Moyze Kin: “Men Ronaldu yoki Messi emasman, ammo...”
31 mar 2019 09:09
Yangiliklar


Moyze Kin: “Men Ronaldu yoki Messi emasman, ammo...”
“Yuventus” hujumchisi Moyze Kin A seriya 29-turida “Empoli” (1:0)ga qarshi bahsdan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
19 yoshli hujumchi Mario Balotellidan kkeyin Italiya A seriyasida 8 ta gol urgan eng yosh hujumchiga aylandi.
“Navbatdagi yutuqdan judayam mamnunman. Oldin ham aytganimdek, men yana ko'plab rekordlarni zabt etish niyatidaman. Tinimsiz mehnat orqali men chempionat o'yinlarida o'zimni nimalarga qodirligimni namoyish eta olaman.
Albatta, men Ronaldu yoki Messi emasman. Ammo chin yurakdan astoydil mehnat qilishda davom etsam, qachonlardir ularning darajasiga etaman”, deydi Kin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar