So’nggi yangiliklar

02:58ЛаЛига. Антони "Бетис"даги дебютидаёқ энг яхши футболчи бўлди  1 02:40А Серия. "Рома" 90+2-дақиқадаги гол эвазига "Наполи" билан муроса кўчасини танлади, Шомуродов 80 дақиқа ўйнади  33 00:33Пеп Гвардиола йирик мағлубиятдан сўнг: "Ҳимояда яхши ҳаракат қилдик"  11 00:05А Серия. "Интер" "Милан"га қарши ўйиннинг охирги дақиқаларида мағлубиятдан қутулиб қолди  12 23:46"Рома" – "Наполи". Шомуродов асосий таркибда!  37 23:22АПЛ. "Арсенал" ўз майдонида "Манчестер Сити"га 5та гол урди, Абдуқодир Ҳусанов майдонга тушмади  230 22:49МЮ бош мураббийи Мартинеснинг жароҳати жиддий эканини тасдиқлади  1 22:22Гавининг ҳолати бўйича маълумот берилди  2 21:50"Орзулар театри"? МЮ "Олд Траффорд"даги охирги олтита ўйиннинг бештасида мағлуб бўлди  17 20:58АПЛ. "Ман Юнайтед" бу сафар ўз уйида "Кристал Пэлас"га ютқазди. Лисандро Мартинес жароҳат олди  14 20:48Туркия. "Фенербахче" – "Ризеспор": Алиқулов сариқ карточкалари йиғилиб қолгани сабаб бу ўйинни ўтказиб юборади  0 20:16АПЛ. "Арсенал" – "Манчестер Сити". Абдуқодир Ҳусанов захирада  69 19:58Ла Лига. "Барселона" ўз уйида минимал ҳисобда "Алавес"ни таслим этди  63 19:33Гави жароҳат олди  5 18:55«Ал Насср» яна бир ТОП футболчи учун 100 миллион евро таклиф қилди  16

Mo'ydin Mamazulumov: “Nima uchun zaxirada qolib ketayotganimga hayronman” Yangiliklar

Mo'ydin Mamazulumov: “Nima uchun zaxirada qolib ketayotganimga hayronman”

“Navbahor” jamoasining tajribali hujumchisi Mo'ydin Mamazulumov oxirgi paytlarda asosan zaxirada qolib ketmoqda.
Bosh murabbiylik vazifasi Aleksandr Volkov qo'liga o'tganidan keyin futbolchi o'z vaqtida zaxira o'rindig'ida kutishga majbur bo'lmoqda. Muxlislar ham ushbu o'yinchini nima uchun maydonga tushirilmayotganiga hayron qolishayotgani bejiz emas. Murabbiy esa Mamazulumovni o'yin uslubiga mos tushmayotganini aytgan va uning bu gapi hujumchini ham befarq qoldirmadi.

-   Nimagadir oxirgi paytlarda “Navbahor”ning zaxira o'rindig'ida qolib ketyapsiz. Vaholanki, “Olmaliq”, “Mashal”, “Andijon”, “SHo'rtan”, “Lokomotiv” kabi klublarda o'ynab ularning o'yin uslubiga mos tushgansiz. Lekin “Navbahor” bosh murabbiyligi Aleksandr Volkovga o'tgach, zaxirada o'tiribsiz. Bu borada sizning munosabatingiz qanday?
-   Men ham nima uchun bunday bo'layotganiga hayronman. “Nasaf”ga qarshi uchrashuvdan keyin Volkovning intervyusini o'qidim. Men jamoa o'yinni buzib qo'yadigan futbolchi ekanman. “Qizilqum” bilan uchrashuvdan keyin ham murabbiy yana xuddi shunday gapni aytdi. Zaxiradan maydonga tushsam o'yin sxemasini buzib qo'yishim mumkin ekan. “Olmaliq”ning o'yin uslubiga mos tushganman. “Mashal”ning ham taktikalariga to'g'ri kelganman. Baxtiyor Ashurmatov Namanganda ishlagan paytda ham uning rejalaridan o'rin olganman. Milliy terma jamoaning sobiq bosh murabbiyi, yurtimizdagi eng yaxshi mutaxassislardan biri - Vadim Abramov  meni “Lokomotiv”ga olib ketdi va tabiiyki, ularning ham uslubiga to'g'ri keldim. Men nima demoqchiman? SHuncha jamoa va murabbiylarning taktikalariga to'g'ri keldim-u, ammo Volkovning qarashlariga mos tushmayapman ekan. Balki bu erda boshqa gap bordir. Ko'pchilik meni nima uchun maydonga tushirmayotganidan hayron bo'lishyapti. Muxlislar ham bu borada mendan nima uchun deb so'rashyapti. O'tgan yili ham “Navbahor” tarkibida o'yinlarda ishtirok etgandim. Bu yil esa...

-   Demak, siz ham nima uchun bunday bo'layotganiga hayronsiz...
-   Qanaqa vaziyat bo'lganini tushunib turibman. Lekin buni atayin tushunmaslikka olishga harakat qilyapman. Rashid G'ofurov bosh murabbiy bo'lib ishlaganida ketma-ket to'rtta uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushgandim va ularda ikkita gol urganman. Kutilmaganda murabbiy o'zgarib ketdi. Hamma murabbiyni yoqtirgan o'yinchilari bo'ladi. Balki sabab shu bo'lsa kerak.

-   Volkovning o'yin uslubiga to'g'ri kelmayapman deb o'ylayapsizmi?
-   Ha, bu murabbiyning taktikalariga mos tushmayapman shekilli. Endi futbol o'ynashni boshlagan yoshlar esa ushbu murabbiyning uslubiga to'g'ri kelyapti va men bundan xursandman.

-   Zaxiradan o'yinni kuzatib o'tirgan chog'ingizda nimalarni o'ylayapsiz?
-   Men zaxirada o'tiradigan yoshda emasman. “Navbahor”dan taklif tushganida bu jamoaga yordam berish maqsadida “Lokomotiv”dan ketgandim. Lekin bu erda kutilmaganda murabbiylar almashdi va meni zaxirada qoldirishyapti. Zaxiradan o'tirgan paytda nimani his qilish mumkin? Bunday paytda ko'proq asabiylashasiz. Hozirgi paytda “Navbahor” o'z o'rnida emas. Vaholanki, viloyat hokimi futbolni juda yaxshi ko'radi. Jamoaga barcha shart-sharoitlarni yaratib beryapti. Klub qarorgohida ham barcha narsalar muhayyo qilingan. Jamoamiz tezroq yuqori o'rinlarga ko'tarilishini istaymiz. Zaxirada o'tirsak ham “Navbahor”ga hissamiz tegishini xohlaymiz. Ammo hadeb zaxirada o'tiraversangiz oxiriga borganda umidlar so'nib qoladi-da. Bunday paytda baribir o'yinni sog'inasiz.

-   Mana shunday vaziyatda o'zingizdagi ishtiyoq va xohish so'nib qolmayaptimi?
-   Mashg'ulotlarda ishlashda davom etaveraman. Bunday narsalarga ahamiyat bermayman. Hamma vaqt o'zimni ko'rsatishga harakat qilaman.

-   Umuman olganda, Aleksandr Volkovni qanday murabbiy deb hisoblaysiz?
-   Aleksandr Gennadevich yaxshi murabbiy. Uning mashg'ulotlari ham qiziqarli o'tadi. Baribir har bir murabbiyning o'ziga yarasha futbolga qarashlari bor. Mening fikrimcha, u murabbiy sifatida ham yaxshi inson.

-   Volkov G'ofurovning o'rnini egallagan. Sizningcha, murabbiylarning bunday o'zgarishi jamoaga qanchalik tasir qilyapti deb o'ylaysiz?

-   Unchalik tasir qilmadi. Jamoa yaxshi o'yin ko'rsatyapti. Rashid G'ofurov klubdagi barcha o'yinchilarga o'zini ko'rsatishi uchun imkoniyat berardi. Aleksandr Volkovning taktikasi esa boshqacharoq. Rashid aka mashg'ulotlarda kimning qanday ishlashiga qarab uni maydonga tushirardi.

-   Volkovning bitta hujumchi taktikasini qo'llayotgani “Navbahor”ga manfaat keltiradimi?
-   Men uning bu taktikasini mehmondagi uchrashuvlarda qo'llagan bo'lardim. CHunki safarda minimal hujumchi bilan o'ynasa arziydi. Negaki, qarshi hujum taktikasi qo'llaniladi. Lekin o'z uyidagi uchrashuvlarda ikkita hujumchi bilan o'ynash kerak deb hisoblayman. Suyukli muxlislari oldida hujumkor o'yin namoyish qilish va ko'proq imkoniyatlarni yaratgan holda ulardan samarali foydalanish kerak deb hisoblayman. Ikkita hujumchi bilan o'ynalganda vaziyatlar ko'p bo'ladi va tomoshabop o'yinga aylanadi.

-   Ikkinchi davra uchun boshqa rejalaringiz bormi?
-   Albatta. Menimcha, hamma o'yinchiningt o'ziga yarasha rejasi bo'ladi. Biz futbolchilarning ishimiz doim o'yinga tayyor turishimiz kerak. Qolgani esa murabbiylarga havola.


SHuhratbek JO'RAEV suhbatlashdi.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика