Moyes: "Lingard bizga katta yordam berdi"
19 sen 2021 11:30
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/658704_original.jpg)
![](/upload/storage/658704_220.jpg)
Moyes: "Lingard bizga katta yordam berdi"
"Vest Xem" bosh murabbiyi Devid Moyes "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Jessi Lingardning kelajagi borasida gapirdi.
Bosh murabbiyning aytishicha, yozgi transferlar oynasi vaqtida u Ole-Gunnar Sulsher bilan gaplashgan va norvegiyalik mutaxassis Jessini tarkibda olib qolishni istayotganini malum qilgan.
"Manchester Yunayted"ga qarshi o'yin oldidan "bolg'achilar" ustozi o'tgan mavsumda Lingard jamoa uchun katta foyda olib kelganini aytdi.
"U jamoa tarkibida qancha kam o'ynagan bo'lsa-da, iliq fikrlar ayta olaman. U bizning jamoa rivojida o'z hissasini qo'shdi. Jessi bilan hamkorlik qilish menga yoqdi. U tarkibimizda ajoyib o'yin ko'rsatdi", - dedi Moyes.
Lingard o'tgan mavsumning ikkinchi qismida "Vest Xem" tarkibida 16 o'yinda 9 gol urdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar