Mourinyu: “Tottenhem” ettinchi yoki sakkizinchi o'rinni egallashi kerak emas”
13 dek 2019 22:34
Yangiliklar


Mourinyu: “Tottenhem” ettinchi yoki sakkizinchi o'rinni egallashi kerak emas”
Londonning “Tottenhem” klubi bosh murabbiyi Joze Mourino jamoasining turnir jadvalidagi holati haqida gapirdi.
“Biz harakat qilayapmiz. Albatta, bizning jamoa turnir jadvalining ikkinchi yarmidan joy olishi kerak emas. Biz hatto hozirgidek etti yoki sakkizinichi o'rinda bo'lmasligimiz kerak. Mavsum yakunida qaysi pog'onada bo'limishi kerakligini bilamiz va shuning uchun tinimsiz harakatdamiz”, deya portugaliyalik mutaxassisning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sport.
Ayni paytda “shporlar” APL turnir jadvalida 16 uchrashuvdan 23 ochko jamg'arib, ettinchi pog'onani band etgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar