"ни таслим этди (умумий гуруҳ босқичининг якуний жадвали)  1 23:39Эшитдик-да! Ҳусайн Норчаев "Навбаҳор"га ўтмоқда  9 23:24Сака ва "Арсенал" шартномани узайтирди. Букайо клубда энг юқори ҳақ оладиган ўйинчига айланади (BBC)  8 22:59МЮ Рэшфорд учун "Барселона"га чегирма беришни режалаштирмаяпти  3 22:24"Пахтакор" голларга бой кечган назорат учрашувида Грузия клубига ютқазди  13 22:10ОКМК назорат учрашувида Грузия клубига ютқазди  2 21:30"Бухоро" Россия клуби билан дуранг ўйнади  0 21:06Каннаваро: "ВАР протоколини ҳозироқ ўзгартириш лозим - хатолар чемпионат натижаларига таъсир кўрсатиши мумкин"  3 20:32Рафинья: "Қоидалар ҳамма учун турлича бўлиши жуда оғир"  55 19:57"Арсенал" "Атлетико" ҳужумчиси учун 120 млн евро таклиф қилган, аммо рад жавобини олган  4 19:35Кевин Де Брюйненинг эҳтимолий қайтиш санаси айтилди  0

MTJ: “Jar”da navbatdagi mashg'ulot (FOTO) Yangiliklar

MTJ: “Jar”da navbatdagi mashg'ulot (FOTO)

Kecha kechki payt O'zbekiston milliy terma jamoasi “Jar” stadionida o'zining navbatdagi mashg'ulotini o'tkazdi.
Odatdagidek bir yarim soat davom etgan mashg'ulot ancha qiziq kechdi.  Futbolchilar maza qilib shug'ullanishdi desa bo'ladi. Bu safar terma jamoamizda safida ikkita darvozabon mashg'ulot o'tkazdi: Ignatiy Nesterov bilan Eldor Suyunov. Nikita Ribkin esa oliy ligadan o'rin olgan “Olmaliq” - “Paxtakor” bahsida ishtirok etish uchun vaqtincha klub ixtiyoriga jo'nab ketdi.



Qolgan o'yinchilar esa kechagi mashg'ulotda qatnashishdi. Odatdagidek chigalyozdi mashqlari bilan boshlangan mashg'ulot maydonning yarim qismida futbol o'ynash bilan davom ettirildi. Lekin bunda yigitlar har doimgidek futbol o'ynashmadi. Balki, maydon chizig'i tashqarisida har bir tarkib uchun ikkitadan futbolchi turdi va ularning ishi raqibni chalg'itish orqali o'z jamoalariga yordam berish bo'ldi. Bunda asosiy vazifani himoyachilar bajarishdi.



Ushbu mashg'ulot yakuniga etgach, futbolchilar jarima to'plarini amalga oshirish ustida ishlashdi. SHuni aytish kerak, nima uchundir aksariyat futbolchilarmiz jarima zarbalarini mohirona tepa olishmadi. Bu hol hatto jarima to'pini yaxshi tepadigan futbolchilarda ham kuzatildi. O'yinda bo'lgani kabi ko'p zarbalar darvozadan ancha balandga yo'naltirildi. Bu borada yana va yana ko'proq ishlashga to'g'ri keladi shekilli. Mashg'ulot yakuniga etganidan keyin ham Server Jeparov bilan Sardor Rashidov jarima zarbasini berishda davom etishdi. Bunda darvozada Ignatiy Nesterov turdi.



Bugun o'yinoldi oxirgi mashg'ulot bo'ladi. Ertaga esa bizni Yangi Zelandiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi kutib turibdi. O'yin soat 19:00da “Paxtakor” stadionida boshlanadi. 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика