Moyze Kin A Seriyaning so'nggi 4 ta uchrashuvida 4 ta gol urdi
03 apr 2019 07:54
Yangiliklar


Moyze Kin A Seriyaning so'nggi 4 ta uchrashuvida 4 ta gol urdi
Italiya chempionatining 30-turida “Yuventus” safarda “Kalyari”ni mag'lubiyatga uchratdi (2:0)
Turinliklarning ikkinchi goliga 19 yoshli hujumchi Moyze Kin mualliflik qildi. Bu uning joriy mavsum A Ceriyada 6 ta uchrashuvdagi 4-goli bo'ldi. Kin barcha gollarini so'nggi 4 ta o'yinda urishga muvaffaq bo'ldi.
Kin chempionatdagi gollari soni bo'yicha o'zining eng yaxshi natijasini takrorladi. U o'tgan mavsumni “Verona” tarkibida ijara asosida o'tkazgandi va 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar