So’nggi yangiliklar

01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  28 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  2 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  0 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:35АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Брайтон"ни меҳмон қилмоқда, Ҳусанов асосийда (онлайн ҳисоб)  20 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  3 00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 00:04АПЛ. "Бёрнли" – "Манчестер Юнайтед". Бошланғич таркиблар аниқ!  4 23:46АПЛ. "Фулхэм" – "Челси". Бошланғич таркиблар аниқ!  0 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  2 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  2 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"  16 21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  2

MTJ lageridan darak: Krimec jarohat oldi, Sayfiev esa mashg'ulotlarga qaytdi Yangiliklar

MTJ lageridan darak: Krimec jarohat oldi, Sayfiev esa mashg'ulotlarga qaytdi

Ayni paytda Vadim Abramov boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda yig'in olib borayotganidan xabaringiz bor.

Mashg'ulotlar "Jar" stadionining zaxira maydonida o'tkazilmoqda.

Bugungi mashg'ulotda markaziy himoyachimiz Egor Krimec ishtirok etmadi. Afsuski, "Paxtakor" azosi kechagi mashg'ulot payti to'p uchun kurashdagi to'qnashuvdan so'ng tizzasining pastki qismidan engil jarohat olgan. Terma jamoa shifokori Abror Pirrievning so'zlariga ko'ra, bu jiddiy jarohat emas. Krimec bugun trenajer zalida individual tarzda shug'ullandi. Ertaga esa jamoa bilan birga chigalyozdi mashqlarni bajaradi va o'zini yaxshi his qilsa, og'riq sezmasa umumiy guruh bilan shug'ullanishi mumkin bo'ladi.


Egor Krimec terma jamoa mashg'ulotini yarmidan keyin stadionga keldi va mashg'ulotlarni tomoshabin sifatida kuzatdi. Himoyachimizga salomatlik tilab qolamiz. Umid qilamiz, u ertadan yana mashg'ulotlarga qaytadi.


Bundan tashqari, ikki kun davomida yakka o'zi shug'ullangan Farruh Sayfiev bugundan umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi. SHifokor A.Pirrievning so'zlariga ko'ra, Sayfievning orqa mushaklariga biroz dam berish zarur bo'lgani sabab u ikki kun individual tarzda engil mashg'ulot olib borgan. Endi esa hammasi joyida va chap qanot himoyachisi safga qaytdi.



Yig'inga chaqirilgan yana 3 nafar legioner Eldor SHomurodov, Otabek SHukurov va Temurxo'ja Abduxoliqov yaqin kunlarda terma jamoa ixtiyoriga etib kelishadi.


P.S. Bugun Toshkent vaqti bilan 21:45da start oladigan bahsda Otabek SHukurov va uning jamoasi "SHarja" safarda "Al Jazira"ga qarshi bahs olib boradi.

Al-Jazira

Arabian Gulf League . 7-tur

07/11/2019, 21:45

2
:
0
Tugadi

Sharjah Cultural Club

Otabek Shukurov - 20', Mohamed Al Shehhi - 88'

45'
90'
39'  Musallem Fayez
46'  Musallem Fayez (Renner)
52'  Khalifa Al Hammadi
84'  Mourad Batna (Zayed Alameri)
84'  Khalfan Mubarak (Bruno)
20'  Otabek Shukurov
23'  Shaheen Abdulrahman
42'  Ryan Mendes
67'  Omar Juma (Mohamed Al Shehhi)
88'  Mohamed Al Shehhi
90'  Ryan Mendes (Mohammad Abdulbasit)

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика