Mourinyu Xitoy terma jamoasini boshqarmaydi

Aslanov Jasurbek
8 mar 2019, 17:33
Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyu Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lmaydi.

Xitoy futbol assotsiatsiyasi OAVda Mourinyuning milliy jamoani boshqarishi haqidagi ma'lumotni rad etdi.

"Assotsiatsiya Mourinyuni milliy jamoaga taklif qilganiga oid yangilik haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Iltimos, bunday xabarlarga ishonmang" - deyiladi rasmiy bayonotda.

Oldinroq, Mourinyu yoki Fabio Kannavaro Xitoy terma jamoasini boshqarishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com