Mourinyu Ronalduni "Roma"ga taklif qildi (La Stampa)
28 may 2021 19:33
Yangiliklar
Mourinyu Ronalduni "Roma"ga taklif qildi (La Stampa)
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan bog'langan, deya xabar tarqatdi "La Stampa".
Portugaliyalik mutaxassis "Yuventus"ni tark etishi to'g'risida mish-mishlar tarqalgan hamyurtining kelajak rejalari bilan qiziqib, uni Rim klubiga taklif qilgan.
Italiyada soliqlar masalasida Evropaning boshqa kuchli chempionatlariga nisbatan erkinliklar ko'proq. Ronaldu shu tufayli "Roma"ning taklifini o'ylab ko'rishi mumkin, deyiladi xabarda.
Malumot uchun, A Seriyaning joriy mavsumida 33 o'yin o'tkazgan 36 yoshli forvard 29 gol bilan musobaqaning eng yaxshi to'purariga aylandi. U Mourinyu bilan 2010-13 yillarda "Real"da birga ishlagan edi.
Fikrlar