Mo'ydin Mamazulumov: "Hali muxlislarni ko'p xursand qilamiz"
20 iyu 2017 13:59
Yangiliklar


Mo'ydin Mamazulumov: "Hali muxlislarni ko'p xursand qilamiz"
Bahsda "Neftchi"ning dastlabki goliga mualliflik qilgan Mo'ydin Mamazulumov o'yin borasida quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi.
- Vadim Abramov jamoaga kelishidan avval asosan zahirada qolib ketayotgandim. SHu sababli o'z o'yinimni to'liq ko'rsatishga imkoniyat yo'q edi. Vadim Karlenovich jamoani o'z qo'liga olganidan so'ng menga ko'proq ishonch bildirmoqda va hujumchi sifatida so'nggi ikki bahsdan beri o'z vazifamni bajaryapman. "Mashal"ga qarshi bahs borasida fikr bildiradigan bo'lsam, G'uzorga biz g'alaba uchun kelgan edik. Afsuski, durang natija qayd etildi. Aytish kerakki, g'alabaga juda yaqin keldik. Jamoamiz sekin-asta o'ziga kelmoqda. Hali muxlislarni ko'p xursand qilamiz. Men bunga ishonaman, - dedi Mo'ydin Mamazulumov.
"Neftchi" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar

Fikrlar