MTJ bosh murabbiyi, yoshlarni Ummonga olib boring!
22 noy 2013 14:40
Yangiliklar

MTJ bosh murabbiyi, yoshlarni Ummonga olib boring!
Etibor bergan bo'lsangiz, "Barselona"ning asosiy tarkibidan joy oladigan har qanday yosh futbolchi qiynalmay kirishib ketadi.
Boisi, Kataloniya klubida 7 yoshdan to asosiy tarkibgacha bosib o'tiladigan yo'l, turar joyidan tortib, eb ichishi va taktikasigacha bir xil. Yaponiya terma jamoalarida ham shu narsaga ko'p bora etibor qarataman. Lekin O'zbekiston terma jamoasi va kichik yoshdagi terma jamoalarimizning o'yin uslublari turlicha. Har bir murabbiy qo'lidan kelgancha ishlaydi, terma jamoalarimizda umumlashtirilgan o'yin falsafasi yo'q. Bu esa ko'pgina hollarda yoshlar va o'smirlar terma jamoasida porlayotgan futbolchilarning keyinchalik MTJda ko'rinmay ketayotganligiga asosiy sabablardan biri. Bejizga Vadim Abramov MTJga qo'shimcha tarzda olimpiya terma jamoamizga ham bosh murabbiy bo'lmagandi. Uning asosiy maqsadi, yoshlarni MTJga xos ravishda tayyorlab borish bo'lgan. Bu murabbiyning shaxsiy qiziqishi tufayli amalga oshirildi. Aslida esa buning boshida O'FF turishi lozim va har bir terma jamoamiz aniq bir dasturga tayangan holda faoliyat olib borishi kerak.
2014 yildan etiboran MTJni kim boshqarishi hozircha nomalum. Katta ehtimol bilan Mirjalol Qo'shoqovichning o'zi qoladi. Men taklif qilmoqchi bo'lgan loyihani amalga oshirish uchun O'FF yaqin haftalar ichida terma jamoa bosh murabbiyi kim bo'lishiga to'liq oydinlik kiritib olishi lozim. Boisi, yanvarda bizni MTJ uchun juda ham asqotadigan musobaqa kutib turibdi. Ilk marotaba 22 yoshli futbolchilar o'rtasida o'tkaziladigan qita chempionati Ummonda bo'lib o'tadi. Hozirda O'FF bu musobaqaga kimni yuborishni o'ylayapti. Lekin rostmanasiga U-22ni yuborish haqida gap ketmayotgan ekan. Bu haqda kuni kecha Bahodir Ibragimovning xotirasiga bag'ishlangan kechada eshitib qoldim. Bejizga OFK bu musobaqani yo'lga qo'ymayapti. Maqsad shu yoshdagi futbolchilarni asrab avaylash. Biznikilar katta ehtimol bilan 1993 yilda tavallud topgan futbolchilarni musobaqaga jo'natishni maqsad qilgan. Bu bir tomondan yaxshi, olimpiada saralashi uchun mashg'ulot. Ammo bir avlodni asrayman deb undan avvalgisini qurbon qilishimiz yaxshi emas. Balki, bizga kerak bo'lgan futbolchi aynan mana shu U-22dadir? Agar 2008 yili Islom To'xtaxo'jaev MTJ safida to'p tepmaganida, bugun uni ko'rarmidik yoki yo'q? Bunday futbolchilarimiz yoshlar ichida to'lib yotibdi, biroq ularni ko'rib tarkibga yo'naltirish borasida katta kamchilikka egamiz.
Taklif shundan iboratki, agar Mirjalol Qosimov MTJ boshqaruvida qoladigan bo'lsa, shu bugun "Bunyodkor"dan ketib, 1991 va 1992 yillarda tavallud topgan futbolchilar ro'yxatini tuzgan holda dekabr oyida 10 kunlik yig'in o'tkazib, Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rsin. Hozircha Qosimov birorta yirik musobaqada bosh murabbiy sifatida ishtirok etmagan. Agar Ummonda bo'lib o'tadigan qita chempionatida terma jamoamizga bosh murabbiylik qilsa, o'zi uchun ham katta tajriba maktabi bo'lardi. Bu yoshdagi terma jamoamiz safida kuchli futbolchilar etarlicha topiladi. Ularni nomma-nom sanab beraman. "Dinamo" muxlislarining yoqimtoyiga aylangan Farrux SHotursunov joriy mavsum 10 marotaba raqiblar darvozasini ishg'ol qildi. Unga tandem sifatida hujumda Sardor Mirzaev va Temurxo'ja Abduxoliqovlarni misol keltiramiz. Eng kuchli chizig'imiz darvoza - Eldor Suyunov! Himoyaga ham gap bo'lishi mumkin emas. Sanaymiz, SHohrux Gadoev, SHerzod Fayziev, Akbar Ismatullaev, Egor Krimec va Davron Hoshimov. Bu erda "So'g'diyona"da mavsumni deyarli to'liq o'tkazgan, Murodjon Toshmatov bilan Asil Begimqulov ham bor. Farrux Sayfievni ham unutmaymiz. Yarim himoya chizig'imiz manaman degan raqib himoyachini "yorvorishi" mumkin, Alibobo Rahmatullaev, Dilshod Jo'raev, Sardor Rashidov, Azimjon Ahmedov, Ayubxon Gapparov, Akrom Bahritdinov. Guvohi bo'layotganingizdek, zaxiraga ham o'yinchilar etarlicha topiladi. Yana, Ayubxon No'monov, Elyor Oripov, Murodjon Toshmatov (barchasi "So'g'diyona"), Navro'z Alimov ("Qizilqum"), Azamat Isroilov ("Olmaliq"), Mirg'iyoz Sulaymonov ("Metallrug"), Jamshid Hasanov ("Buxoro"), Salim Mustafoev ("Lokomotiv"), Pavel Smolyachenko ("Neftchi"). Yoshlar terma jamoasi uchun oliy ligada o'yin amaliyotiga ega bo'lgan 26 nafar futbolchi. Qita chempionatiga 22 nafar futbolchini ro'yxatdan o'tkazish mumkin, shulardan 3tasi darvozabon bo'ladi. Murabbiyda tanlash imkoniyati juda ham yuqori. Hali o'rinbosar va birinchi ligada nazarga tushmay qolgan futbolchilar qancha, lekin elakdan o'tganlarning o'zi bilan ham bemalol qita chempionligi uchun kurash olib borsak bo'ladi. Buning uchun dekabr oyida musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko'rgan holda yanvarda Ummonga uchish kerak.
Agar yuqoridagi taklifni O'FF qabul qilsa va shu asnoda MTJ uchun kelajak yaratish dasturini ishlab chiqsa, MTJ avlodlar almashinuvi paytida katta qiyinchilikka uchramaydi. Faqat bir narsaga oydinlik kiritib olishimiz kerak, MTJga kim bosh murabbiy bo'ladi. Agar Qosimov qolsa, marhamat qilib Ummondagi chempionatda o'zini sinab olsin va MTJ manfaati yo'lida "Bunyodkor" bilan xayrlashsin. Agar murabbiy chet eldan keladigan bo'lsa, dekabr oyi uchun U-22ga bitta murabbiy biriktirilsin va musobaqada yuqoridagi futbolchilarimiz qatnashsinlar. Yangi keladigan murabbiy esa musobaqani faqat tomosha qilgan holda MTJ yoshlari haqida tushunchaga ega bo'lsin.
Qolaversa, kuz oyida Inchxonda Osiyo o'yinlari bo'lib o'tadi. Unda U-23 terma jamoamiz ishtirok etadi. Yuqoridagi avlod esa aynan shu terma jamoa uchun to'liq javob beradi. Rio olimpiadasi uchun yuqoridagi ikkita musobaqani qurbon qilish yaramaydi. Hali olimpiadaga chiqamizmi-yo'qmi, hech kim bunga kafil bo'la olmaydi. Ammo yoshlarni MTJga tayyorlash orqali Avstraliya va Rossiyada bo'lib o'tadigan katta forumlarga tayyorgarlikni boshlab yuborishimiz lozim. 1993 yillarga ham musobaqa kam emas, har yili bo'lib o'tadigan MDH kubogida qatnashish imkoniyatiga ega bo'ladilar, umuman olganda olimpiya terma jamoamiz alohida mavzu.
Taklif shundan iborat. Agar mazkur taklifim O'FF prezidenti Mirabror Usmonov qabuliga kirsa, o'ylaymanki, uning foydasi katta bo'ladi.
Nodirxo'ja Yuldashev.
Xoshimov: SHoh, yur ketdik Osiyo chempioni bo'lib qaytaylik
Menimcha, Sardor Mirzaev ham Osiyo chempionatiga tayyor
SHerzod Fayziev saralash o'yinlarida terma jamoamiz sardori edi. "Mashal"ni oliy ligaga qaytishida katta hissa qo'shgan futbolchi, ayni paytda ko'zga tashlanmayotgan kuchli markaziy himoyachilarimizdan biri

Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!

Fikrlar