So’nggi yangiliklar

20:45"Реал" 3 нафар футболчисига янги шартнома таклиф қилмайди  0 20:20Нестеров, Кападзе, Жепаров, Машарипов... Мирко Еличич ўз қўл остида ўйнаган футболчилардан иборат рамзий жамоа тузди  3 20:00Суперлига. "Насаф" – "Андижон" 0:1 (матнли трансляция)  21 19:53Алаба "Реал"ни тарк этишни режалаштирмаяпти  0 19:332026/2027 йилги мавсум учун Ўзбекистонга нечта квота ажратилди?  1 19:16Шешко МЮга ўтади — Here We Go!  1 18:49"France Football" "Олтин тўп"га даъвогар 30 нафар футболчини эълон қилди: Дембеле, Хвича ва Ямаль рўйхатда  6 18:39Йилнинг энг яхши футбол клуби бўлишга даъвогар жамоалар аниқ  4 18:17Суперлига. "Қўқон-1912" - "Нефтчи" 0:1 (матнли трансляция)  9 18:12Мавсумнинг энг яхши мураббийи бўлиш учун номзодлар маълум  7 17:54Йилнинг энг яхши дарвозабони номига давогарлар маълум бўлди  4 17:33Суперлига. "Навбаҳор" кетма-кет 12 та ўйиндан буён Наманганда мағлубият нималигини билмаяпти  1 17:15Футбол ҳақиқатан ҳам биринчи ўриндами?  2 17:12Копа соврининга даъвогарлар рўйхати эълон қилинди  6 16:45"Андижон"нинг словениялик легионери қаерда?  3

Mo'ydin Mamazulumov: “SHunchaki o'z vazifamni bajardim” Yangiliklar

Mo'ydin Mamazulumov: “SHunchaki o'z vazifamni bajardim”

Farg'onada bo'lib o'tgan “Neftchi” hamda “Qizilqum” jamoalari o'rtasidagi bahsdan so'ng farg'onaliklar hujumchisi o'z fikrlarini bildirdi.

– Muxlislarga katta rahmat. G'alaba qozonsak ham mag'lub bo'lgan paytlarimizda birdek qo'llashmoqda. Bugun finalga teng o'yin edi. Turnir jadvalidagi vaziyatdan xabardorsiz. SHu sabab, xar bir o'yin biz uchun finalga teng hisoblanadi. Mag'lubiyat yoki durang borasida esa gap so'z bo'lishi mumkin emas.  Yigitlar bilan o'yindan avval yig'ilib gaplashdik. Hammamiz birlashib, g'alaba sari olg'a borishimiz takidlandi. Mashg'ulotlardagi mehnatlarimiz o'z mevasini berdi. Muxlislarga g'alaba taqdim etganimizdan mamnunman.

Tarkibizda ko'plab yosh futbolchilar to'p surdi. Avazbek O'lmasaliev, Abror Ismoilov va Abdujamol Ismoilov singari yigitlar shu ruhda davom etishlari kerak. Bunday uchrashuvlar ularni o'sishi uchun katta ko'mak beradi.

Agar hozir o'rnimda yosh hujumchi bo'lib dubl qayd etganda, uni “sehrli tayoqcha”ga o'xshatish mumkin edi. Lekin men bugun shunchaki o'zimni ishimni bajardim xolos. Hujumchi gol urishi kerak. Agar gol urilmasa, jamoa ham g'alaba qozonmaydi. Bugun hamma yaxshi o'ynadi. Darvozabondan tortib oldingi chiziqdagi futbolchilar ham birdek  mehnat qilishdi, – dedi Mamazulumov.

“Neftchi” matbuot xizmati


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика