So’nggi yangiliklar

01:25Дилшод Раҳматов: "Гватемала бизга сўнгги сониягача курашиш кераклигини ўргатди. Мураббийларимиз яхши маънода жуда қаттиққўл"  0 00:53Париж-2024. Япония ва Ироқ ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  4 00:50Хосе Венансио Лопес: "Бизга барқарорлик етишмаяпти. Ушбу муаммога имкон қадар тезроқ ечим топишимиз керак"  0 00:26Расман: Саидазамат Мирсаидов - “Навбаҳор” футболчиси!  2 23:53Тимур Кападзе: "Жамоа ўйинидан қониқдим. Рақибимиз дунёнинг энг кучли жамоаларидан бири эди"  24 23:34Расман: Санжар Қувватов "Навбаҳор" билан шартнома имзолади  3 23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  19 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  1 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  18 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  5 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  19 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  8 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  8 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  53

Mourinyu uchun so'nggi imkoniyat. Portugaliyalik "urib tushirilgan uchuvchi" emasligini isbotlay oladimi? Yangiliklar

Mourinyu uchun so'nggi imkoniyat. Portugaliyalik "urib tushirilgan uchuvchi" emasligini isbotlay oladimi?

Unda variantlar ko'p emas.

Ayni damda Evropa futboli tatilda va bu transferlar hamda murabbiylar tayinlanuvi uchun qulay vaqt hisoblanadi. Klubda turli masshtabdagi o'zgarishlar ro'y beradi va buni kuzatish juda qiziq. Futbolchi, murabbiy yoki jamoaning nomi qancha mashhur bo'lsa, unga bo'lga etibor shunchalik katta bo'ladi. SHu sababli zamonamizning eng ko'p sovrin yutgan mutaxassislaridan biri Joze Mourinyu atrofida ajiotaj yuzaga kelgan.

Portugaliyalik murabbiy 2018 yil dekabrda "Manchester Yunayted"ni tark etganidan so'ng, ijodiy tanaffusda bo'lib turibdi. Yarim yil o'tdi va endi ishga qaytish mumkin. Bu klub yoki terma jamoa bo'ladimi, hozircha nomalum. Ammo bir narsa aniq: Mourinyu qaerga yo'l olmasin, u top murabbiyligini isbotlashi kerak.


Mourinyu o'z jamoalarini "kuydiradi"

Haqiqiy muxlislar uzoq vaqt klub bilan bo'ladi, murabbiylar esa keladi va ketadi. G'alabalar ular uchun katta ahamiyatga ega. Biroq murabbiy ketganida jamoa qanday holatda qolishi ham juda muhim. Yangi murabbiyga kuchli, raqobatbardosh jamoa yoki ichki mojarolar boshlangan bir guruh futbolchilar qolgan bo'lishi mumkin.

SHu sababli 2015 yilda (Mourinyu ikkinchi marta "CHelsi"ni tark etganida) Fabio Kapello quyidagi gaplarni aytgan edi: "Mourinyu - buyuk murabbiy, biroq bir yarim yil ichida u futbolchilarni "kuydirdi". Ular ruxan charchagan, talab qilinayotgan ishlarni bajara olishmayapti. Futbolchilar 1,5 yil, maksimum 2 yil bor kuchi bilan o'ynaydi. U "Real"da ishlaganida shunday bo'lgan, endi Londonda. Balki u yigitlardan ko'p narsa talab qilar". Italiyalik mutaxassis gaplarida jon bor. Mourinyu ishlagan jamoalarga etibor qaratadigan bo'lsak, Kapello to'g'ri gapirgan.

Murabbiyning faoliyatini "oldin" va "keyin"ga ajratadigan burilish nuqtasi bo'lganmi? Qanday qilib portugaliyalik o'z nomini cho'qqiga chiqib, keyin chuqurga qulagan brendga aylantirdi?


Mourinyu media odamiga aylandi

Portugaliyalik murabbiylik faoliyati davomida hayratlanarli natijalarga erishdi. U yulduzsiz "Portu" bilan CHempionlar ligasida g'olib bo'ldi, "CHelsi" bilan Angliya chempioniga aylandi (50 yilda birinchi marta), keyin esa "Inter"ga o'tib, nerazzurilarga sovrinlar yutib berdi.

Oltin trebl. Buning hammasini tomirida qon oqadigan tirik inson bajardi. Ammo aynan o'shanda o'zini hammadan ustun ko'ra boshladi. Juda ko'p sovrin yutgan kuchli mutaxassis va o'zini yulduz hisoblaydigan media odami "Real"ga o'tdi. Bitta narsani yodda tutish kerak: Har qanday muvafafaqiyatga erishmagin, ammo har qanday g'alaba ortida faqat bir kishi turmaydi. Mourinyu media qora tuynukka aylandi, barcha foto va videokameralar faqat unga qaratilgan edi. Uning intervyulari provokaciyalar bilan to'ldi, feli esa og'irlashib bordi. Mourinyu murabbiydan ko'ra ko'proq mojaroli xonandaga aylandi.

To'g'ri, Joze "Real" bilan ko'p narsaga erishdi: Ispaniya chempionati va Kubogida zafar quchdi, bir mavsumda rekord o'rnatib, 100 ochko to'pladi, CHempionlar ligasi yarim finaligacha etib bordi va hammaga "Barselona"ni qanday mag'lub etish mumkinligini ko'rsatdi. Faktlar faktligicha qoladi. Biroq boshqa tomondan Kapelloning so'zlarini tasdiqlandi: Mourinyu "qaymoqranglilar"dagi bor suvni siqib chiqardi, uchinchi mavsumda esa ichki mojarolar boshlandi, chempionatni 15 ochko farq bilan ikkinchi o'rinda yakunlashdi. SHu bilan Jozening "Qirollik klubi"dagi hikoyasi yakuniga etdi.


Pasayish

Keyin u "CHelsi"ga qaytib, eski tanishi Rafael Benitesning o'rnini egalladi. Joze yana muhabbat va mehrni his qila boshladi. Birinchi mavsum tayyorgarlik vazifasini bajardi, ikkinchisida esa Angliya chempionati va Liga Kubogida zafar quchildi. Uchinchisi muvaffaqiyatsiz bo'ldi. "Aristokratlar" 16ta bahsda 9 marta mag'lub bo'lishdi va 2015 yilning dekabrida Mourinyu istefoga chiqarildi. Istefodan oldin u hamma bilan janjallashdi, hakamlar, klub xodimlarini tanqid qildi. Jamoa esa ochiqchasiga yomon ko'rindi.

Uning keyingi klubida ham anana davom etdi. Mourinyu "Manchester Yunayted"dagi lik mavsumida Liga Kubogi va Evropa ligasi g'olibiga aylandi, biroq APLda oltinchi o'rin egallandi. Ikkinchi mavsum oldingisidan yomonroq yakunlandi. "Mankunianlar" sovrinsiz qolishdi. O'sha mavsum "Siti"ga teng keladigani topilmadi. Mourinyuning himoyaviy uslubi foyda bermay qo'ydi. "Yunayted" o'rtamiyona jamoalardek ko'rina boshladi, bu paytda esa Joze aybdorlarni izlay boshladi. 2018 yilning 18 dekabrida u ishsiz qoldi.


Mourinyu uchun variantlar

Ayni damda xorijiy OAV Joze Mourinyuning navbatdagi ish joyini muhokama qilishmoqda. U dam olib, kuchini tikladi va yangi chorlovlarga tayyor bo'lishi kerak. Rafael Benites "Nyukasl"da qolmasligi malum bo'lganidan so'ng, matbuotda bu jamoani Mourinyu boshqarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Ammo u ushbu malumotni rad etdi.

"Men g'alaba uchun ishlamoqchiman. Boshqacha bo'lishi mumkin emas. Agar zafar quchmasam, bu men, futbolchilar, klub va butun tizim uchun muammoga aylanadi. SHu sababli menga g'alaba uchun o'ynash kerak bo'lgan loyiha kerak. Agar kimdir menga 10 yillik bitim taklif qilib, 7-8 o'rinlarni egallash vazifasini qo'ysa, bu men uchun emas. Tabiatim boshqacha. Maqsadim g'alaba uchun kurash.

Portugaliyalik mutaxassis top klubdan taklif olmasa, terma jamoani qabul qilishi mumkin. Unga kim taklif yuborishidan qatiy nazar, bu Jozega o'zining top murabbiyligini isbotlash uchun so'nggi imkoniyat bo'ladi. Aks xolda u o'rtamiyona mutaxassislar qatoriga kirib qoladi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика