So’nggi yangiliklar

15:09Ўзбекистон кубоги. 3-тур расмийлари маълум  0 14:23"Челси" "Арсенал"га йирик ҳисобда имконият бой берилгач, Почеттинони ишдан ҳайдаши мумкин  4 14:08Ўзбекистон олимпия терма жамоаси бош мураббийи Тимур Кападзе Саудия Арабистонига қарши кечадиган баҳс олдидан нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  10 13:56"Манчестер Юнайтед" Марсьялнинг нархини эълон қилди  3 13:32Гвардиола Канселунинг келажаги ҳақида фикр билдирди  0 13:05"Шеффилд Юнайтед" АПЛ антирекордини ўрнатди  0 12:37Давлат Турдиалиев таваллудига 62 йил тўлди   7 12:04"Челси" скаутлари "Милан дерби"сини стадиондан кузатишган  1 11:38Футзал бўйича Осиё кубоги. Ўзбекистон - Вьетнам 2:1  0 11:15ФАКТ. Ўзбекистон футзал терма жамоаси кетма-кет бешинчи Осиё кубогида ярим финалга чиқди  9 10:54Аллегри «Ювентус»да қолса, туринликлар етакчиси ёзда жамоани тарк этади  11 10:25«Барселона» вице-президенти Хавининг келажаги борасида расмий баёнот берди  14 10:06Хосе Венансио Лопес: «Эрон билан ўйинга тайёргарлик кўрмадик»  12 09:47Фалакнинг гардиши (Бекзод Толибов блоги)  6 09:22«Челси» Почеттинонинг ўрнига бош мураббий топди  6

Moziyga qaytib... Buyuk g'alabaga intizom orqali erishiladi! Yangiliklar

Moziyga qaytib... Buyuk g'alabaga intizom orqali erishiladi!

Bugungi sonda 2007 yilgi voqealarni yodga olamiz.

BUYUK G'ALABALARGA INTIZOM ORQALI ERISHILADI!

("Odamlar orasida" gazetasining 2007 yil 22 mart sonidan olingan).

Muxlis xalqi doimo yangi mavsumga yangi umidlar bilan kirib kelishi ananaga aylanib qolgan. SHu umidlarning qisman bo'lsa-da ro'yobga chiqishi esa qanchalik quvonch keltirishini aytmay qo'ya qolaylik. Bu yilgi umidlarimiz asosan terma jamoalarimiz bilan bog'liqligi ham sir emas. SHunday ekan, keling terma jamoalarimiz manfaatidan kelib chiqib so'nggi voqealarga baho beraylik.

Bir: AlmaTV kubogi

Turnir arafasida bosh murabbiy Rauf Inileev bilan suhbatlashganimizda, u kishi "nima qilib bo'lsa ham turnirda birinchi o'rinni egallash kerak" degan masala qo'yilmaganligini aytib o'tdi. Musobaqalar davomida ham biz vakillarimiz uchun tarkibni aniqlash muhimroq ahamiyatga ega ekanligini ko'rdik. Ayniqsa, bosh murabbiyning o'zi xush ko'rgan model – tezkor va kombinacion o'yin talablariga javob bera oladigan yigitlarni izlayotgani yaqqol sezilib ham turdi. Afsuski, AlmaTVda bu borada yangi kashfiyotlar qila olganimiz yo'q. So'nggi, Qozog'iston bilan o'tgan uchrashuvda maydonga tushgan tarkib optimallikka yaqinday. Lekin SHackix, Denisov, Kleckov, Fyodorov va Haydarov bilan o'sha tarkibni yana biroz kuchaytirish mumkinligi sir emas. Men bu o'rinda turnirga chaqirilgan boshqa futbolchilarimizni kamsitmoqchi emasman, shunchaki, ularning ko'pchiligi aynan hozirgi davrda terma jamoamiz o'yinini kuchaytirish imkoniyatiga ega emaslar, degan fikrdaman. Balki ular keyinroq o'zlarini ko'rsata olishar. Ammo hozir hatto turnir to'purari Ulug'bek Bakaev ham katta taassurot qoldirmadi. Uning Geynrix yoki SHackixga jiddiy raqobat ko'rsatishiga ishonging kelmaydi. Turnirning asosiy foydasi – bizning eng katta muammomizni ko'rsatib berdi. Bu – INTIZOM masalasi. Yaxshiyamki, bu turnir o'rtoqlik uchrashuvi darajasida va hech qaerda tasdiqlanmagan. Bo'lmasa O'FF va murabbiylar tomonidan qilingan shuncha "toat-ibodatlar" bir pul bo'lar edi. CHunki hakamga xuruj qilish (tan jarohati etkazishga intilishni-ku aytmaylik) OFK tomonidan ham, FIFA tomonidan ham qatiy choralar bilan jazolanadi. Hattoki hakam bir jamoaga yon bosgan taqdirda ham bu ishni qilib bo'dmaydi.



"Intizom - g'alabaning onasi" degan ibora naqadar haq! Qizig'i, biz so'nggi yillarda ana shu naqlning haqligini o'z xatti-harakatimiz bilan ko'rsatib kelyapmiz. Misol uchun, o'sha mashhur O'zbekiston – Baxrayn (1:0) o'yinidagi holatni eslaylik. Bugungacha qoralab kelingan yapon hakamiga o'z intizomsizligimiz bilan imkoniyat yaratib bermadikmi? Jeparov to'pni tepayotgan paytda ikki futbolchimizning jarima maydoniga kirib olishi INTIZOMSIZLIKdan emasmi? CHunki milliy chempionatimizda, aytaylik, Soliev yoki boshqa nomdorroq o'yinchimizning mushugini pisht deydigan hakamlar kamdan-kam topiladi. Nima, agarda terma jamoa azosi bo'lsa, unga nisbatan alohida qonun qo'llanishi kerakmi? Unda biz odamlarning kasbiga, lavozimiga qarab turli qonunlar yaratishimiz kerakdir?! Yo'q, agarda futbolimiz ko'klarga parvoz qilishini istasak, birinchi o'rinda uning qonun-qoidalariga hurmatda bo'lishimiz – unga rioya qilishimiz shart!

AlmaTVdagi g'alaba ko'proq qozog'istonlik futbol funkcionerlari uchun muhimligi sir emas. CHunki barcha turnirlardagi muvaffaqiyatsizliklar va 1997 yilgi vakillarimizdan olingan (0:4) mag'lubiyatni hastpo'shlash zarur edi. Buning uchun so'nggi paytlarda "ko'p maqtalayotgan o'zbeklarni" engish ayni muddao sanaldi. Ammo Pepers shogirdlari birinchi o'rinni qo'lga kiritgan bo'lsalar-da, deyarli yarim eksperimental tarkib bilan o'ynagan jamoamizni enga olishmadi. Hali yaqin vaqtlar ichida enga olishmasa ham kerak. Afsuski, so'nggi daqiqalarda ro'y bergan vaziyat dilni xira qildi. Yana o'sha INTIZOM masalasi pand berdi. Yo'q, o'zingiz ayting. Qatarda hakam nayranglari qurboni bo'lganlarida biror muxlis futbolchilarmizga tana toshlarini otdimi? Yoki 1995 yili Nigeriyaga qarshi o'yinda 2:3 hisobida engilganimizda tomoshabinlar ularni olqishlar bilan kuzatishmadimi? Yo'q, aziz futbolchilar! Muxlispar ham "oq-u qora"ni juda yaxshi ajratishadi. Agarda siz so'nggi daqiqalardagi voqealarni keltirib chiqarmaganingizda, biz jamoamiz ishtirokini yaxshi deb baholashimiz mumkin edi. Hozir esa fanlardan 4 va 5, XULQ uchun esa 2. 

Ikki: Olimpiya saralash o'yinlari

Milliy termamizdan farqli o'laroq, Pekin Olimpiadasi ishtiyoqida javlon urayotgan jamoamiz o'yini ko'proq quvontirmoqda. Bu erda natijalardan ham ko'ra o'yindan-o'yinga yangi izlanishlari bilan takomillashib borayotgan jamoaning o'sishi etiborliroqdir. 14 mart kuni nihoyat biz guruhimizdagi barcha jamoa kuchiga baho berish imkoniga ega bo'ldik. Ochig'ini aytganda, Janubiy Koreyaning bir oz ustunligi o'zini tasdiqladi. Koreyslar birinchi navbatda yuksak, aynan YUKSAK INTIZOMI bilan boshqalardan ajralib turishlarini ko'rsatishdi. Butun o'yin davomida ular faqat bir narsani, yani murabbiy ko'rsatmalarini bajarish va shu orqali g'alaba qozonishga intildilar. Agarda bizning vakillarimiz Yamanga qarshi kechgan o'yinning dastlabki 20 daqiqasidagidek o'ynay olsalar va intizomni kuchaytirsalar, koreys tengqurlaridan qolishmasliklari aniq.

Uch: Ichki chempionat

Ikkinchi turning natijalariga to'xtalib o'tish niyatimiz yo'q. Ularni bizsiz ham yaxshi bilasiz. Mavzumizdan kelib chiqib bazi bir holatlarga to'xtalmoqchiman xolos. Yana o'sha INTIZOM masalasini qarab chiqish uchun ikkinchi tur bizga qo'llanma sifatida "Quruvchi" – "Lokomotiv" uchrashuvini taqdim etdi. Ofarin!

Birinchidan, yulduzlar jamoasi deb qaralayotgan mezbonlarning o'yini haqida. Bunday klublardagi odatiy muammo, bu yaxlit jamoani shakllantirish masalasidir. Buning uchun "yulduzlar" osmondan tushib, erdagi qora ishlarni ham qilishdan tortinmasliklari shart.

Ayniqsa, "Quruvchi"ning hujum va yarim himoya chizig'ida o'ynayotgan yigitlarda bu borada hali kelishuv yo'qdek tuyuldi. SHu bois ham "o'zim uraman" shaklida uyushtirilgan o'ndan ortiq hujum shamolga sovurildi.

Tajribali hakamimiz Ravshan Ermatovning o'yin tizginini qo'ldan chiqarishi-yu, "Lokomotiv" va Olimpiya terma jamoamiz "yuragi" bo'lgan Haydarovning maydondan chetlatlishi ham kayfiyatni buzdi. Ha, endi nima ham derdik. Kasalning kelishi oson, ketishi qiyin.

Ish qilib shifosini bersin! 

                                                                                          Davlat TURDIALIEV.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика